1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/14
tarix07.11.2019
ölçüsü1,08 Mb.
#29546
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
ozbekistonda demokratik jamiyat 5334770958


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                                                 

1

 Каримов И.А. Хавфсизлик ва барқарор тараққи¸т йўлида. –Т.: Ўзбекистон, 1998. 135-бет. 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

8 – Mavzu. Fuqaro erkinligi va faolligini ta’minlash – demokratik 

jamiyat qurish omili. 

REJA: 

1.Fuqaro erkinligi va faolligi tushunchasi va uning inson ijtimoiy-siyosiy 

    tafakkuri tarixidagi talqinlari. 

2.Fuqaro erkinligi va faolligining asosiy mezonlari. 

3.Fuqaro erkinligi va faolligi demokratik jamiyat qurishning zaruriy 

    sharti. 

 

Fuqarolik tushunchasi jamiyatning hozirgi davr demokratik, huquqiy davlat tomon 



rivojlanishida  katta  yo’lni  bosib  o’tdi.  U  jamiyatning  demokratik  rivojlanishida 

qo’lga kiritilgan ulkan yutuqlardan biri. 

Fuqarolik tushunchasi qadimiy Yunonistonda va Rimda mavjud bo’lsa-da, asosan 

feodalizm  inqirozga  uchrab,  jamiyatdagi  siyosiy,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  hayot 

demokratiya  va  bozor  munosabatlari  zaminiga  o’ta  boshlaganda,  hozirgi  shaklida 

paydo  bo’la  boshladi  va  ilk  bor  «shaharli»  (frantsuzcha  «situayyan»,  inglizcha 

«sitezen»,  ruscha  «gorojanin-grajdanin»)  degan  ma’nolarni  anglatgan.  Mustaqillik 

e’lon  qilingandan  so’ng,  o’zbek  tilida  o’tmishdagi  «grajdanlik»  so’zi  o’rniga 

«fuqarolik» degan atama qabul qilindi

1



                                                 

1

 Мустақиллик: Изоҳли илмий-оммабоп луғат. -Т.: Шарқ, 1998. 225-б. 



Mustaqillik yillarida fuqaro erkinligi va uning faolligi masalasi demokratik jamiyat 

barpo etishning muhim shartlaridan biri sifatida qabul qilingan qoidalardan asosiysini 

tashkil etadi. 

Shu  o’rinda  erkinlik  tushunchasini  aniqlash  ham  zarurdir.  Negaki,  fuqaro  erkin 

bo’lgan taqdirdagina, jamiyat taraqqiyotga erishadi. 

Ijtimoiy-siyosiy  falsafada  individlar  erkinligi  va  ular  irodasining  erkinligi  bir-

biriga  o’xshash  tushunchalar  deb  qabul  qilinadi.  Buning  asosiy  sabablaridan  biri, 

huquqning o’zi odamlar erkinligi shakli, ya’ni ular irodasining erkinligi ekanligi bilan 

belgilanadi. Shu nuqtai nazardan «fuqaro erkinligi» tushunchasi ham politologik, ham 

huquqshunoslik fanlarining umumiy  kategoriyalari sifatida o’rganiladi. Demokratiya 

asosiy  inson  erkinligini  qonunlar  orqali  kafolatlaydi.  Demak,  demokratiyaning  o’zi 

ochiq  muhokama,  ijtimoiy  ziddiyatlarni  ifoda  etish  va  bartaraf  qilish  usuli  sifatida, 

fuqarolik  va  siyosiy  huquqlar  deklaratsiyalarida  qayd  qilingan  erkinliklarsiz  mavjud 

bo’la  olmaydi.  Bu  erda  so’z  erkinligi  va  o’z  fikrini  erkin  ifodalash  huquqi,  erkin 

uyushmalar  tuzish  huquqi,  hayot  tarzini  o’zgartirish  erkinligi  va  shaxsning 

xavfsizlikka bo’lgan huquqi to’g’risida ketmoqda.  Ushbu huquqlar demokratiyaning 

asl mohiyatini tashkil qilgani bois, ular himoya qilinishi kerak. 

Hozirgi    davr    ijtimoiy-siyosiy  fanlarida  «inson»  deganda  Erda  yashayotgan  

mavjudot  turlaridan    biri    tushuniladi.  Inson  alohida  olingan  tur  (Homo  sapiens) 

vakilini  ifodalovchi  umumiy  tushunchadir.  Inson,  umuman  zotning  yig’iq  obrazi 

sifatida  bioijtimoiy  mavjudot    bo’lib,  u  bir  vaqtning  o’zida  ham  tabiatga,  ham 

ijtimoiy hayotga mansubdir.  Individ  -  inson  zotining  alohida  olingan  nusxasi,  uning 

vakillaridan  biri.  Shaxs  esa  u  yoki  bu  inson  sifatida  namoyon  bo’lib,  u  ma’lum  va 

betakror  individuallikka  ega  bo’ladi.  Individning  jamiyatga  kirish  jarayonlari  uning 

ijtimoiylashuvini  ta’minlaydi.  Ijtimoiy  munosabatlarga    kirishish  natajasida 

individning  jamiyatdagi  qadriyatlar  va  me’yorlarni  o’zlashtirib  borishi  uchun  zamin 

yaratiladi. Bu jihatdan yondashganda, u ijtimoiy ta’sir ob’ektidir. Shuningdek, individ 

ijtimoiylashuv    oqibatida  jamiyatdagi  turli    munosabatlarda  faollashadi  va  bunda  u  

ijtimoiy  munosabatlar  sub’ekti  sifatida  harakatlanuvchi  shaxsga  sub’ektga,  kuchga 

aylanadi. 



Insonning  paydo  bo’lishi,  uning  jamiyatdagi  o’rni  va  mohiyati  doimo  ijtimoiy 

fanlarning  muhim  va  bahstalab  sohalaridan  biri  bo’lib  keldi.  Aristotelning 

ta’kidlashicha,  «inson  -  tabiatan  (mohiyatan)  ijtimoiy»

1

  ekanligini  ta’kidlash  bilan 



birga,  «umumiy  ma’noda  kimda-kim  hokimiyat  yuritish  va  bo’ysunishga  taalluqli 

bo’lsa,  o’sha  fuqarodir;  har  bir  davlat  tuzumida  fuqaroning  mohiyati  o’zgaradi. 

Davlat tuzumining eng yaxshi turida kimda-kim ma’naviy qadriyatlar talablariga mos 

hayotni  nazarda  tutgan  holda  bo’ysunish  va  hokimiyat  yuritishni  xohlasa  va  unga 

qobil bo’lsa, ana o’sha fuqarodir»

2



Insonning mohiyatini dastlabki o’rgangan olimlardan biri Xitoydagi Konfutsiy va 

uning  izdoshlari  edi.  Eramizdan  ilgari  298-238  yillarda  yashagan    Konfutsiyning 

izdoshi  bo’lgan  olim  Sen-tszi  shunday  deb  yozgan  edi:«Tug’ma  xususiyatlar  -  bu 

samoviy  munosabatlar  hosilidir.  Ularga  ta’lim  yoki  odamning  o’zini  yaratuvchilik 

ijodi  vositasida  erishib  bo’lmaydi.  Inson  yovuz  tabiatga  ega.  Insondagi  ezgulik 

manfaatlar  uchun  orttirilgan  fazilatdir.  Hozirgi  inson  tug’ilishidan  boshlab  foyda 

olishga  intiladi.  Bu  shunga  olib  keladiki,  kishilar  o’zaro  raqobatlashadilar  va  bir-

birlariga  yon  bermaydilar.  Shuning  uchun  ham  tarbiya  yo’li  bilan  inson  tabiatini 

o’zgartirish,  yaratilgan  qoidalar  asosida  ta’lim  berib,  ularni  adolatlilikka  va 

mas’uliyatlikka  o’rgatish  lozim»

1

.  Ko’rinib  turibdiki,  insonni  jamiyatga  uyushishi 



yoki uning jamiyat a’zosiga aylanishi va faollashuvi uchun u ma’lum darajada tashqi 

ta’sirga va hayotdagi ijtimoiylashuvga ehtiyoj sezadi. 

  Insonning    muhim    xususiyatlaridan    biri  -  uning  ijtimoiy  mavjudot  ekanligidir. 

Inson    o’zining  ehtiyojlarini  qondirish  maqsadlarida  o’zi  kabi  insonlar  bilan 

birlashishga  intiladi.  Insonning  ijtimoiylashuvi  sun’iy  xarakter  kasb  etib,  u  shaxs 

sifatida  boshqa  insonlar    o’rtasidagi  muhitdagina  shakllana    oladi.  Agar  u  insoniy 

munosabatlardan  holi    bo’lsa,    o’zidagi  yovuzlik  yoki  hayvoniy  tabiatidan  xalos  

bo’la  olmaydi.  Insondagi  jamiyatga  uyushishga  intilishning  tabiiy  tarzda  kechishini 

Abu Nasr  Forobiy  quyidagicha  ifodalaydi:«Har bir inson o’z  tabiati bilan  shunday  

tuzilganki,  u  yashash  va  oliy  darajadagi  etuklikka   erishmoq uchun  ko’p narsalarga 

                                                 

1

 Аристотель. Соч. в 4-х т. -М.: Мысль,1984,с.63. 



2

 Ўша жойда, 471-бет. 

1

 Антология мировой философии. В 4-х т. М.: 1969. Т.1. стр.230-231.  



muhtoj    bo’ladi.  U  bir  o’zi  bunday  narsalarni  qo’lga  kirita    olmaydi,  ularga  ega 

bo’lish  uchun  insonlar  jamoasiga    ehtiyoj    tug’iladi…  Shu  sababli  yashash    uchun  

zarur  bo’lgan,  kishilarni  bir-birlariga  etkazib beruvchi  va o’zaro  yordamlashuvi  

orqaligina  odam  o’z tabiati  bo’yicha  intilgan etuklikka  erishuvi  mumkin. Bunday  

jamoa a’zolarining  faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va etuklikka 

erishuv uchun zarur bo’lgan narsalarni etkazib  beradi. Shuning uchun inson shaxslari  

ko’paydilar  va  erning  aholi    yashaydigan    qismiga  o’rnashdilar,  natijada  inson  

jamoasi  vujudga  keldi»

2



An’anaviy  jamiyatlarda  insonning  yaratuvchilik  ijodiy  qobiliyati  ancha  



chegaralandi.  Chunki  an’anaviy  jamiyatlarda  mehnatning  tabiiy  taqsimoti  va 

ixtisoslashuvi  adolat  printsiplariga  asoslanmadi.  Shuningdek,  bu  jamiyatlarda 

shaxslararo  munosabatlarning  o’ta  tabaqalashuvi,  o’zaro  harakatlar  va 

munosabatlarni norasmiy muvofiqlashtirilishi, jamiyat a’zolarining bir-biriga tobelik, 

urug’chilik  va  qon-qarindoshlik  munosabatlari  bilan  bog’liqligi  natijasida  shaxs 

erkinligi  ham  ta’minlanmadi.  Boshqaruvdagi    primitiv  tizimlar  imtiyozsiz  jamiyat 

a’zolarining  faolligini  pasaytirib,  bu  holat  shaxsning  ijodiy  faoliyat  ko’rsatish  va  

fikrlash  qobiliyatini  rivojlantirishga  imkon  bermas,  natijada  o’zaro  munosabatlar  

biqiq  tarzda ro’y berar edi.   

  Zamonaviy    jamiyatning  paydo    bo’lishi  bilan  insonning  ijtimoiy  va  siyosiy  

munosabatlardagi  o’rni yuksalib  bordi. Bu jamiyatlarda  o’zaro  munosabatlarning  

bir-biriga  ta’sir    etish  darajasi  va    mehnat    taqsimotining    chuqurlashuvi  ro’y  berdi. 

Bu  jarayonlarning  sekinlik  bilan    yuksak    ta’lim  va  tajribaga,    shuningdek,    yuqori  

kasbiy    malakaga  asoslanishi,  ijtimoiy  munosabatlarning  qonunlar,  me’yorlar, 

shartnomalar    asosida  muvofiqlashtirishning  rasmiy  tizimini  yaratilishi  zamonaviy 

jamiyatlarni  xalqchil  bo’lishiga  zamin  yaratdi.    Dinni  davlat  va    boshqaruvdan 

ajratilishi, ijtimoiy institutlarning ko’payishi va rivojlanishi  kabi  omillar  natijasida 

insonlararo  munosabatlar yuksalib, siyosiy institutlarni nazorat etish, inson huquq va 

erkinliklarini  himoya    etish,  jamiyatda tenglik o’rnatish imkoniyatlari paydo bo’ldi. 

                                                 

2

 Абу Наср Форобий.  Фозил  одамлар шаіри. Т.:А.Кодирий номидаги «Мерос» нашриёти, 1993, 186-бет.  



XX  asrga  kelib  eng  takomillashgan  va  zamonaviy  kishilik  birliklarini  fuqarolik  

jamiyati, deb   atash rusumga kirdi.    

        

Fuqaro  huquqlarini  ta’minlashda  insonning  tabiiy  huquqlarini  e’tiborga 

olish  muhim  ahamiyatga  egadir.  Qadimgi  antik  faylasuflar  talqinicha,  tabiiy  huquq 

tabiatiga bog’liq holda insonlar  tug’ilishlaridanoq bir xildirlar. Ijtimoiy shartnomalar 

asosida qonun va davlat paydo bo’ldi. Aristotelning fikricha, insonni tug’ilishidayoq 

paydo  bo’lgan  xususiy  mulkka  bo’lgan  tabiiy  huquqi  insonning  tabiati  va  uning 

dastlabki  o’zini  o’zi  sevishiga  asoslanadi.  Qolaversa,  ana  shu  tabiiy  huquqni 

ta’minlashga intilish, xususiy  mulk  jozibasi, uni saqlash va ko’paytirish manfaatlari 

insonni jamiyatda tezlik bilan ijtimoiylashuviga va faollashuviga olib keladi. 

  Tor  ma’noda  inson  huquqlari  tushunchasiga  faqat  davlat  himoya  qiladigan  va 

kafolat beradigan huquqlar kirib, xozirgi davrda ularni konstitutsion-huquqiy asoslar 

yoki  va  davlat  chegaralari  bilan  cheklab  qo’yish  oson  vazifa  emas.  Bu  huquqlarga 

barcha  fuqarolarning  qonun  oldida  tengligi,  yashash  va  jismoniy  daxlsizlik  huquqi, 

inson  qadr-qimmatini  hurmat  qilish,  o’zboshimchalik  va  noqonuniy  ushlash  yoki 

qamash, vijdon va din erkinligi, ota-onalarning o’z bolalarini tarbiya qilish huquklari, 

zulmkorlarga  qarshilik  qilish  huquqi  va  boshqalar  kiradi.  Keng  ma’nodagi  inson 

huquqlari  esa  o’zida  shaxs  erkinligi  va  huquqlarining  keng  majmuasi  va  turlarini 

ifodalaydi.  

  Barcha  inson  huquqlarini  negativ  va  pozitiv  yo’nalishlarga  bo’lishga  doir 

tasniflash keng tarqalgan. Mazkur huquqlarni bu kabi bo’linishi erkinlikni negativ va 

pozitiv  jihatlarini  ifodalashga  asoslanadi.  Ma’lumki,  erkinlikning  negativ  ahamiyati 

nuqtai  nazariga  binoan  shaxsga  nisbatan  majburlash  va  cheklashlarning  yo’qligi 

tushuniladi.  Pozitiv  nuqtai  nazardan  esa  tanlash  erkinligi,  asosan,  insonning  o’z 

maqsadlariga  erishish  qobiliyati,  uning  individual  rivojlanishi  va  umuman,  uning 

qobiliyatlarini paydo bo’lishi tushuniladi. Erkinliklarning mazkur bo’linishidan kelib 

chiqib, negativ huquqlar deganda, davlat va boshqa insonlarning  individga nisbatan u 

yoki  bu  harakatlardan  o’zini  tiyib  turishi  tushuniladi.  Bu  huquqlar  shaxsni  noxush 

ta’sirlardan, uning erkinligini buzishi mumkin bo’lgan aralashish yoki cheklashlardan 

himoya  qiladi.  Bu  huquqlar  asos  bo’luvchi,  muhim  va  mutlaq  huquqlar  sirasiga 


kiradi.  Mazkur  huquqlarni  ta’minlash  davlat  resurslari  yoki  mamlakatning  ijtimoiy-

iqtisodiy  rivojlanish  darajalariga  bog’liq  emas.  Negativ  huquqlar  esa  shaxs 

erkinligining asosidir. 

  Negativ  huquqlardan  farqli  o’laroq,  pozitiv  huquqlar  fuqaroga  uni  u  yoki  bu 

ne’matlar  bilan  ta’minlash,  uning  ma’lum  harakatlarini  amalga  oshirishi  uchun 

davlat,  shaxslar  va  tashkilotlar    majburiyatlarini  ifodalaydi.  Bu  -  masalan,  ijtimoiy 

yordam  olish,  ta’lim  olish,  sog’liqni  saqlashni  himoya  qilish,  munosib  yashash 

darajasini ta’minlanishi huquqlari kabilardir. 

Insonning      fuqarolik      (shaxsiy),      siyosiy,    iqtisodiy,  ijtimoiy  va  madaniy 

huquqlari amalga oshish yo’nalishlaridan kelib chiqib, negativ  va  pozitiv   huquqlar  

sohalariga bo’linadilar.  Ularning  ichida   fuqarolik huquqlari insonning tabiiy, asos 

bo’luvchi va ajralmas negativ huquqlari doirasiga kiradi.  

Mustaqillik  davrida  O’zbekiston  jamiyatida  inson  huquqlarini  himoya  qilish  va 

ularni  ta’minlashning  huquqiy  asoslari  rivojlangan  mamlakatlar  tajribasi  va  milliy 

qadriyatlar  talablari  darajasida  shakllandi.  Shuningdek,  Konstitutsiya  va  qonunlar 

inson huquklari va erkinliklarini ta’minlashning fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat 

talablari  darajasidagi  mezonlari  va  me’yorlarini  yarata  oldi.  Konstitutsiyaning  24-

moddasidagi  «Yashash  huquqi  har  bir  insonning  uzviy  huquqidir.  Inson  hayotiga 

suiqasd  qilish  eng  og’ir  jinoyatdir»,  25-moddasidagi  «Har  kim  erkinlik  va  shaxsiy 

daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki 

qamoqda  saqlanishi  mumkin  emas»,  27-moddasidagi  «Har  kim  o’z  sha’ni  va 

obro’siga  qilingan  tajovuzlardan,  shaxsiy  hayotiga  aralashishdan  himoyalanish  va 

turar  joyi  daxlsizligi  huquqiga  ega.  Hech  kim  qonun  nazarda  tutgan  hollardan  va 

tartibdan  tashqari  birovning  turar  joyiga  kirishi,  tintuv  o’tkazishi  yoki  uni  ko’zdan 

kechirishi,  yozishmalar  va  telefonda  so’zlashuvlar  sirini  oshkor  qilishi  mumkin 

emas», 29-moddasidagi “Har kim fikrlash, so’z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega...”, 

32-moddasidagi “O’zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini 

boshqarishda  bevosita  hamda  o’z  vakillari  orqali  ishtirok  etish  huquqiga  egadirlar. 

Bunday  ishtirok  etish  o’z-o’zini  boshqarish,  referendumlar  o’tkazish  va  davlat 

organlarini  demokratik  tarzda  tashkil  etish  yo’li  bilan  amalga  oshiriladi”,  36-



moddasidagi «Har bir shaxs mulkdor bo’lishga haqli. Bankka qo’yilgan omonatlar sir 

tutilishi  va  meros  huquqi  qonun  bilan  kafolatlanadi»,  43-moddasidagi  “Davlat 

fuqarolarning  Konstitutsiya  va  qonunlarda  mustahkamlangan  huquqlari  va 

erkinliklarini  ta’minlaydi”

1

  kabi  fuqarolik  jamiyati  qurishning  demokratik 



qadriyatlari  va  tamoyillari  shakllanishini  ta’minlaydigan  qonun  va  qoidalarning 

kiritilishi  O’zbekistonda  demokratik  jamiyat  barpo  etishning  kelajak  istikbollarini 

belgilab berdi. 

  Fuqaro erkinligini ta’minlash uning burchlari bilan mustahkam bog’langandagina, 

real  voqelikka  aylanishi  mumkin.  Rivojlangan  mamlakatlarda  fuqaro  burchlariga 

qonunlarga  amal  qilish,  boshqa  shaxslar  huquq  va  erkinliklarini  hurmat  qilish, 

soliqlarni to’lash, harbiy majburiyat, tabiat, atrof-muxit, tarixiy yodgorliklarni  asrash 

kabilar  kiradi.  Ba’zi  mamlakatlarda  esa  davlat  hokimiyati  organlariga  saylovlarda 

ovoz berish ham muhim fuqarolik burchlaridan biri hisoblanadi. Demokratik jamiyat 

qurish  tajribalari  ko’rsatdiki,  qaysi  bir  jamiyatda  mansabi,  irqi,  jinsi  va  boshqa 

ijtimoiy darajasi qanday bo’lishidan qat’iy nazar, fuqarolar konstitutsiya va qonunlar 

bilan  mustahkamlab  qo’yilgan  o’z  burchlarini  amalda  bajarganlaridagina,  o’zlari 

uchun tegishli bo’lgan erkinliklari va huquqlaridan foydalana olishlari mumkin. Aks 

holda, bu demokratik qadriyatlar qo’pol ravishda buzilib kelgan. Shuning uchun ham 

O’zbekiston  Konstitutsiyasining  IX  bobidagi  6  ta  modda  maxsus  ravishda 

fuqarolarning  burchlarini  mustahkamlab  qo’ygan.  Xususan,  Konstitutsiyaning  48-

moddasi  quyidagicha  ifodalanadi:  «Fuqarolar  Konstitutsiya  va  qonunlarga  rioya 

etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat 

qilishga majburdirlar». 

Demokratik    jamiyat    barpo    etishda fuqarolarning  ijtimoiy  jarayonlarda faol    

ishtirok        etishi        eng        muhim  omillardan  biridir.  Bu  haqda  mamlakat  Prezidenti 

I.A.Karimov  quyidagi  fikrni  bildiradi:  “Hokimiyat  tuzilmalarining  demokratik 

mazmuni  ko’p  jihatdan  davlatni  boshqarishda  fuqarolarning  ishtirok  etish  masalasi 

qanchalik hal qilinganligi bilan belgilanishi ma’lum. O’zbekistonda ushbu huquqning 

amal qilishi uchun qonun asoslari yaratilgan. Biroq hali jamiyat va fuqarolar davlatni 

                                                 

1

 Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. –Т.: Ўзбекистон, 2000, 10-14-бетлар. 



boshqarishda  ishtirok  etish,  o’zlari  qanday  boshqarilayotganligi  haqida  ma’lumot 

olish  huquqini  anglay  boshlashiga  va  bu  huquqdan  foydalana  oladigan  bo’lishlariga 

erishish kerak. Shunday sharoitdagina davlat va uning institutlari, mansabdor shaxslar 

jamiyat  va  fuqaro  oldidagi  o’z  mas’uliyatlarini  his  qiladilar.  Buning  uchun 

fuqarolarning siyosiy faolligini oshirish zarur. Barqaror, mustahkam tizimlarda, agar 

fuqarolarning  siyosiy  manfaatlarini  ro’yobga  chiqarish  uchun  hamma  huquqiy, 

demokratik  shart-sharoitlar  yaratilgan  bo’lsa,  aholining  o’zi  ixtiyoriy  ravishda, 

professional asosda mamlakatning siyosiy hayotida tobora keng ishtirok etadi”. 

  Mustaqillik  davrida  yoshchlarning  ijtimoiy  faolligini  oshirishga  ham  muhim 

e’tibor  berildi.  Mamlakatda  O’zbekiston  yoshlarining  «Kamolot»  ijtimoiy  harakati 

jamiyatning  barcha  yo’nalishlarida  keng  faoliyat  olib  bormoqda.  Harakat 

faoliyatining  asosiy  maqsadi  -  yoshlarni  birlashtirish,  sog’lom  turmush  talablari 

asosida  tarbiyalash,  ularning  manfaatlarini  himoya  qilish,  yosh  yigit-qizlarning  o’z 

aql-zakovati,  kuch-g’ayratini  to’la  namoyon  etishi,  jamiyatda  munosib  o’rin 

egallashlari uchun shart-sharoit yaratib berishdan iborat, deb belgilangan. Harakatga 

Vatan taraqqiyoti, yurt tinchligi, xalq farovonligi yo’lida mehnat qilish va kurashishni 

o’zi  uchun  hayotiy  e’tiqod  deb  biladigan,  o’qishda,  mehnatda,  harbiy  xizmatda, 

jamoatchilik  ishlarida  boshqalarga  o’rnak  bo’ladigan  o’n  to’rt  yoshdan  yigirma 

sakkiz  yoshgacha  bo’lgan  O’zbekiston  yoshlari  a’zo  bo’lishi  mumkin.  Harakatning 

viloyat,  shahar  va  tuman  bo’limlari,  maktablar,  litsey  hamda  kollejlar,  oliy  o’quv 

yurtlari,  mehnat  jamoalari,  harbiy  qismlarda  bo’lim  va  boshlang’ich  tashkilotlari 

faoliyat olib boradi. Mamlakatda 14 yoshdan 28 yoshgacha bo’lgan yoshlarning soni 

7  milliondan  ortiqroqni  tashkil  etadi.  Hozirgi  davrda  harakatning  boshlang’ich 

tashkilotlari  soni  20  mingdan  ortiqroqni  tashkil  etib,  ular  4  milliondan  ortiqroq 

yoshlarni  birlashtiradi.  Shuningdek,  harakat  tarkibida  uning  homiyligi  asosida 

ishlaydigan  7  yoshdan  14  yoshgacha  bo’lgan  o’quvchilarni  birlashtirgan  Bolalar 

tashkiloti  o’z  faoliyatini  tarbiyaning  o’ziga  xos  yondashuv  va  usullaridan 

foydalangan  holda,  bolalar  dunyoqarashiga  vatanparvarlik,  ijtimoiy  tadbirlarda  faol 

ishtirok  etish,  o’zini  o’zi  boshqarishni  o’rganishni  singdirish  kabi  yo’nalishlarga 

qaratgan.    



Ijtimoiy-siyosiy  faollikni  oshirishda  saylovlar  muhim  o’rin  tutadi.  Unda  avvalo, 

saylovchilarning  ixtiyoriy  bergan  ovozlariga  binoan  siyosiy  institutlar  legiòèmligi 

oshadi.  Qolaversa,  saylovlarda  jamiyatdagi  turli  xil  guruhlarning  tinch 

raqobatdoshligi kutilganligi sababli ham saylash jarayonlari siyosiy ziddiyatlarni hal 

etishga  olib  keladi.  Shuningdek,  saylovlar  aholi  siyosiy  manfaatlarini    ifoda  etuvchi 

siyosiy  partiyalar,  boshqa  siyosiy  tashkilotlarning  faol  harakatlari  tufayli  turli 

ekstremistik  harakatlarni  cheklab  turadi.  Shu  bilan  birga  saylovlar  fuqarolaðning 

ijtimoiy-siyosiy  ijtimoiylashuviga  ko’maklashadi.  Saylovlardagi  turli  kampaniyalar, 

ularni  ommaviy  axborot  vositalarida  yoritish  kabi  tadbirlar  saylovchilar  siyosiy  va 

huquqiy  madaniyatlarini  yuksaltiradi.  Shuningdek,  saylovlar  fuqarolarning  siyosiy 

jarayonlarda faol ishtirok etishiga qulay imkoniyatlar yaratadi. 

Mamlakatda o’tkazilgan saylovlarni tahlil etish ko’rsatdiki, fuqarolarning ijtimoiy-

siyosiy faolligi yildan-yilga o’sib bormoqda. Mamlakat fuqarolari hozir mamlakatda 

amalga  oshirilayotgan  siyosiy  jarayonlar  va  islohotlarga  nisbatan  befarq  emaslar. 

Ayniqsa,  fuqarolarning  o’z  manfaatlarini  ijtimoiy  faollik  va  guruhiy  nodavlat 

tashkilotlar vositasida ifoda etish, ularni qondirishga intilishlari rivojlanib bormoqda. 

Lekin,  shu  bilan  birga,  fuqarolarning  qarorlar  qabul  qilishdagi  faolligini  oshirish 

uchun    ular  dunyoqarashida  demokratik  tamoyillar  asosidagi  siyosiy  va  huquqiy 

ongni singdirish ehtiyojlari sezilmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri, iqtisodiy va 

siyosiy hayotni erkinlashtirishdir. 

  O’z-o’zidan ravshanki, siyosiy tuzum to’la-to’kis amal qilishini va uning yanada 

erkinlashuvini ta’minlash uchun uni tashkil etuvchi hamma tuzilmalar, ya’ni mavjud 

sub’ektlar  -  shaxs,  siyosiy  institutlar,  aholining  ijtimoiy  guruhlari  hamda  qatlamlari 

va xokazolar to’laqonli faoliyat ko’rsatishiga erishish zarur”. 

Xulosa  qilib  aytganda,  insoniyat  borliqni  va  ijtimoiy  hayotda  erkinlikni 

ifodalashning huquqdan tashqari boshqa biron-bir shaklini hozirgacha kashf etmagan. 

Bu  mantiqan  ham,  amalda  ham  mumkin  emas.  Odamlar  o’z  tengligi  darajasida 

erkindirlar va erkinligi darajasida tengdirlar. 

 


Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin