1-mavzu: innovatsion menejmentning tushunchalari, maqsadlari va vazifalari. Reja


– rasm. Innovatsion menejment tizimi



Yüklə 208,85 Kb.
səhifə6/12
tarix21.10.2022
ölçüsü208,85 Kb.
#65784
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1-маруза

2 – rasm. Innovatsion menejment tizimi
Innovatsion menejmentning ichki mikromuhiti – firmaning tashkiliy, texnologik, sotsial – psixologik va texnik – iqtisodiy muhitidan iboratdir.
Murakkab, katta tizim tizimchalarning yig‘indisidan iborat bo‘ladi va ta’minlovchi, ilmiy, boshqaruvchi va boshqariladigan ko‘pbosqichli, murakkab tizimchalardan tashkil topadi. O‘z navbatida boshqaruvchi tizimga kichik tizimchalardan tashkil topadi, ular o‘rtasida uchta asosiy bosqichlarga ega ierarxik tuzilma ko‘rinishidagi tobelik mavjud. Bunda ierarxiyaning pastroq bosqichiga tegishli bo‘lgan va birgalikda harakat qiluvchi tizim ierarxiyaning keyingi yuqori bosqichiga tegishli bo‘lgan tizimchaning barcha vazifalarini bajaradi. Innovatsion menejmentning boshqaruvchi tizimchasini ko‘rib chiqamiz. Tashkilotning ierarxik murakkab, katta tizim sifatidagi kirishlari va chiqishlari 3 – rasmda tasvirlangan.



3-rasm. Innovatsion menejment tizimidagi kirish va chiqish parametrlari

Boshqaruvchi tizimga innovatsion menejment katta tizimi ierarxik tuzilmasining uchinchi va eng yuqori bosqichi bo‘ladi. U kichik tizimchalardan tashkil topgan, boshqaruvning maqsadlari, vazifalari, usullari va tuzilmalari tizimidan iborat bo‘lgan ierarxiyaning ikkinchi bosqichi har xil tizimchalari operatsion boshqaruv tizimidan iboratdir. Nihoyat, ierarxiyaning birinchi, pastki bosqichida boshqaruvning tipik mahalliy tizimlari turadilar. Masalan, boshqaruv vazifalari tizimchasi rejalashtirish, tashkil qilish, rahbarlik qilish, muvofiqlashtirish va tartibga solish, undovchi sabablarni boshqarish, o‘zaro hamkorlik va nazorat qilish jarayonlarini tashkil qilishning tipik jarayonlari o‘zaro bog‘langan yig‘indisidan iboratdir. Har bir tipik jarayon yakka harakatlar tizim elementlaridan tashkil topadi. Bunda barcha elementlar, jarayonlar, tizichalar har xil turdagi va ko‘p sonli aloqalar va o‘zaro hamkorliklarga ega. Masalan, nazoratning tipik jarayoni faoliyat natijaviyligi ko‘rsatkichlari shaklidagi standartlarni belgilash, dastlabki nazora, faoliyat yuritish ko‘rsatkichlarini berilgan standartlar bilan solishtirishni o‘z ichiga oluvchi joriy nazorat va natijalarni o‘lchashdan tashkil topadi. YAkuniy nazorat navbatdagi bosqichlar yoki umuman butun ish tugagandan keyin amalga oshiriladi.


Nazoratning tipik jarayonlarida aloqalarning birinchi bosqichidagi tahlili ancha murakkabliligi bilan ta’riflanadi. masalan, joriy va yakuniy nazorat teskari aloqalarga asoslanadi, shuning bir vaqtda rahbarning xodim harakatining xarakteri, ishning maqsadlarini o‘zlashtirish, ta’sir ko‘rsatishni, qo‘llash bo‘yicha harakati boshqaruvchi tizimni ko‘pgina orasi ochiq teskari aloqaga ega qiladi.
Boshqariladigan tizimga ham ierarxiyaning bir necha bosqichlaridan tashkil topadi. Boshqariladigan tizimchaning birinchi bosqichidagi asosiy vazifa uning tizimchalari (ishlab chiqarish, xodimlar, moliya va marketing)ni muvofiq faoliyat yuritishdir. ishlab chiqarish tizimchasi energetik, moddiy va axborot oqimlari va ta’sir ko‘rsatishning texnik – texnologik omillariga asoslangan ularni ishlab chiqish usullarining murakkab biriktirilishi bilan ta’riflanadi.

- strategik maqsadlar -strategik rejalashtirish - ma’muriy - tarmoqli


va bashoratlash
- taktik
- operativ - operativ rejalashtirish - tahliliy va bashoratli - qo‘yilgan shtabli
- vazifaviy
uzoq muddatli - jarayonlar va o‘zaro hamkor- - mantiqiy-didaktik - matritsali
liklarni muvofiqlash-
- qisqa muddatli tirish,tashkil qilish
- ustuvorlik darajasi - undovchi sabablarni boshqa - - iqtisodiy - divizionli
- ierarxiya qarish, hisobga olish va - evristik - vazifaviy
- darajasi nazorat qilish

Ierarxiya ikkinchi bosqichi ishlab chiqarish tizimchasining ajralib turuvchi xususiyati oqimlarni muvofiqlashtirish va muvofiq taqsimlash vazifasidan, shu jumladan ierarxiyaning birinchi, pastki bosqichi tipik texnologik jarayonlarini dekompoziyalash va agregatsiyalash (biriktirish) dan iboratdir. Bunda har bir tipik jarayon kirishlar, chiqishlar, holatning har xil parametrlari, boshqaruv va berilgan maqsaddan chetga chiqishlarga ega kichik tizim bo‘ladi.


Ko‘pgina tipik jarayonlar ierarxiyaning pastki darajasidayoq determinatsiyalanganlik (asoslanganlik)ning pastki darajasi bilan ta’riflanadi. Ayniqsa bu “insoniy resurslar” tizimchasiga tegishlidir. tushunarliki, ierarxiyaning yuqoriroq darajalarida tizimning noaniqligi o‘sadi. SHuning uchun tizimlarning noaniqligini bartaraf qilish uchun ierarxiyaning barcha bosqichlarida jarayonlarni mahalliy barqarorlashtirish, egiluvchan, moslashuvchan jarayonlar va boshqaruv tizimlarini, hamda o‘z ichiga bashoratli ustunni tahlil qilish, boshqaruv qarorlarining daraxtini yaratish, yashash davrili va ehtimolli yondashishlarni qo‘llash, ekonometrik, statistik, imitatsion va vaziyatli modellashtirishdan foydalanishni oluvchi menejmentning yangi usullari kabi tizimchalarni boshqarish vazifalarini alohida ajratish zarur.
Murakkab tizimchalarni boshqarishda evristik modellashtirish, ko‘p bosqichli muvofiqlashtirish asosiy usullar bo‘lishlari mumkin. Evristik modellar xodimlarni boshqarish tizimlariga nisbatan ko‘proq qo‘llanadilar, ko‘p bosqichli muvofiqlashtirish esa, ishlab chiqarish va marketingni boshqarish tizimlariga nisbatan qo‘llaniladi.
Ko‘rib chiqilgan boshqaruvchi va boshqariladigan tizimchalar ta’minlash tizimchasi, ilmiy tizimga, firma mikromuhiti kabi asosiy tizim yagona bir butun sifatidagi tashkilotning tashkil qiluvchilari bo‘ladilar.
Tashkilot “ochiq tizim” sifatida faoliyatning turli tuman shakllari, jihatlari tashkiliy tuzilmalarning birligi bilan ta’riflanadi, falsafa vazifasiga ega.
Tashkilotni faoliyat yuritishining muvofiq shartlarini aniqlash uchun tizimchalar, tipik jarayonlar va barcha darajadagi elementlarni tashkil qiluvchi katta, murakkab tizimlarning ko‘rsatkichlari va xususiyatlarini umumlashtirish zarur. Ochiq tizim sifatidagi tashkilot innovatsion faoliyatini qurishning umumlashtirilgan tamoyillari 3 – jadvalda berilgan.

Yüklə 208,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin