1-mavzu: O‘zbekistonda arxiv ishi tarixi fanining maqsad hamda vazifalari



Yüklə 147 Kb.
səhifə1/8
tarix17.10.2023
ölçüsü147 Kb.
#156527
  1   2   3   4   5   6   7   8
1- mavzu kirish

1-MAVZU: O‘ZBEKISTONDA ARXIV ISHI TARIXI FANINING MAQSAD HAMDA VAZIFALARI


Reja
1. Arxiv atamasi. Arxiv hujjatitushunchasi.
2. Fanningob’ekti, pretmeti, maqsadvavazifalari.
3. Fanningboshqafanlarbilanaloqadorligi.

  • TAYANCH SO‘ZLAR VA IBORALAR

Arxiv atamasi, tarixiy xotira, arxeologiya, etnografiya, toponimika, arxivshunoslik, hujjatshunoslik, tarixiy xronologiya, tarixiy metralogiya, manbashunoslik, davlat muassasalari tarixi, paleografiya, sfragistika, geraldik, matnli, qo‘lyozma va mashinada o‘qiladigan hujjatlar, ovozli yozuvlar, vidioyozuvlar, kinolentalar, fotosuratlar, fotografiya plyonkalari, chizmalar, sxemalar, xaritalar.
1. Arxiv atamasi. Arxiv hujjati tushunchasi.
Mustaqillikka erishganimizning dastlabki kunlaridanoq davlatimiz rahbarining tashabbusi va bevosita rahnamoligida mamlakatimizning ilmiy-tarixiy va o‘tmishini xolis yoritishga asoslangan manbalarni tadqiq etish borasida tizimli ishlar belgilab berildi. Istiqlol yillarida jamiyat hayotining barcha sohalari singari, tarix fani sohasiga ham tub o‘zgarishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Prezitenti Islom Karimov tariximizni haqqoniy va ishonchli manbalar asosida o‘rganish haqida to‘xtalib shunday degan edi: “Tarixiy xotira tuyg‘usi to‘laqonli ravishda tiklangan, xalq bosib o‘tgan yo‘l o‘zining barcha muvaffaqiyat va zafarlari, yo‘qotish va qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o‘rganilgan taqdirdagina chinakkam tarix bo‘ladi”1.
Xolislik qoidasi tarixiy voqea, hodisalarni o‘rganayotganda ular bilan bog‘liq bo‘lgan barcha faktlarning hech bir istisnosiz butun majmui bilan birga olib tekshirishni, aniq, haqqoniy dalillarga asoslanishini talab qiladi. Tarixiy hodisalarni bir butun holda o‘rganishda va haqqoniy yoritishda arxiv hujjatlarining o‘rni beqiyosdir. SHu maqsadda bugungi kunda arxiv hujjatlaridan ilmiy maqsadda foydalanishga keng yo‘l ochib berilgan.
Arxiv atamasi – lotincha “arxivium” so‘zidan olingan bo‘lib, hukumat binosi degan ma’noni anglatadi. Lekin arxiv atamasining hozirgi qo‘llanishi ma’nosi butunlay boshqacha. CHunonchi, arxiv – bu idoralar, korxona va tashkilotlar, shuningdek tarixiy shaxslar faoliyatiga oid hujjatlar saqlanadigan joy.
O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi sohasida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar va arxivshunos mutaxassis kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish talablaridan kelib chiqqan holda arxiv atamasi mohiyati, arxiv ishini rivojlanish bosqichlari, O‘zbekistonning asosiy arxivlari faoliyatini yoritish masalalarni mohiyati va ahamiyatini ochib berishda Oksforduniversiteti(University of Oksford )Medisondagi Viskonsinsk universiteti (University of Wisconsin–Madison) va Pittsburgsk universitet (University of Pittsburgh)larining zamonaviy ilmiy-metodologik yondoshuvlaridan hamda Craig Robertson muallifligidagi Media History and the Archive (New York.Routledge.2011) asaridan foydalanildi.
Craig Robertson muallifligidagi Media History and the Archive (New YorkRoutledge.2011) asarining birinchi paragrafi Arxiv haqidagi fikrlar va uning tarixini yoritish (Introduction: Thinking about Archives, Writing about History.) deb nomlanadi.
Muallif asarda arxiv tushunchasiga quyidagicha ta’rif beradi: “Arxiv” tushunchasi yaqin yillar ichida arxivshunos bo‘lmagan insonlarning ham ilmiy tahlillari uchun doimiy mavzuga aylandi. Albatta buning hayron qoladigan eri yo‘q, chunki olimlar o‘z izlanishlarida arxivga doimiy manba, fan sifatida (qarashlari) qaray boshlashadi (Stoler. 2009. 44-bet.). Ba’zi muxarrirlar hatto butun bir bo‘limni shu mavzuga bag‘ishlab yozishgan . Masalan, arxivshunos olim Hemilton arxiv haqida quyidagi fikrni bildirgan “Bugungi kunda olimlar katta e’tibor berib qaraydigan bu jarayon shunday yuzaga keladi: har qanday ilava yoki ma’lumot oldin yoziladi, keyinchalik ishlab chiqiladi va shu ikkala jarayon arxivga kiritiladi. Natijada bular arxiv ma’lumotlarining bir qismiga aylanadi”2.
Boshqa bir arxivshunos olim o‘zining tadqiqotida arxiv tushunchasiga tanqidiy yondashib, quyidagicha fikrlarni keltiradi: “Arxiv shunday joyki undan foydalanuvchi har qanday kishi o‘zi uchun kerakli ma’lumotlarni qiyinchiliksiz topishi, shu ma’lumotlarning aniqligi, tarixi va foydalanuvchilarga tasirini kafolatlaydigan holatda bo‘lishi kerak. (Burton. 2005. 6. bet).
Graig Roberson yana bir arxivshunos olimning arxiv tushunchasiga bergan ta’rifini keltiradi. Uning fikricha arxiv “haqiqiy” hujjatlar “uyi” deb fikr bildirladi. (Tagg. 2009. 209-233-betlar).
YUqorida ta’kidlab o‘tilganidek arxivda xolisona, haqiqiy va albatta aniq ma’lumot hamda hujjatlar kiritilishi, saqlanishi lozim. Haqiqatdan sodir bo‘lgan voqealarni qanday va qaysi holatlarda yuzaga kelishini bilib olishimiz uchun nima qilishimiz kerak. Bu haqda CharlinStidmanshunday deydi:

  • berilgan ma’lumotlar iqtibos (snoska) lar bilan bo‘lishi

  • bayon etilgan voqe’a hodisalar muallif bevosita ishtirok etishi

  • ma’lumotlar telefon orqali, og‘zaki yoki tashlab ketilgan har qanday xatlar orqali emas aynan arxiv xodimi tomonidan foydalanuvchining o‘zigagina taqdim etilgan bo‘lsa3.

O‘zbekiston Respublikasining 2010 yil 15 iyunda qabul qilingan “Arxiv ishi to‘g‘risida” gi Qonunning 3 – moddasida arxiv atamasiga quyidagicha izoh beriladi: arxiv – arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi muassasa.


Vatanimiz tarixini o‘rganishda arxeologiya, etnografiya, toponimika va moddiy – madaniyat yodgarliklari bilan bir qatorda arxivshunoslik ya’ni arxiv hujjatlaridan foydalanishning ahamiyati benihoya kattadir. Arxiv hujjatlarini qidirib topish, ular ustida ishlash va olingan ma’lumotlarni hayotga tadbiq qilish bu – juda murakkab ishdir. Arxivda tashkilotlar, muassasalar, korxonalar va ayrim shaxslarning ko‘p yillik faoliyatlari haqidagi ma’lumotlar, hujjatlar saqlanadi.
Arxiv hujjati tushunchasi. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli ekspertiza asosida arxiv ahamiyatiga molik deb topilgan matnli, qo‘lyozma va mashinada o‘qiladigan hujjatlar, ovozli yozuvlar, vidioyozuvlar, kinolentalar, fotosuratlar, fotografiya plyonkalari, chizmalar, sxemalar, xaritalar, shuningdek boshqa moddiy ashyolardagi yozuvlar - arxiv hujjatlari deyiladi.
Mustaqillik yillarida qabul qilingan bir qator huquqiy – me’yoriy hujjatlarda arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan faydalanish tizimi xususida keltirilib o‘tiladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2010 yil 15 iyunda qabul qilingan “Arxiv ishi to‘g‘risida” gi Qonunning 5 – bobi, 20-26 moddalarida va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 apreldagi 101- son qarori bilan tasdiqlangan “Arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida” gi nizomda o‘z ifodasini topgan.
Arxiv hujjatlarini jamlash, qonunda ko‘rsatib o‘tilganidek, avvalo, arxivlar, idoraviy arxivlar va jismoniy shaxslarning shaxsiy arxiv hujjatlarini arxiv hujjatlari bilan to‘ldirishni o‘z ichiga oladi.
Davlat arxivlari davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarning faoliyati natijasida yaratilgan arxiv hujjatlari, shuningdek ular tomonidan olingan yoki ularga nodavlat korxonalar, muassasalar va tashkilotlar hamda jismoniy shaxslar topshirgan arxiv hujjatlari bilan jamlanadi.

Yüklə 147 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin