1-mavzu. Uch о‘lchovli grafikaga kirish Reja



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə1/7
tarix28.09.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#150070
  1   2   3   4   5   6   7

1-mavzu. Uch о‘lchovli grafikaga kirish

Reja:

  1. Kompyuter grafikasining rivojlanish tarixi.

  2. Kompyuter grafikasi turlari va ularning imkoniyatlari.

  3. Uch o’lchovli grafikaning afzalligi va kamchiligi.

  4. Uch o’lchovli grafikaning apparat vositalari.

Kompyuter grafikasining rivojlanish tarixi Коmpyuter grafikasi (mashinali grafika) — kompyuter tasvirlarni sintez qilish(yaratish) vositasi sifatida foydalanish sohasidir, xuddi real hayotdan olingan vizual axborotni qayta ishlash. Bundan tashqari kompyuter grafikasini faoliyat natijasi deb ham atashadi.
Коmpyuter grafikasi dastavval yaratilgan davrlarda hozirgi kundagi qadar samarali emas edi. O’sha yillarda kompyuterlar rivojlanishning boshlang’ich bosqichida bo’lib, faqat eng oddiy chiziqlarni chizishni ta’minlay olardi.
1950-yilda Massachusets texnologik universitetining Whirlwind-I mashinasida tasvirlarni ekranda ko’rsatuvchi displeyli EHM yaratilgan va foydalanish uchun tasdiqlangani ma’lum. Shu tariqa kompyuter grafikasining paydo bo’lishi 1950-yillar bilan bog'liq. “ Коmpyuter grafikasi ” atamasini 1960-yillarda Boeing kompaniyasi xodimi U.Fetter o’ylab topgan. Коmpyuter grafikasining birinchi marotaba haqiqatdan qo’llanilish jarayonini Djorj Uitni nomi bilan bog’laydilar. U 50-60 yillarda kino ishlab chiqarish bilan shug’ullangan va birinchi bo’lib kinofilmlarga titrlar yaratish uchun kompyuterdan foydalangan.
Keyingi bosqich rivojlanishida kompyuter grafikasi nomi Ayven Sazerlend bilan bog’liq, 1961-yilda talaba bo’la turib chizish uchun mo’ljallangan Sketchpad dasturini yaratgan. Dastur chiroqli perodan oddiy shakllarni ekranda chizishda foydalanilgan. Hosil qilingan rasmlarni saqlash va qayta tiklash imkoni mavjud edi.katta samara beradi.

1-rasm. Ayven Sazerlendning Sketchpad dasturi (1963)


Dastlab kompyuter grafikasi vektor ko’rinishda shakllangan. 1961-yilda talaba Stiv Rassel birinchi Spacewar ("Звездная война"), nomli kompyuter video o’yinini yaratdi, Bell Labs ilmiy xodimi Edvard Zedjek "Simulation of a two-giro gravity control system" animatsion o’yinini yaratdi.


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin