roziligisiz quyidagi majburiyatlarga tegishli mablag‘larni hisoblashishga (inkasso
tartibida) o‘tkazishi mumkin:
- To‘lov muddati kelgan byudjetga bo‘lgan qarzlar;
- Mahalliy va xo‘jalik sudlarining ijro varaqlariga asosan;
- Kreditdan foydalanish foizi, muddati o‘tgan kredit summasi va bank xizmati
summasi.
Qolgan barcha muomalalar sub’ekt rahbariyatining roziligi bilan tasdiqlangan grafik
asosida amalga oshiriladi, ya’ni bankka pul mablag‘ining kelib tushishi va schyolarni
to‘lovga qabul qilish vaqti inobatga olinadi.
Davlat korxonalari, aksionerlik jamiyatlari, kishlok xo‘jalik uyushmalari (shirkatlar),
mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, uyushmalar, birlashmalar, konsernlar, korporatsiyalar,
qo‘shma korxonalar, xalqaro birlashmalar va boshqa korxonalar tomonidan talab qilib
olgunicha depozit schyotlarini ochish uchun zikr qilingan hujjatlarga qo‘shimcha qilib
bankka yuqorida keltirilgan yo‘riqnomaga binoan yana boshqa hujjatlar topshiradilar.
Barcha hujjatlar topshirilgandan so‘ng bank xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma
imzolanadi va bank boshqaruvchisining bo‘yrug‘i bilan korxonaga tegishli hisob-kitob
schyoti nomeri belgilanadi va bankning buxgalteriya apparati tomonidan pul mablag‘lari
harakatini hisobga olish uchun shaxsiy schyot ochiladi. Boshqa shahar yoki axoli
punktlarida joylashgan xo‘jalik hisobida bo‘lmagan filiallar, magazinlar, ishlab chiqarish
birligi va boshqa bo‘linmalarga mahalliy bank muassasasida cheklangan muomalalarni aks
ettirish uchun joriy schyot ochiladi. Bu cheklanish asosiy hisob-kitob schyotini idora
qiluvchi bosh korxona (tashkilot) tomonidan belgilanadi.
Yuridik shaxsning talab qilib olguncha depozit (hisob-kitob) schyotida yetarli
darajada pul mablag‘lari bo‘lsa, pul o‘tkazib berish uning bo‘yrug‘i yoki boshqa to‘lov
hujjatlari bilan amalga oshiriladi.
Yuridik shaxsning talab qilib olguncha depozit (hisob-kitob) schyotida pul
mablag‘lari yetarli bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998
yil 12 fevralda ro‘yxatdan o‘tkazilgan «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bank
schyotlaridan pul mablag‘larini chiqarish tartibi to‘g‘risida» gi yo‘riqnomaga binoan
birinchi navbatda byudjetga, pensiya fondiga va ish haqiga to‘lashni nazarda tutuvchi
hujjatlar bo‘yicha mutanosib to‘lanadi.
Dostları ilə paylaş: