1-Mavzu: Kirish. Zamonaviy ta‘lim texnologiyalarining maqsad va vazifalari Tayanch tushunchalar



Yüklə 197,29 Kb.
səhifə1/5
tarix11.10.2023
ölçüsü197,29 Kb.
#153700
  1   2   3   4   5
1-mavzu


1-Mavzu: Kirish. Zamonaviy ta‘lim texnologiyalarining maqsad va vazifalari
Tayanch tushunchalar: shaxsga yo‘nlatirilgan ta‘lim, ta‘lim metodi, innovatsiya, innovatsion ta‘lim, zamonaviy ta‘lim texnologiyasi, novatsiya, pedagogning ta‘lim jarayoniga innovatsion yondashuvi.
Globallashuv sharoitida ta‘lim shaxsni har tomonlama voyaga yetkazish, unda komillik va malakali mutaxassisga xos sifatlarni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.Bugungi tezkor davr ta‘lim oluvchilar, shu jumladan o‘quvchilarni ham qisqa mudattda va aspsli ma‘lumotlar bilan qurollantirish, ular tomonidan turli fan asoslarini puxta o‘zlashtirilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni taqozo etmoqda.
Zamonaviy sharoitda ta‘lim jarayonining barcha imkoniyatlariga ko‘ra shaxsni rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va unda mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlash qobilyatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilishi talab qilinmoqda. O‘zida ana shu imkoniyatlarni namoyon eta olgan ta‘lim shaxsga yo‘naltirilgan ta‘lim deb nomlanadi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta‘lim-talabaning fikrlash va harakat strategiyasini inobatga olgan holda uning shaxsi, o‘ziga xos xususiyatlari, qobilyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta‘lim.
Bu ta‘lim o‗qitish muhitining talaba imkoniyatlariga moslashtirilishini nazarda tutadi. Unga ko‗ra ta‘lim muhiti, pedagogik shart-sharoitlar, ta‘lim hamda tarbiya jarayonini to‗laligicha talabaning shaxsiy imkoniyatlarini ro‗yobga chiqarish, qobiliyatini rivojlantirish, shaxs sifatida kamolotga yetishini ta‘minlash, tafakkuri va dunyoqarashini boyitishni nazarda tutadi.
Bu turdagi ta‘lim talabalarda mustaqillik, tashabbuskorlik, javobgarlik kabi sifatlar, shuningdek, mustaqil, ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga xizmat qiladi.
Ta‘lim metodi – o‗quv jaraѐnining majmuaviy vazifalarini yechishga yo‗naltirilgan o‗qituvchi va talabalarning birgalikdagi faoliyati usuli bo‗lsa, ta‘lim metodikasi esa muayyan o‗quv predmetini o‗qitishning ilmiy asoslangan metod, qoida va usullar tizimi.
Zamonaviy ta‘lim texnologiyasi – ta‘lim maqsadiga erishish jarayonining umumiy mazmuni, ya‘ni, avvaldan loyihalashtirilgan ta‘lim jarayonini yaxlit tizim asosida, bosqichma-bosqich amalga oshirish, aniq maqsadga erishish yo‗lida muayyan metod, usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish hamda ta‘lim jarayonini yuqori darajada boshqarish.
O‗qituvchining samarali faoliyat ko‗rsatishga undovchi darsning metodik ishlanmasini puxta ishlab chiqishdan farqli o‗laroq, ta‘lim texnologiyasi talabalar faoliyatiga nisbatan yo‗naltirilgan bo‗lib, u talabalarning shaxsiy hamda o‗qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatlarini inobatga olgan holda, o‗quv materiallarini mustaqil o‗zlashtirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.
Ta‘lim texnologiyasining markaziy muammosi – ta‘lim oluvchi shaxsini rivojlantirish orqali ta‘lim maqsadiga erishishni ta‘minlashdan iborat.
Pedagog ta‘lim jarayonida shaxsga yo‗naltirilgan ta‘lim turlaridan foydalanar ekan, bir qator shartlarga qat‘iy rioya etishi kerak. Ushbu talablar quyidagilardan iborat:

  • har bir talabani alohida, o‗ziga xos shaxs sifatida ko‗ra olishi;

  • talabani hurmat qilishi;

  • talabaning ruhiy holatini to‗g‗ri baholay olishi;

  • talabaning xohish-istak, qiziqishlarini inobatga olishi;

  • har bir talabaga tolerant munosabatda bo‗lishi;

  • talabaning kuchi, imkoniyati va intilishlariga ishonch bildirishi;

  • har bir talaba uchun qulay ta‘lim muhitini yaratishi;

  • talabalarning mustaqil yoki kichik guruhlarga erkin ishlashlari uchun imkoniyat yaratish;

  • talabalarni o‗z faoliyatlarini mustaqil nazorat qilish, faoliyati samaradorligini aniqlash, yutuqlarning omillari va yo‗l qo‗yilgan xatolarning oqibatlarini tahlil qilish o‗rgatish;

  • ta‘lim jarayonida hech bir talabaga tazyiq o‗tkazmaslik;

  • alohida talabaning kamchiliklarini bo‗rttirib ko‗rsatmaslik;

  • bordi-yu, talaba tomonidan bilimlarni o‗zlashtira olmaslik, ta‘lim jaraynida o‗zini odobsiz tutish holati qayd etilsa, u holda qat‘iy xulosa chiqarmasdan, buning sabablarini aniqlash;

  • aniqlangan sabablar asosida talabaning sha‘ni, g‗ururiga ziyon yetkazmagan holda u tomonidan bilimlarni o‗zlashtira olmaslik, o‗zini odobsiz tutish kabi holatlarni bartaraf etish;

  • ta‘lim jarayonida har bir talaba uchun ―muvaffaqiyat muhiti‖ni yarata olish;

  • har bir talabaga ta‘lim olisha muvaffaqiyatga erisha olishiga yordam berish;  talabaning qobiliyatini o‗stirish, shaxs sifatida rivojlanishiga yordam berish;

Pedagog tomonidan ta‘lim jarayonida innovatsion xarakterga ega turli faol metodlarning qo‗llanilishi talabalarni rivojlantirish, qobiliyatlarini yanada o‗stirishga xizmat qiladi. Xususan:

  • muammoli izlanish;

  • kichik tadqiqotlarni olib borish;

  • debat;

  • bahs-munozara;

  • evristik suhbat;

  • kichik guruhlarda ishlash va b.


Zamonaviy ta‘limning innovatsion shakllari. Zamonaviy sharoitda talabalarning o‗quv-bilish faolliklarini kuchaytirish, o‗qitish sifatini oshirish va samaradorligini yaxshilash maqsadida innovatsion xarakterga ega ta‘lim shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda amaliy o‗yinlar, muammoli o‗qitish, interfaol ta‘lim, modul-kredit tizimi, masofali o‗qitish, blended learning (aralash o‗qitish) va mahorat darslari ta‘limning innovatsion shakllari sifatida e‘tirof etilmoqda.
Ayni o‗rinda zamonaviy ta‘limning innovatsion xarakterga ega ushbu shakllari to‗g‗risida so‗z yuritiladi.
Zamonaviy sharoitda ta‘lim amaliyotida amaliy-innovatsion xarakterga ega o‗yinlardan samarali foydalanilmoqda.


  1. Yüklə 197,29 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin