Sug‘urtalanuvchi to‘lashi kerak bo‘lgan qo‘shimcha sug‘urta mukofoti miqdorini hisoblang?
Prd = 38000 x (500 000 : 6 800 000) x (220 : 365) = 38000 x 0.07 x 0.60 = 1596 so‘m
KEYS topshiriq
Transport vositalarini boshqarishga qo‘yilgan shaxslar soni cheklanmasligi sharti bilan transport vositasidan mavsumiy foydalanish hisobga olingan holda xorijiy davlatda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va O‘zbekiston respublikasi hududida vaqtincha foydalanilayotgan transport vositasiga transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urtasi shartnomasini tuzish uchun sug‘urta mukofotini hisoblang?
J: PR = CC x TB x KT x KBO x KP/100
Bunda
SS = 6 800 000 so‘m
TB = 0.3
KT = 1.2
KP = 0.7
Sug‘urta mukofoti summasi = sug‘urta summasixyillik bazaviy stavkaxtransport vositasidan foydalaniladigan hudud koeffitsientixtransport vositalarini boshqarishga qo‘yilgan shaxslar soni cheklanmagan holdagi koeffitsientxxorijiy transport vositasidan mavsumiy foydalanish bo‘yicha sug‘urta qilish muddati koeffitsienti
MAVZUGA OID MASALALAR VA ULARNI ECHISH USLUBI Sug’urtada zararni sug’urta qoplash tamoyili
Sug’urta hodisasi sodir bo’lishi natijasida yo’qotilgan qiymatliklar zarar miqdori deyiladi. Sug’urta hodisasi natijasidagi zarar miqdori oldindan ma’lum bo’lmaydi. Sug’urta hodisasi yuzaga kelishi natijasida sug’urtalovchi tomonidan to’lab beriladigan pul miqdori zarar qoplamasi deyiladi.
Zararning sug’urta qoplamasi tamoyili asosiy sug’urta tamoyillaridan biri hisoblanadi va quyidagilardan iborat:
sug’urta summasi sug’urtalangan ob’yektning haqiqiy bahosidan ortiqcha bo’lmaydi
zarar miqdori sug’urtalangan ob’yektning haqiqiy bahosidan ortiqcha bo’lmaydi
zararning sug’urta qoplamasi sug’urta summasidan ortiqcha bo’lmaydi
Sug’urta shartnomalarida zararning sug’urta qoplamasi tizimining bir nechta ko’rinishi ishlatiladi, ularning hammasi zararning sug’urta qoplamasi tamoyiliga asoslanadi.
Birinchi risk tizimi bo’yicha zararni qoplash. Birinchi risk tizimi bo’yicha sug’urtalashda sug’urta summasidan oshib ketmaydigan zarar (birinchi risk) to’liq hajmda qoplanadi. Sug’urta summasidan oshib ketgan zarar (ikkinchi risk) esa sug’urta summasi miqdorida qoplanadi.