1-Chizma. F.Kenening pul oqimlarining doiraviy aylanish modeli.(Keltirilgan
raqamlar o’lchami mlrd.frank).
Dehqonlar yer egalariga 1 mlrd. franklik qishloq xo’jalik mahsulotlarini
sotadilar va qolgan 2 mlrd. franklik mahsulotni iste’mol va ishlab chiqarish
ehtiyojlari uchun o’zlarida qoldiradilar. Jami olingan 3 mlrd. franklik daromadning
1 mlrd. franki dehqonlar tomonidan hunarmandchilik buyumlari sotib olishga, yana
2 mlrd. franki esa yer rentasi to’lashga sarflanadi. Shunday qilib makroiqtisodiy
bozorlarning balanslashishi ro’y beradi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar ekzogen va
endogen o’zgaruvchilarga guruhlanibgina qolmasdan zahiralarni tavsiflovchi va
oqimlarni tavsiflovchi o’zgaruvchilarga ajratiladi. Birinchi guruh ko’rsatkichlar
tadqiqot ob’ektining ma’lum sanadagi holatini tavsiflaydi. Bularga kapital bilan
Yer egalari
Dehqonlar
Hunarmandlar
2
1
1
1
1
1
qurollanganlik darajasi, ishsizlik darajasi, davlat qarzi kabi ko’rsatkichlar misol
bo’ladi. Ikkinchi guruh ko’rsatkichlar ma’lum davr oralig’ida iqtisodiy
jarayonlarning kechishini tavsiflaydi. Bularga yil davomida ishlab chiqilgan YaIM
hajmi, iste’mol va investitsiya xarajatlari miqdori, inflyatsiya sur’ati kabi kabi
ko’rsatkichlar misol bo’ladi. Oqimlar ma’lum davr mobaynida zahiralarning
o’zgarishini keltirib chiqaradi. Masalan yil davomida qilingan investitsiyalar
iqtisodiyotda to’plangan kapital hajmi, o’z navbatida esa mehnatni kapital bilan
qurollanganligi darajasining ham oshishiga olib keladi.
3. “Resurslar- tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar –xarajatlar”ning
doiraviy oqimi modeli
Har qanday iqtisodiy tizimda tovarlar va xizmatlarni takror ishlab chiqarish
umumiy jarayonini resurslar, tovar va xizmatlar, daromadlar hamda xarajatlarning
doiraviy oqimi modeli ko’rinishida tasavvur qilish mumkin. Bu sodda model
makroiqtisodiy tahlil asosini tashkil etadi. Faqat xususiy mulkka tayangan ( ya’ni
davlat ishtiroki mavjud bo’lmagan) yopiq iqtisodiyotda bunday doiraviy oqimi
firmalar va uy xo’jaliklari o’rtasida amalga oshiriladi (2-chizma).
Uy xo’jaliklari ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan barcha iqtisodiy resurslarni
resurslar bozoriga yetkazib beradilar, korxonalar esa bu resurslarni sotib olib turli
xil mahsulotlarga, xizmatlarga aylantiradilar, so’ngra esa ularni tayyor mahsulotlar
va xizmatlar bozoriga yetkazib beradilar. Ayni paytda “resurslar - tovarlar va
xizmatlar” oqimiga qarama qarshi yo’nalishda “daromadlar - xarajatlar”ning ham
doiraviy oqimi amalga oshiriladi. Ya’ni, uy xo’jaliklari o’zlari yetkazib bergan
iqtisodiy resurslar evaziga daromad oladi hamda ularni tovarlar va xizmatlar
iste’mol qilish uchun sarflaydilar yoki aksincha korxonalar resurslar uchun sarf-
xarajatlar qiladilar hamda tayyor mahsulotlarni sotish evaziga daromad oladilar.
|