64
professionalizmi kabi tushunchalarsiz izohlab bo’lmaydi. Agar siyosiy
psixologiyani ijtimoiy psixologiyaning bir tarmog’i deb qaralsa, u holda siyosiy
jarayonlarning ijtimoiy-psixologik jihatlari uning predmetini tashkil etadi.
Eng keng tarqalgan fikrlarga ko’ra, siyosiy psixologiya inson siyosiy xulq
atvorining psixologik tomonlarini o’rganadi. Mashhur amerikalik olim
M.Doychning fikricha, siyosiy psixologiyaning maydoni siyosiy va psixologik
jarayonlarning o’zaro ta’sirini o’rganishdir. Ko’pgina olimlar o’zaro ta’sirning ikki
jihatini ochishni taklif etishdi: shaxs va guruh psixologik xususiyatlarining siyosiy
munosabatlarga ta’siri, siyosatning fuqaro psixologik sifatlarining shakllanishiga
ta’siri.
A.I.Donsovning fikricha, siyosiy psixologiya-“Ijtimoiy subyektlarining
siyosiy faolligi” haqidagi, A.P.Nazaretyan fikricha esa siyosiy faollik
motivasiyasini o’rganuvchi fandir. A.I.Yuryev siyosiy psixologiyaning obyektiga
faqat siyosat sohasida namoyon bo’ladigan psixologik xususiyatlarga ega bo’lgan
“Hukmronlik qiluvchi odamlar”ni kiritadi. “Siyosatdagi odam”-nafaqat siyosiy
psixologiyaning balki boshqa oraliq sohalarining ham o’rganish obyektidir.
Baxs-munozara nafaqat siyosiy psixologiyaning predmeti va obyekti
xususida, balki uning nomlanishi xususida ham mavjuddir. Ba’zi omillar va
amaliyotchilar “siyosiy psixologiya” bilan “siyosat psixologiyasi”ni sinonim deb
hisoblashadi. D.V.Olshanskiy bu ikki tushunchani tahlil qilib, siyosiy psixika
mavjud emas ekan, siyosiy psixologiya uni psixologiyalashtirishga olib boradi.
“Siyosat psixologiyasi” esa mazkur tarmoq predmetini ochib berish uchun zarur
tushuncha deb ta’kidlaydi.
Shunday qilib, siyosiy psixologiya o’zining predmetiga, obyektiga ega
bo’lgan psixologiya fanining tarmog’idir.
Dostları ilə paylaş: