1-Mavzu: “Statistika” faniga kirish


-Mavzu: Statistik kuzatish uslubiyati



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə7/56
tarix07.01.2024
ölçüsü0,87 Mb.
#209092
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   56
маъруза статистика

3-Mavzu: Statistik kuzatish uslubiyati
Reja:

  1. Hozirgi zamon O’zbekistan davlat statistikasi va xalqaro statistika.

  1. Statistik kuzatish mohiyati va uning oldiga qo’yiladigan talablar, kuzatish ob’ekti va sub’ekti.

  1. Statistik kuzatishni tayyorlash uslubiyati. Statistik kuzatish turlari.

  1. Statistik kuzatish xatolari va ularni aniqlash yo’llari.

    1. Hozirgi zamon O’zbekistan davlat statistikasi va xalqaro statistika.


Statistik kuzatish - bu o’rganilayotgan ommaviy hodisalar haqida boshlang’ich ma’lumotlarni to’plash jarayonidir
Ommaviy jarayonlarni statistika jihatidan o’rganish, ya’ni bir turli hodisalar va ularning belgilari orasidagi bog’lanishlarni miqdoriy ifodalab ularning to’plarida namoyon bo’ladigan statistik qonuniyatlarni aniqlash uchun dastlab ular haqida, o’rganilayotgan ob’ektlar to’g’risida boshlang’ich ma’lumotlar yoki boshqa so’z bilan aytganda xom statistik materiallarni to’plash kerak. Mana shu jarayon statistik kuzatish deb ataladi.
Kuzatish so’zi quyidagi lug’aviy ma’noga ega:

  1. biror narsa ( predmet, ob’ekt )ni bilish, aniqlash maqsadida sinchiklab ko’zdan kechirish;

  2. biror narsa yoki kimsani zimdan qarab tekshirib turish, ta’qib qilish;

  3. voqealarni o’rganish, tekshirish, biror narsa yoki maqsadni nazarda tutish.

Statistik kuzatish ommaviy hodisalarni, jarayonlarni sinchiklab tekshirish uchun ular haqida boshlang’ich materiallarni to’plashdir. U o’rganilayotgan ob’ektlarni va ularning unsurlarini hisobga olish bilan bog’liq. Hisob – bu biror predmet miqdorini sanab yoki o’lchab aniqlash, biror kimsa yoki narsa mavjud miqdorini belgilash uchun maxsus hujjatda u haqidagi ma’lumotlarni qayd qilish.
Statistik kuzatish xo’jalik va turmush voqealarining hisobiga asoslanadi. Turli shakldagi korxonalar va ularning uyushmalarida xo’jalik voqealari buxgalteriya va operativ texnika hisoblarida qayd qilinadi. Statistik kuzatish ko’pincha ana shu hisob turlari ma’lumotlariga tayanadi. SHu bilan birga ayrim iqtisodiy,ishlab chiqarish masalalarini o’rganish uchun bevosita kuzatish ham amalga oshiriladi.

Statistik kuzatishga talablar: aniqlik, to’lalik, taqqosla-malik
Statistik kuzatish va uning natijasida to’planadigan ma’lumotlar uchta talabga javob berishi kerak, ya’ni: 1) aniqlik va to’g’rilik; 2) to’lalik va har taraflamalik; 3) Taqqoslamalik, solishtirmalik.

Milliy standart - muayyan mamlakat miqyosida, xalqaro standart esa-butun jahon yoki mamlakatlar birlashmasi miqyosida hodisalarni tasniflash, ko’rsatkichlarni tuzish va hisoblash, ma’lumotlarni qayd qilishda qo’llanadigan umumiy talab, tartib va umumiy kontseptsiyalar majmuasidir
Iqtisodiy ma’lumotlarning taqqoslamaligini ta’minlash uchun milliy va xalqaro standartlarni (andozalarni) ishlab chiqish va ularga to’la amal qilish muhim rolь o’ynaydi. Milliy standartlar mamlakat miqyosida ob’ektlarni tasniflash, ko’rsatkichlarni tuzish va hisoblash, ma’lumotlarni qayd qilish jarayonida rioya qilinishi zarur bo’lgan talablar, tartib qoidalar, kontseptsiyalar majmuasidir. Ular odatda xalqaro standartlarga asoslanadi. Xalqaro andozalar deganda o’rganilayotgan hodisalarni tasniflashda, statistik ko’rsatkichlarni tuzish va hisoblashda, ma’lumotlarni qayd qilish va olish jarayonida butun dunyo miqyosida yoki ma’lum mamlakatlar birlashmasi chegarasida qo’llash uchun tavsiya etiladigan umumiy tartib qoidalar, talabla,r kontseptsiyalar majmuasi tushiniladi. Milliy standartlarga rioya qilish majburiydir.


Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin