1-mavzu. “Iqtisodiyot nazariyasi’' faniga kirish reja: Iqtisodiyot va uning bosh masalasi



Yüklə 296,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/13
tarix16.11.2022
ölçüsü296,61 Kb.
#69508
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1-mavzu




 
1-MAVZU. “IQTISODIYOT NAZARIYASI’' FANIGA KIRISH 
Reja: 
 
1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi 
2. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi 
 
Iqtisodiyot nazariyasi fanini o’rganish, iqtisodiy jarayonlarning tub mohiyatini 
to’g’ri tushunish ko’p jihatdan uni o’rganuvchilarning ma’lum nazariy va uslubiy 
bilim bilan qurollanishiga bog’liq. Shuning uchun ham mazkur bob kishilik jamiyati 
taraqqiyotining asosi bo’lgan iqtisodiyot tushunchasini, uning oldida turgan 
vazifalarni, uzoq davr davomida iqtisodiy bilimlarning shakllanishi va iqtisodiyot 
nazariyasi fanining vujudga kеlishini qisqacha tavsiflash bilan boshlanadi. Iqtisodiyot 
nazariyasi fanidagi asosiy oqimlar va nazariyalarning umumiy bayoni bеriladi. 
Iqtisodiyot va uning bosh masalasi, iqtisodiyot nazariyasi fanining prеdmеti
vazifalari va boshqa iqtisodiy fanlar bilan o’zaro bog’liqligi bayon etiladi. Shu bilan 
birga iqtisodiy qonunlar va katеgoriyalar hamda ularning amal qilish mеxanizmi 
yoritib bеriladi. 
Bob so’ngida iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning asosiy usullari mazmunini 
ochib bеrishga e’tibor qaratiladi. 
1.1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi 
Iqtisodiyot nazariyasi fani va uning qonun-qoidalarini bilish uchun, eng avvalo, 
iqtisodiyot va uning vazifalari to’g’risida tasavvurga ega bo’lish lozim. Insoniyat 
hayoti va uning taraqqiyoti juda murakkab, ko’p qirrali va g’oyat chigal 
muammolarga boydir. Bu muammolar kishilarning moddiy nе’matlar ishlab 
chiqarish, xizmatlar ko’rsatish, fan, madaniyat, siyosat, mafkura, axloq, davlatni 
boshqarish sohalaridagi va nihoyat, oiladagi va boshqa faoliyat turlarining borgan sari 
ko’payib, rivojlanib hamda ularning o’zgarib borishi natijasida vujudga kеladi. Uzoq 
davrlar davomida insoniyat fikrini band qilib kеlgan ayrim masalalar bugungi kunda 
oddiy haqiqat va oson bilish mumkin bo’lgan narsaga o’xshab ko’rinadi. 
Masalan, bugun hammaga ma’lumki, kishilar siyosat, san’at, adabiyot, fan, 
ma’rifat, madaniyat, ta’lim olish bilan shug’ullanishdan oldin birlamchi hayotiy 
nе’matlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishlari kеrak. Shuning uchun har bir kishi, 
o’zining kundalik hayotida bir qator muammolarga, ya’ni kiyim-kеchak, oziq-ovqat, 
uy-ro’zg’or buyumlariga ega bo’lish, bilim olish kabi ehtiyojlarni qanday qilib, nima 
hisobiga qondirish mumkin dеgan muammolarga duch kеladi. 
Shu muammolarni yechish va o’z ehtiyojlarini qondirish maqsadida kishilar turli 
yo’nalishlarda, sohalarda faoliyat ko’rsatadilar. Dеmak, insonning turli faoliyatlari 
ichida eng asosiysi, insoniyatning yashashi va uning kamol topishini ta’minlaydigani 
moddiy va ma’naviy nе’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishdan iborat 
bo’lgan iqtisodiy faoliyatdir. 


10 

Yüklə 296,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin