[
OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
[
TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Fuqarolik muhofazasi]
O‘zbekiston
Respublikasining Qonuni
“Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 11-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 17-aprelda qabul qilingan “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-154-son Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari Axborotnomasi, 2008-yil, № 4, 190-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2019-yil, 2-son, 47-modda, 5-son, 267-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 17-avgust,
O‘RQ-633-son
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida
(yangi tahriri)
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik
Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
voyaga yetmagan shaxs savdosi — “odam savdosi” degan tushunchada ko‘rsatilgan ta’sir o‘tkazish vositalaridan foydalanilgan-foydalanilmaganligidan qat’i nazar, har qanday harakat yoki bitim bo‘lib, ular vositasida voyaga yetmagan shaxs ota-onasi, boshqa qonuniy vakili yoki o‘zga shaxs tomonidan qonunga xilof ravishda undan foydalanish maqsadida yoxud moddiy yoki boshqa naf olish maqsadida boshqa shaxsga haq evaziga beriladi;
kelib chiqish mamlakati — hududidan odam savdosidan jabrlanganlarni olib chiqish amalga oshirilgan yoki fuqarolari odam savdosidan jabrlangan davlat;
majburlash — majburlanayotgan shaxsni uning irodasiga qarshi yoki irodasini chetlab o‘tib, biror-bir harakatni amalga oshirishga yoki biror-bir harakatni bajarishni majburlovchi shaxsning yoki boshqa shaxslarning foydasi uchun rad etishga undash maqsadidagi jismoniy, ruhiy, jinsiy va iqtisodiy zo‘ravonlik yoki ularni qo‘llash tahdidi;
Oldingi tahrirga qarang.
odam savdosi — kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud majburlashning boshqa shakllaridan foydalanish, o‘g‘irlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatni suiiste’mol qilish yoki vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali yoxud boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun to‘lovlar yoki manfaatdor etish evaziga og‘dirib olish yo‘li bilan odamlardan foydalanish maqsadida ularni yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish. Odamlardan foydalanish boshqa shaxslarning fohishaligidan foydalanishni yoki ulardan shahvoniy foydalanishning o‘zga shakllarini, majburiy mehnatni yoki xizmatlarni, qullikni yoxud qullikka o‘xshash odatlarni, erksizlik holatini yoxud inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini olishni anglatadi;
(3-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 23-iyundagi O‘RQ-780-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 03/22/780/0560-son)
odam savdosidan jabrlangan shaxs — odam savdosidan, bunday harakatga rozilik berganligi-bermaganligidan va jinoyat protsessida ishtirok etganligi-etmaganligidan qat’i nazar, jabrlangan jismoniy shaxs;
odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish — jismoniy shaxslarga nisbatan amalga oshiriladigan, ularga nisbatan odam savdosi sifatida malakalanadigan xatti-harakatlar sodir etilganligi to‘g‘risida yoki sodir etish niyati haqida ma’lumotlar olishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui;
odam savdosiga qarshi kurashish — odam savdosining oldini olishga, uni aniqlashga, unga chek qo‘yishga, uning oqibatlarini kamaytirishga, odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishga
doir faoliyat;
odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs — dastlabki identifikatsiya qilish natijasida odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs sifatida tan olingan jismoniy shaxs;
odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxs — mustaqil ravishda yoki bir guruh shaxslar tarkibida odam savdosi bilan bog‘liq har qanday harakatni sodir etuvchi jismoniy shaxs, shuningdek o‘z harakatlari bilan odam savdosiga ko‘maklashayotgan, xuddi shuningdek garchi o‘z mansab vakolatlariga ko‘ra to‘sqinlik qilishi va qarshi kurashishi shart bo‘lsa-da, odam savdosiga to‘sqinlik qilmayotgan va qarshi kurashmayotgan mansabdor shaxs.
4-modda. Odam savdosiga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari
Odam savdosiga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar javobgarligining muqarrarligi;
odam savdosidan jabrlanganlarning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
ijtimoiy sheriklik.
5-modda. Odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
Odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
odam savdosiga qarshi kurashishga, shu jumladan odam savdosiga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
odam savdosining oldini olishga qaratilgan huquqiy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy, profilaktika chora-tadbirlarini, axborotga oid chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish;
odam savdosini o‘z vaqtida aniqlash va unga chek qo‘yish, uning oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar javobgarligining muqarrarligi prinsipini ta’minlash;
odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan ijtimoiy himoya qilish;
odam savdosiga qarshi kurashish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari, konferensiyalar, seminar-treninglar va davra suhbatlari o‘tkazishga doir faoliyatni, shuningdek ushbu sohadagi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari xodimlarini kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga doir faoliyatni rivojlantirish hamda rag‘batlantirish;
odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlik.
2-bob. Odam savdosiga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi organlar va tashkilotlar
6-modda. Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha milliy komissiya
Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha milliy komissiya (bundan buyon matnda Milliy komissiya deb yuritiladi) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, boshqa tashkilotlarning odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kollegial organdir.
Milliy komissiyaning qarorlari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan bajarilishi shart, nodavlat notijorat tashkilotlari uchun esa tavsiyaviy xususiyatga ega.
Milliy komissiya:
Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiyadan;
Majburiy mehnatga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiyadan iborat.
Milliy komissiyani shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
7-modda. Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy komissiyalar
Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy komissiya (bundan buyon matnda hududiy komissiya deb yuritiladi) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalarining, boshqa tashkilotlarning odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi hududiy kollegial organdir.
Hududiy komissiyalarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlardagi (shaharlardagi) faoliyatini tashkil etish tartibi Milliy komissiya qarori bilan belgilanadi.
8-modda. Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha milliy ma’ruzachi
Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha milliy ma’ruzachi (bundan buyon matnda Milliy ma’ruzachi deb yuritiladi) har yili odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha yuzaga kelayotgan vaziyat hamda ko‘rilayotgan choralar haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot taqdim etadigan, shuningdek ular to‘g‘risida jamoatchilikni va xalqaro hamjamiyatni xabardor etish maqsadida ommaviy axborot vositalari uchun brifinglar tashkil etadigan, O‘zbekiston Respublikasining mazkur sohadagi milliy manfaatlarini xalqaro maydonda himoya qiladigan vakolatli shaxsdir.
Milliy ma’ruzachining vazifalarini Milliy komissiya raisi bajaradi.
Milliy ma’ruzachi barcha axborot manbalaridan foydalanish, shuningdek odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi tegishli davlat organlaridan, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlaridan axborotni so‘rab olish huquqiga ega.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlari doirasida:
odam savdosiga qarshi kurashish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi O‘zbekiston
Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi;
odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
odam savdosidan jabrlanganlarni dastlabki va yakuniy identifikatsiya qilishni amalga oshirish, shuningdek odam savdosidan jabrlanganlarni qayta yo‘naltirish tartibini tasdiqlaydi;
odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarga yordam ko‘rsatish hamda ularni himoya qilish maqsadida odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan muassasalar faoliyatini tashkil etadi;
odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish tartibini tasdiqlaydi;
davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning odam savdosiga qarshi kurashishga doir hamkorligini ta’minlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
10-modda. Odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari
Odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi
Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni qonunchilikka muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshirishi mumkin.
(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
11-modda. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘z vakolatlari doirasida:
odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan
takliflar kiritadi;
(11-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni dastlabki identifikatsiya qilishni amalga oshiradi;
odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarni fosh etish bo‘yicha tezkor-qidiruv faoliyatini tashkil etadi hamda amalga oshiradi, jinoyat ishlari bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergov o‘tkazilishini ta’minlaydi, shu jumladan zamonaviy texnologiyalar va axborot tizimlaridan foydalangan holda ushbu faoliyatni tashkil etadi hamda amalga oshiradi, tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergov o‘tkazilishini ta’minlaydi;
odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, uyushgan guruhlar va jinoiy uyushmalarning faoliyatiga chek qo‘yish yuzasidan xalqaro tashkilotlar hamda boshqa davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, uyushgan guruhlar va jinoiy uyushmalar haqida tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga axborot taqdim etadi;
ommaviy axborot vositalari ishtirokida aholi o‘rtasida odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha tushuntirish-profilaktika ishlari majmuini amalga oshiradi;
odam savdosiga qarshi kurashish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan
tadbirlarni amalga oshiradi;
odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
12-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi o‘z vakolatlari doirasida:
odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
(12-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni dastlabki identifikatsiya qilishni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
(12-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
odam savdosiga qarshi kurashish sohasida tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
odam savdosiga qarshi kurashish sohasida aholining huquqiy ongini, huquqiy madaniyatini yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan targ‘ibotda ishtirok etadi;
odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarning statistik hisobini amalga oshiradi;
odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
13-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati o‘z vakolatlari doirasida:
odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
(13-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni dastlabki identifikatsiya qilishni amalga oshiradi;
xalqaro terrorchilik tashkilotlari va uyushgan jinoiy guruhlarning odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar bilan aloqalarini aniqlaydi;
xalqaro terrorchilik tashkilotlari va uyushgan jinoiy guruhlar tomonidan amalga oshiriladigan odam savdosi bilan bog‘liq jinoyat ishlari bo‘yicha tergovga qadar tekshiruvni hamda dastlabki tergovni o‘tkazadi;
O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar va odam savdosidan jabrlanganlar tomonidan kesib o‘tishga urinishlarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qo‘yish choralarini ko‘radi;
odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(13-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
14-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi o‘z vakolatlari doirasida:
odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
(14-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni dastlabki identifikatsiya qilishni amalga oshiradi;
xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida zo‘ravonlikka, majburiy mehnatga va kamsitishga, mehnat va boshqa huquqlari buzilishiga duchor etilgan, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, tirikchilik uchun mablag‘larsiz qolgan fuqarolarni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qiladi, shuningdek ularga moddiy yordam ko‘rsatadi;
odam savdosidan jabrlanganlarni ishga joylashtirish choralarini ko‘radi;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ishga joylashtirishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi, shu jumladan xorijda amalga oshiruvchi yuridik shaxslar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
15-modda. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari o‘z vakolatlari doirasida:
odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
(15-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni dastlabki identifikatsiya qilishni amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash guvohnomasi bo‘lgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiradi;
odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarning O‘zbekiston Respublikasiga qaytishiga ko‘maklashadi, ularda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda esa ularning shaxsini aniqlash choralarini ko‘radi hamda ularga O‘zbekiston Respublikasiga qaytish huquqini beruvchi hujjatlarni konsullik yig‘imlarini va boshqa yig‘imlarni undirmasdan rasmiylashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
zarur hollarda, konsullik muassasasi joylashgan davlatning tegishli vakolatli organlariga O‘zbekiston Respublikasining odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchiligi haqida ma’lumotlar taqdim etadi;
(15-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarga ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari haqida axborot taqdim etadi;
odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(15-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
16-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘z vakolatlari doirasida:
odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
(16-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni dastlabki identifikatsiya qilishni amalga oshiradi;
odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilishini tashkil etadi;
odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(16-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
17-modda. Odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshirayotgan davlat organlariga ko‘maklashish
Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, shuningdek fuqarolar:
odam savdosiga qarshi kurashishda davlat organlariga ko‘maklashishi va zarur yordam ko‘rsatishi;
odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi;
odam savdosiga qarshi kurashish sohasida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ishtirok etishi;
Oldingi tahrirga qarang.
odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritishi;
(17-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilishning har qanday bosqichida ishtirok etishi;
odam savdosidan jabrlanganlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvi bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda, shu jumladan odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan muassasalarni tashkil etishda ko‘maklashishi;
Oldingi tahrirga qarang.
odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikning ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi;
qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarda ishtirok etishi mumkin.
(17-modda birinchi qismining sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Nodavlat notijorat tashkilotlari odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish bo‘yicha markazlarni qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etishi mumkin.
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ommaviy axborot vositalari odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga, shu jumladan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, odam savdosiga nisbatan jamiyatda murosasizlik munosabatini shakllantirishga qaratilgan tadbirlarni yoritishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining odam savdosiga qarshi kurashish borasidagi ko‘magini qonunchilikka muvofiq qo‘llab-quvvatlaydi.
(17-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-bob. Odam savdosi profilaktikasi
18-modda. Odam savdosining oldini olish
Odam savdosining oldini olishga doir chora-tadbirlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
fuqarolarning odam savdosidan
jabrlanishining oldini olishga, ularning himoyasiz va xavf ostida qolishiga sabab bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishni;
odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi muammolarni aniqlash va ushbu muammolarning yechimlarini ishlab chiqish maqsadida mazkur sohadagi faoliyatning doimiy monitoringini amalga oshirishni;
odam savdosidan jabrlanganlar tushib qolishi mumkin bo‘lgan xavfli vaziyatlar haqida, davlat hamda odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan muassasalar tomonidan taqdim etiladigan himoya choralari to‘g‘risida, odam savdosiga qarshi kurashish uchun davlat tomonidan ko‘rilayotgan jinoiy va ma’muriy ta’sir choralari haqida jamiyatning xabardorligini oshirishni;
turistik faoliyatni, shuningdek aholini ish bilan ta’minlashga oid faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar faoliyatiga doir talablarni belgilashni;
O‘zbekiston Respublikasining davlat ta’lim muassasalarida va nodavlat ta’lim tashkilotlarida odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi ta’lim dasturlarini ishlab chiqishni va amalga oshirishni;
odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari xodimlarini kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish choralarini ko‘rishni.
Oldingi tahrirga qarang.
Odam savdosining oldini olish qonunchilikka muvofiq boshqa chora-tadbirlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
(18-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
19-modda. Ma’lumotlarning yagona axborot bazasi
Odam savdosiga qarshi samarali kurashishni ta’minlash, odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning jinoiy faoliyatini aniqlash va unga chek qo‘yish, odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish hamda tegishli axborotni tizimlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boshqa davlat organlari bilan birgalikda odam savdosi sohasidagi jinoyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona axborot bazasi (bundan buyon matnda ma’lumotlar bazasi deb yuritiladi) yaratilishini tashkil etadi.
Ma’lumotlar bazasiga:
davlat organlaridan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan, nodavlat notijorat tashkilotlaridan va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan;
tezkor-qidiruv tadbirlarini, tergovga qadar tekshiruvni, dastlabki tergovni va sud muhokamasini amalga oshirish natijasida;
Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosidan;
tezkor aloqa, ishonch telefonlari orqali va boshqa manbalardan olingan axborot kiritiladi.
Ma’lumotlar bazasiga quyidagilar to‘g‘risidagi axborot kiritiladi:
odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar haqidagi;
odam savdosidan jabrlanganlar, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlar to‘g‘risidagi axborot — ayollar va bolalar haqidagi axborot alohida ajratilgan holda, shuningdek ularga ko‘rsatilgan yordam natijalari haqidagi;
foydalanish turlari, jinoyat sodir etish usullari to‘g‘risidagi va boshqa axborot.
Ma’lumotlar bazasiga kiritilgan axborot maxfiydir.
4-bob. Odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish va ularni himoya qilish yuzasidan davlat organlarining hamkorligi
20-modda. Odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish
Odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish, aniqlash va ularga zarur yordam ko‘rsatish hamda ularni himoya qilish, shuningdek ularning odam savdosiga qayta jalb etilishi xavfining oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.
Odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
dastlabki identifikatsiya qilish — odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari va ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan;
yakuniy identifikatsiya qilish — hududiy komissiyalar tomonidan.
Dastlabki identifikatsiya qilish chog‘ida shaxsni odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs deb tan olish to‘g‘risida qaror qabul qilish maqsadida ma’lumotlarni olishga, o‘rganishga va baholashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Yakuniy identifikatsiya qilishda shaxsni odam savdosidan jabrlangan deb tan olish yoki tan olishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish:
shaxs odam savdosidan jabrlangan deb tan olingan;
jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsga nisbatan jinoiy harakatlar sodir etilmaganligi to‘g‘risida ma’lumotlar olingan hollarda tugatiladi.
21-modda. Shaxsni odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs deb tan olish
Shaxsni odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs deb tan olish odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlariga murojaat qilingan paytdan e’tiboran ko‘pi bilan besh sutka muddatda (O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida turgan shaxslar to‘g‘risidagi murojaatlar bundan mustasno), dastlabki identifikatsiya qilish natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari dastlabki identifikatsiya qilish natijalariga ko‘ra, yetarli asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, shaxsni odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs deb tan oladi.
Shaxs odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs deb tan olingan taqdirda, dastlabki identifikatsiya qilishni amalga oshirgan organ mazkur shaxsni uning huquqlari bilan tanishtirishi va uning roziligi bilan tegishli hududiy komissiyaga yoki zarurat bo‘lganda — odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan muassasaga yuborishi shart.
22-modda. Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsning huquqlari
Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs:
vaqtinchalik boshpana, tibbiy,
psixologik, huquqiy yordam va boshqa zarur yordam olish;
tarjimon xizmatlaridan bepul foydalanish huquqiga ega.
Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsga jismoniy va psixologik jihatdan tiklanish hamda unga nisbatan sodir etilgan jinoyat munosabati bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishi uchun odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlariga murojaat qilingan kundan e’tiboran hisoblanadigan o‘ttiz sutkadan kam bo‘lmagan muddat beriladi.
Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
23-modda. Shaxsni odam savdosidan jabrlangan deb tan olish
Shaxsni odam savdosidan jabrlangan deb tan olish yakuniy identifikatsiya qilish natijalariga ko‘ra, shaxsni odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs deb tan olish to‘g‘risidagi qaror kelib tushgan paytdan e’tiboran hududiy komissiya tomonidan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 28-moddasida nazarda tutilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
Yakuniy identifikatsiya qilish zarur holatlar oydinlashtirilganidan va aniqlashtirilganidan keyin kollegial tarzda amalga oshiriladi.
Odam savdosidan jabrlangan deb tan olingan shaxs ijtimoiy reabilitatsiya va moslashuv huquqiga ega.
24-modda. Odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni qayta yo‘naltirish
Odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni qayta yo‘naltirish davlat organlarining odam savdosidan jabrlanganlarni himoya qilishga doir hamkorligi tizimidan iboratdir. Odam savdosidan jabrlanganlarni qayta yo‘naltirish davlat organlari tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari, odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan muassasalar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Odam savdosidan jabrlanganlarni qayta yo‘naltirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
5-bob. Odam savdosidan jabrlanganlarni himoya qilish va ularga yordam ko‘rsatish
25-modda. Odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan muassasalar
Odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan muassasalar (bundan buyon matnda ixtisoslashtirilgan muassasalar deb yuritiladi) tashkil etiladi.
Ixtisoslashtirilgan muassasalarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni qulay yashash sharoitlari va shaxsiy gigiyena vositalari bilan ta’minlash;
odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni oziq-ovqat, dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash;
odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarga shoshilinch tibbiy, psixologik, ijtimoiy, huquqiy yordam va boshqa yordam ko‘rsatish;
odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarning xavfsizligini ta’minlash;
odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarning qarindoshlari bilan aloqa o‘rnatishiga ko‘maklashish;
odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarga o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlari haqida axborot taqdim etish;
odam savdosidan jabrlanganlarning ijtimoiy reabilitatsiyasiga va moslashuviga ko‘maklashish.
Ixtisoslashtirilgan muassasalar o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq amalga oshiradi.
26-modda. Odam savdosidan jabrlanganlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvi
Odam savdosidan jabrlanganlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvi ularni normal hayot tarziga qaytarish maqsadida amalga oshiriladi.
Odam savdosidan jabrlanganlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
ixtisoslashtirilgan muassasalarga joylashtirish davrida moddiy yordam ko‘rsatishni;
vaqtinchalik uy-joy, oziq-ovqat, sanitariya-gigiyena vositalari bilan, zarur hollarda esa kiyim-bosh, poyabzal va boshqa eng zarur ashyolar bilan ta’minlashni;
ishga joylashishda, ta’lim olishda, kasbiy jihatdan yo‘naltirishda va kasbga tayyorlash hamda qayta tayyorlashda yordam ko‘rsatishni;
ijtimoiy jihatdan qayta integratsiyaga, shu jumladan qarindoshlarini izlashida yordam ko‘rsatishni;
ijtimoiy reabilitatsiya va moslashuv, shaxslarning odam savdosi bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlarga takroran jalb etilishining oldini olish uchun ishlab chiqilgan dasturlarni tashkil etishni.
Odam savdosidan jabrlanganlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvi hududiy komissiya tomonidan tasdiqlanadigan odam savdosidan jabrlanganlar bilan ishlashga doir yakka tartibdagi reja asosida amalga oshiriladi.
Odam savdosidan jabrlanganlarning jinoyat protsessida ishtirok etishni rad qilishi ularni ijtimoiy reabilitatsiya va moslashuv paytiga qadar yordam olishga bo‘lgan huquqdan mahrum etmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Odam savdosidan jabrlanganlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(26-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Odam savdosidan jabrlanganlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvini amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
27-modda. Odam savdosidan jabrlanganlarning xavfsizligi choralari va ularga taqdim etiladigan boshqa kafolatlar
Odam savdosida gumon qilinayotgan shaxslarni topish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish istagini bildirgan odam savdosidan jabrlangan shaxsga “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq xavfsizlik choralari ta’minlanadi.
Ushbu Qonunga muvofiq odam savdosidan jabrlangan deb tan olingan chet el fuqarosiga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga, uning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi holatlaridan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha bo‘lish huquqi beriladi.
Agar chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi bo‘yicha jabrlanuvchi yoki guvoh deb tan olingan bo‘lsa yoxud tegishli organlarga odam savdosida gumon qilinayotgan shaxsni topishda yordam ko‘rsatayotgan bo‘lsa, odam savdosida aybdor bo‘lgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha qaror chiqarilguniga qadar ushbu chet el fuqarosiga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga nisbatan chiqarib yuborish chora-tadbirlari tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organ mansabdor shaxsining, tergovchining, prokurorning, sudyaning asoslantirilgan iltimosnomasiga ko‘ra qo‘llanilmaydi.
Odam savdosidan jabrlanganlarni kelib chiqish mamlakatiga yoki o‘zlari doimiy yashaydigan davlatga qaytarish O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Odam savdosidan jabrlanganlar majburlov yoki tahdid ostida sodir etilgan qilmishlari uchun O‘zbekiston Respublikasining qonunchilikda belgilangan tartibda fuqaroviy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi.
(27-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
28-modda. Odam savdosidan jabrlanganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning
maxfiyligi
Odam savdosidan jabrlanganlar, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlar to‘g‘risidagi va ularga nisbatan sodir etilgan holatlar haqidagi axborot, shuningdek ko‘rilayotgan xavfsizlik choralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar oshkor etilmaydi.
Ommaviy axborot vositalari odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsning shaxsini to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita ko‘rsatuvchi ma’lumotlarni ularning roziligisiz oshkor etishga, odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaxsga, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaxsga nisbatan esa ota-onasining yoki ota-onasi o‘rnini bosuvchi shaxslarning yoxud vasiylik va homiylik organining roziligisiz oshkor etishga haqli emas.
29-modda. Odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish bilan bog‘liq xarajatlar
Oldingi tahrirga qarang.
Odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish, shu jumladan ularning ta’minoti, ularni kelib chiqish mamlakatiga yoki o‘zlari doimiy yashaydigan davlatga qaytarish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(29-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sud tomonidan odam savdosida aybdor deb topilgan shaxslar odam savdosidan jabrlanganlarning ta’minoti va reabilitatsiyasi bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rnini to‘liq hajmda qoplaydi.
6-bob. Voyaga yetmaganlar savdosiga qarshi kurashishning o‘ziga xos xususiyatlari
30-modda. Voyaga yetmaganlar savdosi profilaktikasining o‘ziga xos xususiyatlari
Voyaga yetmaganlar savdosi profilaktikasining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
bolalarni tarbiyalash borasidagi o‘z majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlayotgan ota-onalarni yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni aniqlashni;
g‘ayriijtimoiy hayot tarzini kechirayotgan oilalarni va davlat himoyasiga muhtoj bolalarni ularga yordam ko‘rsatish maqsadida aniqlashni;
bolalar uylarining va tug‘uruq komplekslarining faoliyati monitoringini.
Oldingi tahrirga qarang.
Voyaga yetmaganlar savdosi profilaktikasi qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
(30-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
31-modda. Odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaxsni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaxsni identifikatsiya qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
Odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaxsni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaxsni identifikatsiya qilish maxsus jihozlangan xonada, qayd etishning texnik vositalaridan foydalangan holda, qonuniy vakil va (yoki) homiylik hamda vasiylik organining vakili hozirligida, ruhshunos albatta ishtirok etgan holda, shuningdek voyaga yetmagan shaxsning jinsi, yoshi va boshqa o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olingan holda amalga oshirilishi kerak.
Voyaga yetmagan shaxsni odam savdosidan jabrlangan hamda odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs deb topish to‘g‘risidagi qaror, uning roziligidan qat’i nazar, qabul qilinadi, o‘n olti yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxsga nisbatan esa uning ixtiyoriy roziligi bilan, qonuniy vakilning va (yoki) homiylik hamda vasiylik organi vakilining, tegishli ixtisoslashtirilgan muassasa vakillarining murojaati asosida qabul qilinadi.
32-modda. Odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaxsni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaxsni himoya qilish va unga yordam ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaxsga, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaxsga O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida kafolatlangan hamda O‘zbekiston Respublikasining bolalar huquqlarini va bu huquqlarni amalga oshirish kafolatlarini tartibga soluvchi xalqaro shartnomalari asosida huquq hamda erkinliklar ta’minlanadi.
Agar odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaxsning, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaxsning yoshi noma’lum bo‘lsa, biroq u o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan deb taxmin qilish uchun obyektiv asoslar mavjud bo‘lsa, bunday shaxsning haqiqiy yoshi uzil-kesil aniqlanguniga qadar unga ushbu moddada va boshqa qonunchilik hujjatlarida odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaxslarga, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaxslarga yordam ko‘rsatish uchun nazarda tutilgan yordam beriladi.
(32-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaxs, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaxs ixtisoslashtirilgan muassasalarga kattalardan ajratilgan holda joylashtirilishi kerak.
Ixtisoslashtirilgan muassasalarga joylashtirilgan odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaxslarga, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaxslarga davlat ta’lim muassasalarida ta’lim olish, oilasi yoki qarindoshlari bilan aloqa bog‘lash imkoniyati ta’minlanadi.
Agar odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaxslar, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaxslar qonuniy vakillarining homiyligisiz qolgan bo‘lsa yoki ularning turgan eri to‘g‘risida xabardor qilinmagan bo‘lsa, ota-onasini yoki ota-onasi o‘rnini bosuvchi shaxslarni yoxud boshqa qarindoshlarini qidirish choralari ko‘riladi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
33-modda. Odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlik
Oldingi tahrirga qarang.
Odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlik O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(33-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasining odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro shartnomalarini, shu jumladan odam savdosidan jabrlanganlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvi masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomalarini ishlab chiqish hamda ularni tuzishni tashkil etish;
odam savdosining va u bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish, aniqlash, ularga chek qo‘yish maqsadida chet davlatlarning ixtisoslashtirilgan vakolatli organlari bilan hamkorlik qilish, shu jumladan tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirish;
odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan tezkor xabardor qilishning, ta’sir choralari ko‘rishning va nazorat qilishning axborot tizimlarini va vositalarini birgalikda yaratish hamda rivojlantirish;
odam savdosiga qarshi kurashish sohasida tajriba almashish.
Odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari chet davlatlarning vakolatli organlariga zarur axborot taqdim etish to‘g‘risida so‘rovlar yuborish va ularning so‘rovlariga javob qaytarish huquqiga ega.
Odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi organlar va tashkilotlar odam savdosining oldini olish, odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish, ularni himoya qilish va ularga yordam ko‘rsatish maqsadida odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro va chet el tashkilotlari bilan hamkorlikni amalga oshirishi mumkin.
Odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro va chet el tashkilotlari bilan hamkorlik odam savdosiga qarshi kurashishga, shu jumladan odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish markazlarini tashkil etish vositasida qarshi kurashishga qaratilgan xalqaro texnik yordam ko‘rsatish loyihalarini amalga oshirish shaklida hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
34-modda. Odam savdosiga qarshi kurashishga doir tadbirlarni moliyalashtirish va moddiy-texnik jihatdan ta’minlash
Oldingi tahrirga qarang.
Odam savdosiga qarshi kurashishga doir tadbirlarni moliyalashtirish va moddiy-texnik jihatdan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(34-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Odam savdosidan jabrlanganlarni himoya qilishni ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlar odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarning o‘z zimmasiga yuklatilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
35-modda. Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(35-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2020-y., 03/20/633/1187-son;
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 24.06.2022-y., 03/22/780/0560-son)