1-mavzu. “Makroiqtisodiyot” ga kirish reja


-rasm. “Resurslar-tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar –



Yüklə 80,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix07.01.2024
ölçüsü80,65 Kb.
#209434
1   2   3   4   5   6   7   8
1-mavzu. Ma\'ruza matni

1.3-rasm. “Resurslar-tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar – 
xarajatlar”ning davlat aralashuvi mavjud iqtisodiyotdagi doiraviy aylanishi 
modeli. 
Bunda: 
1.
Yer, mehnat, kapital. 
9.
Iste‟mol xarajatlari. 
2.
Resurslar. 
10.
Sotishdan tushgan daromad. 
3.
Tovar va xizmatlar. 
11.
Resurs xarajatlari. 
4.
Tovar va xizmatlar. 
12.
Soliqlar. 
5.
Resurslar. 
13.
Soliqlar. 
6.
Tovar va xizmatlar
14.
Xarajatlar. 
7.
Transfertlar. 
15.
Xarajatlar. 
8.
Pul daromadlar (ish haqi, renta, 
foiz, foyda) 
16.
Subsidiyalar. 
Davlat korxonalar va uy xo„jaliklarini soliqqa tortish bilan birga korxonalarga 
subsidiyalar berish, aholiga transfert to„lash orqali ularning ishlab chiqarish 
imkoniyatlari va xaridga qodir talablariga ta‟sir etadi. Ayni paytda davlat resurslar 
bozoridan hamda tovarlar va xizmatlar bozorida sotib oluvchi sifatida ishtirok etadi. 



Davlat o„z ishtiroki bilan firmalarning ishlab chiqarish hajmlari va uy xo„jaliklarining 
tovarlar va xizmatlar xarid qilish miqdolari to„g„risidagi qarorlari o„zaro mos 
kelmagan hollarda ro„y beradigan iqtisodiy tebranishlarni tartibga solib turadi. Ochiq 
iqtisodiyot sharoitida doiraviy oqimlar modeli yanada murakkablashadi. Endi unda 
to„rtinchi makroiqtisodiy sub‟ekt- tashqi dunyo ham paydo bo„ladi. Chet el 
investitsiyalarinig kiritilishi va xorijga investitsiya qilish, eksport va import 
operatsiyalari shu jumladan moliyaviy bozor orqali jamg„armalarning 
investitsiyalarga oqib o„tishi va moliyaviy mablag„larning qayta taqsimlanishini 
e‟tiborga olsak ko„rib o„tilgan model mukammal emasligiga iqror bo„lamiz. Ammo 
shu ko„rinishda ham bu model makroiqtisodiy jarayonlarni yaxlit holda tasavvur 
qilishga imkon beradi.
Doiraviy oqimlar modelidan chiqariladigan xulosa shuki, davlat, firmalar, uy 
xo„jaliklari va tashqi dunyoning yalpi xarajatlari yalpi ishlab chiqarish hajmiga teng 
bo„lishi resurslar, tovarlar va xizmatlar oqimlari (ya‟ni real oqim) bilan daromadlar 
va xarajatlar oqimlari (ya‟ni pul oqimlari) o„zaro teng bo„lishining asosiy shartidir. 
Yalpi xarajatlar hajmining oshishi ishlab chiqarish hajmlari va ish bilan bandlilik 
darajasining o„sishiga olib keladi. Bu esa o„z navbatida yalpi daromadlarning 
oshishiga sabab bo„ladi. Kattaroq hajmdagi yalpi daromadlar unga mos hajmdagi 
yalpi xarajatlarni belgilab beradi. Sabab oqibat bog„lanishlari o„rin almashishi tufayli 
doiraviy oqimlar modeli doiraviy aylanish ko„rinishini oladi. Iqtisodiyot barqaror
rivojlanib borishi uchun yalpi xarajatlar to„xtovsiz o„sib borishi shart. Bu vazifa 
budjet-soliq siyosati vositalari bo„lgan soliqlarni hamda davlat xarajatlarini 
o„zgartirish hamda pul-kredit siyosati vositalari yordamida pul massasini o„zgartirish
orqali bajariladi.

Yüklə 80,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin