14– mavzu. O’zbekistonning jahon hamjamiyati bilan
hamkorligida demokratik tamoyillariga asoslanishi.
REJA:
1.
O’zbekison va jahon hamjamiyati.
2.
O’zbekistonning jahon hamjamiyati bilan munosabatidagi huquqiy-siyosiy hamda
ijtimoiy-iqtisodiy asoslari.
3.
O’zbekistonning MDH davlatlari bilan o’zaro hamkorligi.
4.
ShHT, Markaziy Osiyodagi demokratik jarayonlar va o’zar hamkorlik.
O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgandan so’ng o’z tashqi siyosatimizni xalqaro
hamjamiyatning to’laqonli sub’ekti sifatida amalga oshirish uchun real imkoniyatlarga ega
bo’ldi. Endilikda tashqi siyosat mustaqil tarzda amalga oshirilmoqda.
Jamiyat va davlatlar tarixi shuni ko’rsatadiki, biron-bir mamlakat boshqa davlatlar bilan
hamkorlik qilmasdan taraqqiyotga erishgan emas. Sharq va G’arb mamlakatlarini bir-biriga
bog’lagan «Buyuk Ipak» tarixiy yo’lning markazida joylashgan O’zbekiston bir necha asrlardan
buyon dinlar, millatlar va madaniyatlarning tutashuv nuqtasi bo’lib kelmoqda.
Ayniqsa Amir Temur va Temuriylar davrida dunyodagi yirik davlatlar Samarqand bilan o’z
aloqalarini o’rnatganlar. Amir Temurning Frantsiya, Angliya, Ispaniya qirollari, o’nlab qo’shni
davlatlarning hukmdorlari bilan yozishmalari o’sha davrdagi jo’shqin siyosiy, madaniy va tijoriy
aloqalardan guvohlik beradi.
Chor Rossiyasi bosqinidan so’ng 130 yildan ortiq davom etgan mustamlaka davri
mamlakatimizning tashqi aloqalarini uzib qo’ydi. Xorij bilan barcha munosabatlar istilochilarning
nazorati va ruxsati bilan amalga oshirilar edi. Bir paytlar dunyoga dong taratgan o’lkamiz chekka
bir viloyat darajasiga tushirib qo’yildi. Sovetlar davrida esa chetga chiqarilgan bir-ikki diplomat
hamda vazifasi oliy rutbali xorijliklarni mehmon qilishdan iborat bo’lgan Tashqi ishlar vazirligidan
boshqa hech narsa yo’q edi.
Istiqlolning dastlabki yillaridanoq bevosita mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov rahbarligida
tashqi siyosatning ustuvor yo’nalishlari va asosiy tamoyillari belgilandi hamda og’ishmay amalga
oshirila boshlandi.
O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
-mafkuraviy qarashlardan qat’iy nazar, hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga,
tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik;
-davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish;
nizolarni tinch yo’l bilan hal etish;
-kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik;
-inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash;
-ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqnin
umume’tirof etilgan qoidalari va normalarining ustuvorligi;
-tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik;
-davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik ustunligi;
-tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko’p tomonlama kelishuvlar
asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan
uzoqlashmaslik va boshqalar.
Bu tamoyillarga davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid
qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki
ishlariga aralashmaslik kabi xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari asos qilib olinadi.
Davlatimiz rahbari Islom Karimovning Oliy Majlis ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasidagi
ma’ruzasida boshqa sohalar qatori tashqi siyosat borasidagi navbatdagi vazifalar ham ko’rsatib
o’tildi. Jahondagi barcha mamlakatlar bilan o’zaro manfaatli aloqalarni yo’lga quyish, etakchi
xalqaro iqtisodiy, moliyaviy hamda insonparvarlik tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish
bundan keyin ham ustuvor yo’nalish bo’lib qolishi ta’kidlandi.
Bugungi kunda O’zbekiston taraqqiyotining konstitutsiyaviy zamini yaratildi. Shunga mos
ravishda inson huquqlari ham tiklanmoqda. Xalqimizning ma’naviy salohiyati, unga xizmat
qiladigan tabiiy va texnikaviy zahiralar, mustahkamlanayotgan xalqaro munosabatlar demokratik
rivojlanish va inson huquqlariga rioya qilish uchun barcha sharoitlarning bosqichma-bosqich
yaratilishiga kafolat beradi.
O’zbekiston Konstitutsiyasi «O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligi asoslari
to’g’risida»gi qonunda belgilangan konstitutsiyaviy an’analarni davom ettiradi. Mazkur an’analarga
ko’ra xalqaro huquq davlatimiz qurilishining muhim manbai bo’lib, O’zbekiston o’zining xalqaro
huquq normalariga sodiqligini konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab, namoyish etmoqda.
Bu esa yosh mustaqil davlatimizning eng nufuzli xalqaro tashkilotlarga qabul qilinishiga imkon
berdi. Respublikamizning mustaqil davlat sifatida boshqa davlatlar tomonidan diplomatik tan
olinishiga, xalqaro iqtisodiy munosabatlarga kirishishiga yo’l ochdi.
BMT ustavi, Inson huquqlari to’g’risidagi umumjahon deklaratsiyasi va inson huquqlari haqidagi
boshqa
xalqaro
paktlar,
Xelsinki
bitimlari,
Parij
va
Madrid
xartiyalari
qoidalari
Konstitutsiyamizdagi xalqaro huquq printsiplari va normalariga asos bo’ldi. Bunday
konstitutsiyaviy yondashuv, ayniqsa Konstitutsiyaning muqaddimasida, 4-bobida, ikkinchi bo’limda
22,23 va 26-bobda yaqqol ko’zga tashlanadi. Bu boblarning tegishli ravishda, «Tashqi siyosat»,
«Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari», «O’zbekiston
Respublikasining sud hokimiyati», «Saylov tizimi», «Mudofaa va xavfsizlik» deb nomlanishi ham
fikrimizning dalilidir.
XX asrning so’nggi o’n yilligi ijtimoiy dunyoqarash va jahon hamjamiyatining jo’g’rofiy-siyosiy
tuzilishida tub o’zgarishlar davri bo’lib tarixga kirdi. Jahon hamjamiyati yangi davrga qadam
qo’ydi. Bu davr o’zining ikki jihati bilan ajralib turadi. Birinchidan, bu davlatlar, xalqlar o’rtasidagi
yaqinlashuv jarayonlari va har tomonlama hamkorlikning kuchayishi, yaxlit bo’lgan siyosiy,
iqtisodiy va huquqiy makonlarning vujudga kelishi, hozirgi zamon xalqaro huquq normalarining
yaratilishidir. Ikkinchidan, «sotsialistik lager»ning emirilishi, totalitar tuzumdagi davlatlarning
tugatilishi, ular o’rnida mustaqil davlatlarning paydo bo’lishidir.
Prezidentimiz «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyoti yo’li» kitobida O’zbekiston
Respublikasi tashqi siyosatining kontseptsiyasi to’g’risida, tashqi siyosiy yo’l, bu yo’lning huquqiy
negizi va uni amalga oshirish vositalari haqida to’xtalib o’tgan. O’zbekiston tashqi siyosatining
strategik yo’li, asosiy qoidalari va maqsadlari, uning ustuvor va mintaqaviy yo’nalishlari,
xususiyatlari negizida respublikaning milliy manfaatlari joy olgan. Har qanday siyosat aql-idrok
bilan ish tutishni taqozo etadi. Rivojlanayotgan, tez taraqqiy etish uchun kuchli ilmiy, sanoat kuch-
quvvatiga ega bo’lgan mamlakatning tashqi siyosati ehtiroslardan xoli bo’lishi lozim.
Respublikamiz ana shunday davlatlar sirasiga kiradi. Yangi xalqaro iqtisodiy tartib uchun harakat
qilish qoidalari O’zbekiston uchun ham diqqatga molik masaladir. Bu xom ashyo va sanoat
mahsulotlari narx-navolarining adolatli bo’lgan nisbati, rivojlanayotgan davlatlarning fan va texnika
yutuqlaridan bahramand bo’lish imkoniyati va hokazolardir.
Tashqi siyosat faoliyat uchun huquqiy negiz yaratish birinchi galdagi vazifa hisoblanadi. Ushbu
maqsadlarga erishish uchun quyidagilar amalga oshirildi:
-yangi xalqaro huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi:
-sobiq Ittifoq ishtirokchi bo’lgan xalqaro huquqiy hujjatlar majmuasi respublika manfaati nuqtai
nazaridan o’rganildi:
-O’zbekistonning milliy manfaatlariga mos tushadigan hujjatlar ratifikatsiya qilindi:
-mamlakat xalqaro faoliyatini muvofiqlashtirib turadigan qonunlarni ishlab chiqish va qabul
qilish. «Qabul qilingan xalqaro shartnomalar to’g’risida»gi qonun, «Konsullik ustavi» shular
jumlasidandir. Ulardan tashqari bojxona xizmatining huquqiy asoslarini yaratuvchi qonunlar, Havo
kodeksi ham qabul qilndi. Yurtboshimiz I.A.Karimovning «O’zbekistonning o’z istiqlol va
taraqqiyot yo’li» kitobining tashqi siyosatga bag’ishlangan bobida ushbu faoliyat yo’nalishlari aniq-
ravshan ifodalab berilgan. Jumladan, kitobda milliy manfaatlar O’zbekiston tashqi siyosatining
ustuvor maqsadi ekanligi qat’iy bayon etilgan.
Manfaat, bu zaruriy ehtiyojdir. Ehtiyojlar esa birinchi galda O’zbekiston uchun taraqqiyotning
muayyan jug’rofiy va tabiiy, iqlimiy, demografik holatimiz, xalqimizning ko’p millatli tarkibi,
uning tarixiy va madaniy merosi, ma’naviyat omili, ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotining
darajasi, xom ashyo va zamonaviy texnologiya bilan ta’minlanganlik, davlatning xalqaro
munosabatlardagi o’rni va hokazolardir. Bu omillar O’zbekistonning ehtiyojlarini belgilaydi.
Ehtiyojlar esa manfaatlarda o’z ifodasini topadi. Davlat manfaatlari uning tashqi siyosiy faoliyatini
belgilaydi. Shu jihatdan, O’zbekistonning tashqi siyosiy manfaatlari xalqaro aloqalarni
rivojlantirayotgan, uning tuzilmalari va faoliyatini belgilab berayotgan kuchdir.
Barcha davlat va xalqaro tashkilotlar bilan aloqa qilishda davlatimizning milliy manfaatlaridan
kelib chiqiladi. Tabiiyki, bunda sheriklarimiz manfaatlari, ular tashqi siyosatining ustuvor
yo’nalishlari hisobga olinishi zarur. Zero, o’zaro uzviy bog’liqliksiz tashqi siyosatni tasavvur etib
bo’lmaydi.
O’zbekisonning xalqaro tashkilotlar va davlatlararo uyushmalar faoliyatidagi ishtiroki respublika
tashqi siyosatining muhim yo’nalishlaridan biridir. Ushbu tashkilotlar jahon hamjamiyatiga kirish,
xo’jalik aloqalarini o’rganish, ekologiya, tabbiy muammolarni hal etish, ilmiy-texnikaviy
hamkorlikni rivojlantirishda katta yordam bermoqdalar.
Respublika Prezidenti davlatimiz o’z qiyofasini yo’qotmasdan xalqaro talablarga rioya etishga
tayyorligini qat’iy tasdiqladi. Bu talablarga rioya etmasdan, xalqaro jahon hamjamiyatiga kirib
bo’lmaydi. Bu erda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi asosidagi kafolatlar, BMT Nizomi
va Xelsinki kelishuvi qoidalari, hujum qilmaslik, xalqaro munosabatlarda kuch ishlatish bilan
tahdid qilishdan voz kechish, xalqaro huquq qonunlarining milliy qonunlardan ustuvorligi va
hokazolar to’g’risida gap bormoqda. Jahondagi barcha taraqqiyparvar mamlakatlar xuddi shunday
yondashuv tarafdoridir.
Bugungi kunda o’z mustaqil tashqi siyosatini konstitutsiyaviy qoidalarga tayanib yuritayotgan
O’zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to’la huquqli sub’ektidir. Uning tashqi siyosati
davlatlarning suveren tengligi-yu kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, nizolarni tinch
yo’l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik kabi xalqaro huquqning
umume’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi. Mamlakatimiz Asosiy qonunining
17-moddasida ochiq-ravshan aytilgan.
O’zbekiston butun dunyo ko’z o’ngida tashqi siyosiy va madaniy aloqalarining boy tarixiga ega
bo’lgan, mustaqil ravishda zamonaviy diplomatik aloqalarni amalga oshirayotgan tinchliksevar
huquqiy davlat sifatida namoyon bo’lmoqda. Xalqaro huquq jihatidan O’zbekiston uchun asrlar
osha buyuk bo’lib kelgan davlatlar ham, davlatchilik tarixi biznikiga o’xshash yosh mamlakatlar
ham bab-baravardir.
O’zbekiston taraqqiyotning konstitutsiyaviy asosi sifatida inson huquqlari tiklanmoqda.
Xalqimizning ma’naviy imkoniyati, uning katta tabiiy va texnik zahiralari, mustahkamlanib
borayotgan xalqaro aloqalari demokratik taraqqiyot va inson huquqlariga rioya etilishi uchun zarur
bo’lgan barcha shart-sharoitlar mavjudligiga ishonch tug’diradi. Natijada mamlakatimiz amalda
yalpisiga diplomatik tan olinishiga va xalqaro iqtisodiy aloqalarga tortilishiga yo’l ochib berildi.
XX asrning ohirida dunyoning siyosiy makoni sifat jihatidan o’zgardi. Sovet Ittifoqi
xalqlari hamda sobiq «sotsialistik hamdo’stlik»dagi boshqa davlatlar bir partiyaviylik tizimi va
markazdan turib rejalashtirish iqtisodiyotidan voz kechishdi. Bu holat dunyoda antogonistik
ijtimoiy-siyosiy tuzumlarning global qarama-qarshiligi barham topdi va dunyo siyosatida
demokratik jamiyatlar salohiyati ancha oshdi. Evroosiyo hududida, jumladan, Markaziy va Sharqiy
Evropa davlatlari, shuningdek, sobiq sovet ittifoqi davlatlarining roziligi orqali ijtimoiy-siyosiy
tuzumning demokratik shakliga o’tildi. Agar bunday davlatlarda, eng avvalo, Rossiyada amalga
oshirilayotgan islohotlar jarayoni muvaffaqiyatli yakunlansa, Shimoliy yarim sharining kattaroq
qismi - Evropa, Shimoliy Amerika, Evroosiyoda bir-biriga yaqin ijtimoyi-siyosiy va iqtisodiy
tamoyillar asosida yashovchi, bir-biriga o’xshash qadriyatlarga e’tiqod qiluvchi, shu jumladan,
global dunyo siyosati jarayonlariga bir xilda yondashuvchi xalqlar hamjamiyati shakllanadi.
«Birinchi» va «ikkinchi» dunyolar o’rtasidagi qarama-qarshilikka barham berilgandan so’ng
avtoritar tuzumlar Afrika, Lotin Amerika, Osiyodagi o’z tarafdorini qo’llab-quvvatlashdan
to’xtadilar. Negaki, bu davlatlar mafkuraviy ittifoqdosh sifatida o’z qiymatlarini yo’qotishdi va
natijada moddiy hamda siyosiy yordamdan maxrum bo’lishdi. Oqibatda Somali, Liberiya,
Afg’onistonda bo’linish vujudga keldi va fuqarolar urushi boshlanib ketdi. Boshqa davlatlarning
ko’pchiligi esa, masalan, Efiopiya, Nikaragua, Jazoir avtoritarizmdan voz kecha boshlashdi.
«Sovuq urush» bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lmagan barcha qit’alarda kechgan keng
miqyosli demokratiyalashtirish jarayoni 80-yillarning ikkinchi yarmiga to’g’ri keladi. Braziliya,
Argentina, Chili boshqaruvning harbiy-avtoritar shaklidan fuqarolik-parlamentar shakllariga
o’tishdi. Bunday tendentsiya Markaziy Amerikada sal kechroq tarqaldi. Ushbu jarayonning e’tiborli
natijalaridan biri shuki, 1994 yil 14 dekabrda Shimoliy va Janubiy Amerika mamlakatlari
boshliqlarining uchrashuvida qatnashgan 34ta davlat rahbari o’z davlatlarining demokartik yo’l
bilan saylangan liderlari edilar. Shunga o’xshash demokratiklashtirish jarayonlari Osiyo Tinch
okeani hududi - Filippin, Tayvan, Janubiy Koreya, Tailandda kuzatildi. 1998 yilda Pokistonda
harbiy tuzum o’rniga saylangan hukumat keldi. Janubiy Afrika respublikasining aparteid
siyosatidan voz kechishi demokratiyaga qarab yo’l olinganligini ko’rsatdi. Afrikaning boshqa
joylarida avtoritarizm jarayoni anchagina sekin kechdi. Biroq inqirozga uchrashi, Gana, Benin,
Keniya, Zimbabveda demokratik islohotlarning ma’lum darajada oldinga siljishi demokratiyalashuv
to’lqini bu qit’aga ham ta’sir qilmasdan o’tmaganini ko’rsatadi.
Aytib o’tish lozimki, demokratiya etuklikning bir necha darajasiga ega. Bu frantsuz hamda
amerika inqilobi davrlaridan boshlab, bugungi kungacha demokratik jamiyatlarning rivojlanishida
yaqqol namoyon bo’ldi. Qator Afrika mamlakatlarida yoki sobiq ittifoq o’rnida paydo bo’lgan
yangi mustaqil davlatlarning ayrimlarida muntazam ko’ppartiyaviylik saylovlari ko’rinishiga ega
bo’lgan demokratiyaning ilk shakllari, aytaylik, G’arbiy Evropa tipidagi etuk demokratiya
shakllaridan anchagina farq qiladi. Agar Linkolnning demokratiyaga bergan «xalq tanlagan
saylagan va xalq manfaatlariga muvofiq amalga oshiriladigan xalq boshqaruvi» ta’rifidan kelib
chiqadigan bo’lsak, eng ilg’or demokratiyalar ham mukammal emasdir.
80-yillar oxiri - 90-yillar boshlarida ijtimoiy-siyosiy modellarning global almashinuv jarayoni
turli davlatlarda turlicha kechgan bo’lsa-da, uning er yuzini yarmidan ko’pini qamrab olganligi bois,
jahon hamjamiyati ijtimoiy-siyosiy maydonining sifat o’zgarishi to’g’risida xulosa qilish mumkin
bo’ladi. Jamiyatlarni tashkil etishning demokratik shaklli tafovutlar, ba’zan esa muayyan davlatlar
o’rtasida keskin ziddiyatli vaziyatlardan ham xoli emas. Masalan, bugungi kunda Hindiston va
Pokiston, Gretsiya va Turkiyada parlamentar boshqaruv joriy etilgan bo’lsa-da, ular o’rtasidagi
munosabatlarda xavfli keskinlik mavjud. Rossiya kommunizmdan demokratiyaga qarab ancha yo’l
bosib o’tgan bo’lsa-da, baribir, aytaylik, NATOni kengaytirish yoki Saddam Husayn, Slobadan
Miloshovich tuzumlariga qarshi harbiy kuchni ishlatish masalalari bo’yicha Evropa davlatlari va
AQSh bilan oralarida kelishmovchilik bor. Lekin muhimi shuki, tarixda demokratik davlatlar bir-
birlari bilan urush qilishmagan.
Albatta, ko’p narsa «demokratiya» va «urush» tushunchalarining qanday ta’riflanishiga bog’liq.
Olamda davlat, qachonki uning ijroiya va qonun chiqaruvchi hokimiyatlari saylovlar yo’li bilan
shakllantirilgan bo’lsa - demokratik hisoblanadi. Bu degani, ana shunday saylovlarda eng kamida
bir-biridan mustaqil ikkita partiya ishtirok etsa, katta yoshdagi axolini kamida yarim ovoz berish
huquqiga ega bo’lsa va hokimiyatning bir partiyadan ikkinchisiga o’tishi kamida bir marta tinch
konstitutsion yo’l bilan amalga oshirilgan bo’lsa.
Jahon tarixining tadqiq etilishi shuni ko’rsatmoqdaki, demokratiyalar avtoritar tuzumlar bilan
urush olib boradilar va juda ko’p boshqa demokratik davlatlar bilan ziddiyatlarga borsalar ham,
xech qachon bu narsa urushgcha etib bormagan. Vestfal tizimi mavjud davr mobaynida demokratik
davlatlar o’trasidagi munosabatlar tor doira bo’lganligi va ularning hamjixat bo’lishlariga avtoritar
davlatlar ta’sir etganligini ko’rsatuvchi tanqidchilarda bunga ma’lum bir asos bor ekanligini tan
olish zarur. Avtoritar davlatlar tomonidan tahdidning yo’qolishi yoki kamayishi bilan demokratik
davlatlar bir-birlari bilan munosabatda o’zlarini qanday tutishlari ham noma’lum.
Agar XXI asrda ham demokratik davlatlarning o’zaro tinch munosabatlaridagi qonuniyat
buzilmasa, unda hozir dunyoda ro’y berayotgan demokratiyani kengayishi dunyo global zonasining
ham kengayishini anglatadi. Ehtimol, yangi shakllanayotgan xalqaro munosabatlar tizmining
Vestfal tizimidan birinchi va asosiy farqi aynan mana shundadir.
Global miqyosda demokratiya va avtoritarizm o’trasidagi nisbatning o’zgarishi amerikalik
tadqiqotchi F.Fukuyamaning demokratiya g’alabasini ovoza qilishiga hamda shu ma’noda tarixiy
formatsiyalar o’rtasidagi kurash sifatida «tarixning yakunlanganligi» tug’risida e’lon qilishga asos
bo’lib xizmat qildi. Biroq, demokratiyaning keng miqyosda yoyilib borayotgani uning to’liq
g’alabasi degani emas. Kommunizm biroz o’zgartirilgan ko’rinishda bo’lsa-da, Xitoy, Vetnam,
Shimoliy Koreya, Laos, Kubada saqlanib qolindi uning izlarini Sobiq Ittifoqning ayrim davlatlarida,
Serbiyada sezish mumkin.
Shimoliy Koreyadan tashqari boshqa barcha sotsialistik mamlakatlarda bozor iqtisodiyoti
elementlari paydo bo’lmoqda, ular u yoki ma’noda jahon iqtisodiy tizimiga jalb etilmoqda. Saqlanib
qolgan ayrim kommunistik davlatlarning boshqa mamlakatlar bilan munosabatlari «sinfiy kurash»
tamoyilidan ko’ra, «Birga tinch yashash» tamoyiliga asoslanadi. Qisman amalga oshirilayotgan
iqtisodiy islohotlar va xalqaro iqtisodiy aloqalar uchun ochiq bo’lishlik siyosiy erkinliklarni
kengaytirishni talab etuvchi ijtimoiy kuchlarni yuzaga chiqaradi. Biroq, bir partiyaviylik tizimi
teskari tomonga qarab ish olib bormoqda. Natijada liberalizmdan avtoritarizmga, avtoritarizmdan
tiberalizmga qarab harakat qiluvchi «argimchoq» effektini kuzatish mumkin. XX asr tajribasi
ko’rsatmoqdaki, kommunistik tizim muqarrar ravishda shunday tashqi siyosatni ishlab chiqardiki, u
demokratik jamiyatlar siyosatiga zid bo’ladi. Bunday ziddiyatning mavjudligi ular o’rtasidagi
harbiy mojaroni keltirib chiqarishi mumkinligi va ular o’rtasidagi munosabatlar bo’la olmasligi
xususidagi fikrlar asoslagandir.
Hozirgi kunda dunyoda avtoritar tuzumdagi bir qancha davlatlar mavjud. Avtoritar tuzumda
bo’lgan davlatlar orasida alohida o’rinni ekstremistik mazmundagi «islomiy» mamlakatlar - Eron,
Sudan, Afg’oniston egallaydi. «Islom fundamentalizmi» nomi bilan ataluvchi islom ekstremizmi
xalqaro siyosiy harakati dunyo siyosatiga bu davlatlar o’z ta’sirini o’tkazish uchun imkon
bermoqda.
G’arb demokratiyasini inkor etuvchi hamda zo’ravonlikka yo’l qo’yuvchi ushbu mafkuraviy
oqim so’nggi yillarda Yaqin Sharqning ko’pgina mamlakatlari axolisi va musulmon aholisi yuqori
bo’lgan boshqa davlatlarda keng tarqalgan.
Demokratik davlatlar bilan hamkorlik qilishga intilayotgan kommunistik tuzumdagi davlatlardan
farqli o’laroq, islom siyosiy ekstremizmi dinamik va Saudiya Arabistoni, Fors ko’rfasi
mamlakatlari, Pokiston, Turkiya, Markaziy Osiyo davlatlari barqarorligiga katta xavf tug’dirmoqda.
Avtoritar davlatlarning saqlab qolinishi yoki ular sonining ortishi, extimol, ular o’rtasidagi,
shuningdek, demokratik dunyo bilan o’rtalarida harbiy to’qnashuvlarga olib kelishi mumkin.
Albatta, xalqaro munosabatlarning kelgusidagi rivojini tadqiq etishda demokratiya o’rtasidagi
munosabatlar qonuniyatlarini, demokratiyaning avtoritar tuzumlarga ta’sirini yaxshilab tahlil etish
lozim bo’ladi.
Xalqaro munosabatlarni rivojlantirishda jahon hamjamiyati
tomonidan e’tirof etilgan demokratik qadriyatlar, xalqaro huquq asosida o’ztashqi siyosatini
yuritish, munosabatlarda kuch ishlatmasdan muzokaralar yordamida muammolarni hal etish, boshqa Dostları ilə paylaş: |