1-Mavzu: Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o‟qituvchi mahorati masalalari Reja



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/19
tarix02.01.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#44277
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
1-mavzu

Abu 

Nasr 

Forobiy  (873-930)  O‗rta  Osiyo  xalqlari  madaniyatini 

rivojlantirishga  ulkan  hissa  qo‗shgan  olimdir.  Forobiy  arifmetika,  geometriya, 

astronomiya  va  musiqani  muhim  tarbiyaviy  fanlar  deb  atadi.  Ushbu  fanlarni 

o‗rgatuvchi  o‗qituvchini  har  tomonlama  mukammal  bilimga  va  tajribaga  ega 

bo‗lishi  lozimligini  ta‘kidlaydi.  Forobiy  ta‘limotiga  ko‗ra,  ta‘lim-tarbiya  jarayoni 

tajribali  va  bilimli  o‗qituvchilar  tomonidan  tashkil  etilishi,  boshqarilib  turilishi  va 

ma‘lum  maqsadlarga  yo‗naltirilgan  bo‗lishi  lozim,  chunki  ―har  bir  bola  o‗zicha 

narsa  va  hodisalarni  bila  olmaydi  hamda  baxtga  erisholmaydi.  Unga  buning  uchun 

o‗qituvchi  lozim‖ 

3

.    Ta‘lim  va  tarbiya  berishda  ―...ustoz shogirdlariga qattiq zulm 



ham,  haddan  tashqari  ko‗ngilchanlik  ham  qilmasligi  lozim.  CHunki  ortiqcha  zulm, 

shogird  dilida  ustozga  nisbatan nafrat uyg‗otadi, bordiyu ustoz juda ham yumshoq 

ko‗ngilli  bo‗lsa,  shogird  uni  mensimay  qo‗yadi  va  u  beradigan  bilimdan  sovib 

qoladi.  SHuning  uchun  o‗qituvchi  bolalarning  fe‘l-atvoriga  qarab  ta‘lim-

tarbiyaning  ―qattiq‖  yoki  ―yumshoq‖  usullaridan  foydalanishi  mumkin‖  deydi. 

Bunda ustoz mudarrisga quyidagi  talablarni  qo‗yadi: 

Birinchi  yo„l:  tarbiyalanuvchilar  o‗qish  va  o‗rganishga  ishtiyoqmand 

bo‗lsalar  ta‘lim-tarbiya  jarayonida  mudarris  tomonidan  yumshoq  usullar 

qo‗llaniladi.  Bunda  u  qanoatbaxsh  so‗zlardan  foydalanadi,  chorlovchi 

ilhomlantiruvchi  gaplar  aytib  o‗quvchiga  ko‗nikma  va  malakalarni  vujudga 

keltiradi,  natijada  o‗quvchining  iqtidori  uyg‗onib,  g‗ayrat-shijoati  bilan  bilim 

olishga, kasb egallashga  intiladi; 

Ikkinchi  yo„l:  tarbiyalanuvchilar  o‗zboshimcha,  itoatsiz  bo‗lsalar,  mudarris 

tomonidan  qattiq,  ya‘ni  majburlovchi  usullar  qo‗llaniladi.  Bu  asosan  gapga 

ko‗nmovchi  ba‘zi  qaysar  shaharliklar  va  boshqa  sahroyi  xalqlarga  nisbatan 

ishlatiladi.  Ushbu  usul  natijasida  o‗quvchi  nazariy  bilimlarni  o‗rganishga  astoydil 

kirishadi,  fazilati  yaxshi  bo‗lib,  kasb-hunarlarni  va  juz‘iy  san‘atlarni  egallashga 

intiladi.  Maqsad  ularni  fazilat  egasi  qilish  va  kasb  hunar  ahillariga  aylantirishdir 

(o‗sha kitob, 198 bet).  

         Abu  Rayhon  Muhammad  ibn  Ahmad  al-Beruniy  (973  -  1048)  SHarq 

Uyg‗onish  davrining  qomusiy  olimlaridan  biri,  tarbiyashunos  olim,  umumjahon 

                                                 

3

 Форобий.  Фозил  одамлар шаҳари.  – Т.:, ―А.Қодирий  номидаги Халқ  мероси нашри‖, 1993,  122-бет. 




tabiiy-ilmiy  va  ijtimoiy  fanlar  rivojiga  ulkan  ta‘sir  ko‗rsatgan  buyuk  aql  zakovat 

sohibidir.  Alloma  asarlarida  ta‘lim-tarbiya  birligi  va  axloq  masalalariga  etuk 

tarbiyashunos  olim  sifatida  yondashgan,  chunonchi,  ―Minerologiya‖,  ―Qadimgi 

xalqlardan  qolgan  yodgorliklar‖,  ―Hindiston‖    kabi  asarlarida  pedagogika  va 

psixologiyaga  oid  noyob  fikr  mulohazalarini  va  ma‘rifiy-didaktik  qarashlarini 

bayon  etdi.  Bolalarni  maktabda  o‗qitish  va  tarbiyalash  jarayonida  dunyoviy 

fanlarni  bir-biri  bilan  bog‗lab  turli  mavzularda  mulohazalar  yuritishni  ta‘kidlab: 

―Bizning  maqsadimiz  o‗quvchilarni  toliqtirib  qo‗ymaslikdir,  bir  mavzuni  qayta-

qayta  takrorlab  o‗qib  berish  o‗quvchini  zeriktiradi,  xotirasini  susaytiradi.  Agar 

o‗quvchi  bir  mavzudan  boshqa  bir  yangi  mavzuga  o‗tib  tursa,  u  xuddi turli-tuman 

bog‗larda  sayr  qilgandek  bo‗ladi,  bir  bog‗dan  o‗tar-o‗tmas,  boshqa  bir  bog‗ 

boshlanadi.  Bola  ularning  hammasini  ko‗rgisi  va  tomosha  qilgisi  keladi.  Har  bir 

yangi  narsa bolaga rohat bag‗ishlaydi, deb behuda aytilmagan‖

  4

,– deydi. 

       Beruniy  mamlakatning  obodonligi  ilm–fanning  ravnaqi  tufayli  deb  aytadi, 

yoshlarning  baxt–saodati  va  kamoloti  esa  ularga  bilim  va  ma‘rifat  beruvchi 

mudarrislarga  bog‗liq  deb  ta‘kidlaydi.  Ilm  va  ma‘rifat  sari  intiluvchi  tolib  va 

mudarrislarga  deydiki:  ―Ilm  dargohiga  kirar  ekansan,  qalbing  kishini  ozdiruvchi 

illatlardan,  odamni  ko‗r qilib qo‗yadigan nafs va turli buzg‗unchi holatlardan, qotib 

qolgan  turli  eski  urf–odatlardan,  hirsdan,  raqobatdan,  ochko‗zlikni  quli  bo‗lishdan 

ozod bo‗lmog‗i darkor‖

 5

   




Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin