1-mavzu. Ta’lim menejmenti fanining predmeti, vazifalari va metodlari. Ta’lim menejmenti nazariyalarining rivojlanish bosqichlari. Reja


Davrlar Rivojlanish bosqichlari



Yüklə 28,33 Kb.
səhifə2/4
tarix20.11.2023
ölçüsü28,33 Kb.
#164864
1   2   3   4
1 Maruza

Davrlar

Rivojlanish bosqichlari

I Davr (Qadimiy davr)

Birgalikda mehnatni tartibga solish va tashkil qilishning eng birinchi, oddiy, boshlang’ish shakli ibtidoiy jamoa tuzumi davrida vujudga kelgan. Bu davrda boshqarish urug’, jamoa, qabila a’zolari bilan birgalikda maslahatlashib amalga oshirilgan. Qadimiy Misrda davlat xo’jaligini boshqarish bo’yicha boy tajribalar to’plangan bo’lib, bu davrda (eramizdan avvalgi 3000-2500 yillar) etarli darajada rivojlangan davlat boshqarish apparati va unga xizmat qiluvchi qatlam (amaldor-mirzalar) shakllanadi. Boshqaruv faoliyatiga birinchilar qatori tavsif bergan shaxs SUQROTdir (eramizdan avvalgi 480-397 yillar). U boshqarishning turli shakllarini taxlil qilish asosida boshqarishning universallik tamoyilini tadqiq qildi. Platon (eramizdan avvalgi 428-394 yillar) davlat boshqarish shakli klassifikatsiyasini yaratdi. ALEKSANDR MAKEDONSKIY (eramizdan avvalgi 365-323 yillar) harbiylarni boshqarish nazariyasi va amaliyotini rivojlantirdi.



II Davr (Industrial davr)

Bu davrda davlat boshqaruvi nazariyasi sohasida Adam Smitning xizmati katta bo’lib, u boshqarish sohasida mutaxassis sifatida tanildi, chunki u mehnat taqsimotining turli shakllarini tahlil qilib, shoh va davlat majburiyatlariga tavsif berdi. Robert Ouenning ta’limoti menejment maktablarining shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatdi. Uning ishlab chiqarish boshqarishini insonparvarlishtirish, hamda o’qitish zaruriyatini tan olish, ishchilarning mehnat va maishiy sharoitlarini yaxshilash bo’yicha g’oyalari bugungi kunda ham dolzarb masaladir. Boshqarish nazariyasi va amaliyotida birinchi burilish xisoblash texnikasining yaratilishi va qollanilishi bilan bag’liqdir.



III Davr (Tartibga solish davri)

Bugungi menejment XIX asrda sodir bo’lgan sanoat inqilobi natijasi bo’lib, ishlab chiqarishning boshlang’ish tipi bo’lgan fabrikalarning paydo bo’lishi va katta guruhdagi kishilarni ish bilan ta’minlash zaruriyati, ularning individual egalarining barcha xodimlar faoliyatini nazorat qilish va boshqarishni murakkabligi natijasida eng yaxshi xodimlarni tanlab olib ularni o’qitishlari birinchi menejerlarning vujudga kelishiga sabab bo’ldi, chunki ular joylarda korxona egalari manfaatlarini ifodalashi mumkin edi.


Yüklə 28,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin