1-mavzu: ishqalanish va yеyilish fanining prеdmеti



Yüklə 376,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix16.05.2022
ölçüsü376,02 Kb.
#58191
  1   2   3


1-mavzu:  ISHQALANISH VA YЕYILISH FANINING PRЕDMЕTI.  

 

Rеja: 



1. 

Tribologiya (Ishqalanish va yeyilish) asoslari fanining tarixi. 

2. 

Ishqalanish va yeyilish haqida asosiy tushunchalar. 



 

 

Tribologiya fanining rivojlanish tarixi 

Ishqalanish  tabiatini  urganishni  birinchi  bor  kadim  zamonlarda  Aristotel 

boshlagan edi. Uningcha, xar bir real jismning (bir tekisda) siljishida u tashqi qarshilikka 

duchor  bo‘ladi-ki,  bu  qarshilikning  miqdori  uning  vazniga  (og‘irligiga)  bog‘liqdir 

(Aristotel  vazn  bilan  massaning  farqiga  bormagan).  Lekin  Aristotel  inersiya  xodisasini 

xali  bilmas  edi.  Chunki  u  jismning  o‘ziga  (og‘irligiga)  bog‘liq  bo‘lgan  qarshilik  bilan 

jism  harakatidan  hosil  bo‘ladigan  tashqi  muhit  qarshiligining  farqiga  tushunib 

yetolmagan  edi.  Keyinroq  Leonardo  da  Vinchi  ishqalanish  sabablarini  chuqurroq 

o‘rganib,  o‘zining  bu  sohadagi  ulkan  hissasini  qushdi.  U  davrda  olimlar  va  ixtirochilar 

o‘rtasida  betuxtov dvigatel  yasash tug‘risidagi tortishuvlar  eng avjiga  chikdan vaqt edi. 

Shunda Leonardo da Vinchi beto‘xtov dvigatelni yasash mumkin emasligiga ishqalanish 

(jarayoni) yul ko‘ymasligini isbotlab berdi va ishqalanish kuchi kuyidagi omillarga: 

— ishqalanish yuzalarining materialiga; 

— ishqalanish yuzalariga ishlov berishning sifatiga

—ishqalanish  koeffitsienta  yuk  (nagruzka)ning  qiymatiga  to‘g‘ri  proporsional 

ekanligini isbotlab berdi. 

Ishqalanish  kuchi  mikdorini  kamaytirish  uchun  ishqalanish  yuzalari  oralig‘iga 

rolik  yoki  sharik  kuyish  kerakligini  anikdab  berdi.  Shunday  qilib,  Leonardo  da  Vinchi 

rolikli va sharikli podshipniklarni ham ixtiro qildi.  

XVI  asr  oxirlarida  Galiley  inersiya  krnunini  va  massa  tushunchasini  ixtiro  kildi. 

Bu  esa  mexanika  fanida  kuyilgan  ulkan  qadamlardan  biri  buladi.  Galiley  erkin  jism 

(bushlikda, ya’ni tashqi karshiliksiz) o`zgarmas kuch ta’sirida bir tekis harakat kdlishini 

isbotladi.  Bu  holda  harakatlantiruvchi  kuch  massaga  to`g`ri  proporsional  ekanligini 

kursatdi.  Galiley  harakatga  qarshilikdan  (inersiya  turdiradigan  harakatga  qarshilikdan) 

tashkoy muxit ta’siridan hosil buladigan karshilikning (tashqi ishqalanish kuchi ta’sirida 

paydo buladigan qarshilikning) farqini aniqlab berdi. 

Ishqalanish faniga asos solgan olim fransuz olimi Sharl Kulon hisoblanadi. Kulon 

sirpanishga  karshilik,  dumalanib  ishqalanishga  karshilik,  siljishga  qarshilik  kabi 

ishqalanish turlarining asosiy tushunchalariga birinchilardan bulib ta’rif bergan olimdir. 

Sharl  Kulon  har  xil  metallarning,  minerallarning  va  har  xil  yog‘ochlarning 

sirpanib ishkalanishini o‘rganib Amonton qonunini umumlashtirdi. Bunda u ishkalanish 

kuchining bir qismi  yukga bog‘liq emasligini  yoki juda ham kam bog‘liqligini ko‘rsatib 

berdi, 


ya’ni: 

F = f • N + А 




Yüklə 376,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin