«O‘nlik» mavzusida arifmetik amallarni o‘rganish. 10 ichida qo‘shish va ayirish.
Mavzuni o‘rganishda o‘qituvchi oldida turgan asosiy maqsadlar quyidagilardan iborat:
qo‘shish va ayirish amallarining mazmuni bilan tanishtirish;
hisoblash usullaridan ongli foydalanishni ta’minlash;
“sonni qismlari bo‘yicha (bittalab yoki gruppalab) qo‘shish va ayirish” usuli;
yig‘indining o‘rni almashtirish xossasidan foydalanib qo‘shish usuli;
v) sonlarni ayirishda qo‘shish amalidan ya’ni noma’lum komponentni topishdan foydalanish.
3) 10 ichida qo‘shish va ayirishni avtomatizmga yetkazish;
Mavzuni o‘zaro bog‘langan bir nechta bosqichlarga bo‘lib o‘rganamiz.
1-bosqich. Tayyorgarlik bosqichi: qo‘shish va ayirish amalining aniq mazmunini ochish; a+1 ko‘rinishdagi qo‘shish va ayirish hollari.
Bu ish 1-10 ichida sonlarni o‘rganishga bag‘ishlangan boshlanadi. Bunda ikki to‘plamning birlashmasiga doir va to‘la qismini ajratishga doir yetarli mashq bajaradilar. Nomerlashni o‘rganish jarayonida 1-o‘rindagi keyingi son dan 1 ni ayirishdan hosil bo‘lishi, shu bilan sonlar ko‘rinishdagi hollar uchun jadval tuziladsi. Birinchi darsdanoq 1-1=0, 0+1=1 ko‘rinishdagi amallarga to‘xtaladi.
2-bosqich.a+2, a+3, a+4 ko‘rinishdagi hollar uchun hisoblash usullari bilan tanishish. Bu hollarning har biri uchun taxminan bir xil quyidagi reja tuziladi.
1)tayyorgarlik sifatida sonlarni 2 qo‘shiluvchiga ajratish va qo‘shish hamda ayirish jadvallari takrorlanadi;
2)sonni qismlar bo‘yicha qo‘shish va ayirish usullari bilan tanishish;
3)yangi bilimlarni mustahkamlash va uni qo‘llash;
4)qo‘shish va ayirish jadvallarini ongli eslab qolishga doir ishlar.
3-bosqich.a+6, a+7, a+9 ko‘rinishdagi hollar uchun hisoblash usullari bilan tanishish. Bu ishlarni bajarish jarayonida ham oldingilardek bajarilib, qo‘shiluvchi, yig‘indi so‘zlari bilan tanishadilar. Bolalarga tushunarli bo‘lishi uchun quyidagidek jadvallarni o‘rgatish mumkin:
Qo‘shiluvchi
|
4
|
6
|
5
|
3
|
7
|
2
|
1
|
0
|
Qo‘shiluvchi
|
0
|
2
|
3
|
4
|
2
|
5
|
7
|
8
|
Yig‘indi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
O‘q-uvchilar 4+2=6, 2+4-6 kabi misollarni yechish orqali o‘rin almashtirish xossasi bilan tanishadilar va uni qoida sifatida ifodalaydilar.
6=…+… , 7=…+… kabi ko‘rgazmali mustaqil ishlar beriladi.
4-bosqich. a-5, a-6, a-7, a-8 ko‘rinishdagi hollar uchun hisoblash usullari bilan tanishish.
Bunda hisoblash usullari yig‘indi bilan qo‘shiluvchilar orasidagi bog‘lanishlarni bilishga asoslangan.
Bunda yig‘indi va qo‘shiluvchilardan biri orqali ikkinchi qo‘shiluvchini topishga asoslangan.
Dostları ilə paylaş: |