1-mavzu; Nomanfiy butun sonlar ustida arifmеtik amallarni o‘rgatish mеtodikasining umumiy masalalari. O`nlik konsentrida arifmetik amallarni oʻrgatish mеtodikasi. Reja



Yüklə 20,96 Kb.
səhifə4/4
tarix25.12.2023
ölçüsü20,96 Kb.
#194131
1   2   3   4
1-mavzu; Nomanfiy butun sonlar ustida arifmеtik amallarni o‘rgat-fayllar.org

Qo‘shishning o‘rin almashtirish xossasini o‘qitish. Qo‘shiluvchilarning o‘rnini almashtirish usullari bolalar tushunib olishlari uchun dastlab ularga qo‘shishining o‘rin almashtirish xossasi mohiyati ochib berish maqsadga muvofiqdir.
Qo‘shishning o‘rin almashtirish xossasi bilan bolalarni quyidagicha tanishtirish mumkin.
O‘quvchilarga masalan, 4 ta yashil va 3 ta qizil uchburchak olish buyuriladi.
O‘qituvchi 3 ta uchburchakni 4 ta uchburchakka qo‘shib qo‘ying. Uchburchaklar nechta bo‘ladiq Buni qanday bildingiz?
O‘quvchi: 4 ga 3 qo‘shilsa 7 hosil bo‘ladi (yozadi:4+3=7)
O‘qituvchi endi uchburchakning rangiga qarab ajrating va 4 ta uchburchakni 3 ta uchburchakka qo‘shib qo‘ying. Uchburchaklar nechta bo‘ladi.
O‘quvchi: bu gal ham 7 ta (yozadi 4+3=7).
O‘qituvchi: bu misollarni sonlarni qo‘shishdagi parametr nomlari bilan aytib bering. O‘quvchi: birinchi qo‘shiluvchi 4, ikkinchi qo‘shiluvchi 3, yig‘indi 7. Birinchi qo‘shiluvchi 3, ikkinchi qo‘shiluvchi 4 yig‘indi 7.
O‘qituvchi: bu misollar nimasi bilan o‘xshash?
O‘quvchi: qo‘shiluvchilar bir xil, yig‘indi bir xil.
O‘qituvchi: bu misollar nimasi bilan farq qiladiq
O‘quvchi: qo‘shiluvchilarni o‘rni almashdi.
So‘ngra qo‘shiluvchilarning o‘rin almashtirish usulining mohiyatni ochib beradi, ya’ni hisoblashlarda qachon o‘rin almashtirish xossasidan foydalanish ko‘rsatiladi. Ana shu maqsadda amaliy Harakterdagi masalalar yechiladi. Masalan, har xil joyda turgan 2 qop va 7 qop unni bir joyga joylashtirish kerak. Uni qanday bajargan ma’qul. 2 qopni 7 qop oldiga keltirib qo‘yishi yoki aksinchami? Bolalar turmushda ko‘rganlaridan foydalanib masalani yechadilar. So‘ngra 1+3, 3+1, 2+4, 4+2 ko‘rinishdagi misollardan bir juftini tushuntiradi. Qolganlarini o‘quvchilar mustaqil yechadilar, hisoblash usullarini taqqoslaydilar.
Sonlarni qanday qilib tezda hisoblash mumkinligini aniqlaydilar. Bunday mashqlar asosida o‘quvchilar quyidagi xulosaga keladilar: katta songa kichik sonni qo‘shish, kichik songa katta sonni qo‘shishga qaraganda oson, qo‘shish paytida esa qo‘shiluvchilarning o‘rinlarini doimo almashtirish mumkin, bunday yig‘indi o‘zgarmaydi.
To‘rtinchi darsda “5, 6, 7, 8, 9 ni ayirish” hollari uchun natijani topishda qo‘shish va ayirishning bog‘lanishiga asoslangan ayirish usullari o‘rganiladi. Masalan, 10-8 misolini yechish uchun 10 sonini 8 va 2 sonlarining yig‘indisi bilan almashtirish va undan qo‘shiluvchilardan biri bo‘lgan 8 ni ayirish kerak, ikkinchi qo‘shiluvchi 2 ni hosil qilamiz. Bu usuldan foydalanish uchun sonlarning qo‘shiluvchilardan iborat tarkibini, shuningdek yig‘indi va qo‘shiluvchilar o‘zaro qanday bog‘langanligini bilish kerak.
Qo‘shish komponentlari va amal natijasi orasidagi bog‘lanishni egallashda tayyorgarlik bosqichi qo‘shish va ayirish ustida ishning boshidan boshlanadi. Shu maqsadda maxsus mashqlar ko‘zda tutiladi, berilgan rasm (1ta katta va 2 ta kichik koptok) bo‘yicha qo‘shish va ayirishga doir misollar tuzish yoki bir rasmning o‘zi bo‘yicha qo‘shishga doir masala va ayirishga doir masala tuzish; 4+3 va 7-3 ko‘rinishdagi misollar juftini yechish va taqqoslash. Qo‘shish amali komponentlari va amal natijalari orasidagi bog‘lanish bilan tanishishga maxsus dars ajratiladi. Yangi material ustida ishni quyidagicha olib borish mumkin.
O‘qituvchi partaga 5 ta qizil va 4 ta ko‘k, doiracha qo‘ying, hammasi bo‘lib nechta doiracha qo‘ydingiz?
O‘quvchi: 5 ga 4 ni qo‘shish kerak, 9 hosil bo‘ladi (yozadi).
O‘qituvchi: sonlarni bunday qo‘shishdagi nomlarini aytib, misolni o‘qing.
O‘quvchi: birinchi qo‘shiluvchi 5, ikkinchi qo‘shiluvchi 4, yig‘indi 9.
O‘qituvchi: 4 ta ko‘k doirachani chetga surib qo‘ying. Nechta doiracha qoldiq Buni qanday bildingiz?
O‘quvchi: 9 dan 4 ni ayiramiz, 5 hosil bo‘ladi (yozadi).
O‘qituvchi: shu misolni sonlar birinchi misolda qanday atalgan bo‘lsa shunday o‘qing.
O‘quvchi: yig‘indi 9 dan qo‘shiluvchi 4 ni ayirdik, birinchi qo‘shiluvchi 5 ni hosil qildik.
9-5=4 hol ham shunga o‘xshash qarab chiqiladi.
Shunday misollardan yetarlicha yechdirish kerak, natijada bolalar o‘z kuzatishlari asosida quyidagi xulosani chiqaradilar: agar yig‘indidan birinchi qo‘shiluvchini ayirsak ikkinchi qo‘shiluvchi hosil bo‘ladi; agar yig‘indidan ikkinchi qo‘shiluvchi ayrilsa, birinchi qo‘shiluvchi hosil bo‘ladi.
Yig‘indi va qo‘shiluvchilarga doir bilimlarni mustahkamlash uchun o‘quvchilar quyidagi mashqlarni bajaradilar; qo‘shishga doir berilgan misol bo‘yicha, ayirishga doir 2 ta misol tuziladi va ular yechiladi ( 2+4=6, 6-4=
6-2= ) berilgan 3 ta son yordamida 4 ta misol (4+5, 5+4, 9-5) tuziladi va yechiladi. X+2=5, 4+x= 10 ko‘rinishdagi tenglamalarni yechib noma’lum sonni topadi.
Shunga o‘xshash x-4=3, 8-x+5 kabi ayirishdagi noma’lum komponentlari topishga doir ham yetarli misollarni yechdirish mumkin.
http://fayllar.org
Yüklə 20,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin