1. Mustaqillik yillarida ma’naviy va ma’rifiy hayot. Mustaqillik yillarida buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslarga bo’lgan e’tibor



Yüklə 26,9 Kb.
səhifə6/8
tarix07.01.2024
ölçüsü26,9 Kb.
#204093
1   2   3   4   5   6   7   8
tarix Muxammadaliyeva Gulzoda Shokirjon qizi (2)

1992-yil 5-fevralda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi Qonuni sportni ommaviy ravishda rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. 46 mingdan ortiq sport inshootlari – sport sog’lomlashtirish klublari, bolalar, o’smirlar sport maktablari, olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlari, oliy sport mahorati maktablari, o’yingohlar, sport zallari, maydonlari, hovuzlar barpo etildi va ta’mirlandi. Ularda 7 mln. kishi jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish imkoniyatiga ega bo’ldi.

  • 1992-yil 5-fevralda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi Qonuni sportni ommaviy ravishda rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. 46 mingdan ortiq sport inshootlari – sport sog’lomlashtirish klublari, bolalar, o’smirlar sport maktablari, olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlari, oliy sport mahorati maktablari, o’yingohlar, sport zallari, maydonlari, hovuzlar barpo etildi va ta’mirlandi. Ularda 7 mln. kishi jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish imkoniyatiga ega bo’ldi.
  • 1992-yil yanvarda O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi tuzildi va 1993-yil sentabrda Xalqaro olimpiya qo’mitasining 101-sessiyasida rasmiy e’tirof etildi. 1996-yil 14-avgustda Toshkentda olimpiya muzeyi ochildi.

1999-yil may oyida Toshkentda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan sportchilar ishtirokida kurash bo’yicha birinchi jahon chempionati bo’lib o’tdi. Unda O’zbekis-tonlik kurashchilar 3 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza medallarini qo’lga kiritdilar. Xalqaro kurash assotsiatsiyasi tuzildi, uning faxriy Prezidenti etib Islom Karimov saylandi. 2000–2002-yillarda Buyuk Britaniyaning Bedford shahrida 3 marta Islom Karimov nomi bilan ataluvchi xalqaro turnir bo’lib o’tdi. 2002-yil oktabrda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi Xalqaro sport federatsiyasi a’zoligiga qabul qilindi. O’zbek milliy kurashi xalqaro sport turi sifatida butun dunyoda e’tirof etildi.
4. O’zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi barqarorlikni ta’minlash borasidagi davlat siyosati.
Jamiyatda bag’rikenglik va insonparvarlik madaniyatini yuksaltirish, millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlikni, fuqarolar totuvligini ta’minlash, shuningdek, xorijiy mamlakatlar bilan do’stona, teng huquqli va o’zaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlash O’zbekiston davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biridir.
Respublika baynalmilal madaniyat markazi, 138 milliy madaniy markaz, O’zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi, shuningdek, 34 do’stlik jamiyati faoliyati O’zbekistondagi barcha millatlar va elatlarning tarixi, madaniyati, ma’naviy qadriyatlari, an’ana hamda urf-odatlarini asrash va har tomonlama rivojlantirish, millatlararo munosabatlarni uyg’unlashtirish, jamiyat va davlatni barqaror rivojlantirishda muhim o’rin tutadi.

Yüklə 26,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin