1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja: Hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlash. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə72/75
tarix20.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#187275
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja Hayot f

Shikastlovchi omillari. Suv toshqini chog‘ida suv sathi ko‘tariladi va daryoga tutash joylar suv ostida qoladi. Suv toshqini paytida odamlar, qishloq xo‘jaligi ekinlari, chorva mollari nobud bo‘ladi, bino va inshootlar, kommunikatsiya tarmoqlariga shikast etadi yoki vayron bo‘ladi, moddiy va madaniy boyliklar yo‘qotiladi, xo‘jalik faoliyati to‘xtab qoladi, hosildor er qatlami yuvilib ketadi.
Bundan tashqari suv toshqinlarining ikkilamchi shikastlovchi omillari ham mavjud bo‘lib, ular turli inshootlarni butunlay yo‘qotishdan, suv olib kelgan zararli moddalardan hududning zararlanishidan, sanitar-epidemiologik vaziyatning murakkablashuvidan, joyning botqoqlikka aylanishidan, shuningdek ko‘chki, o‘pirilish, transport va ishlab chiqarish avariyalari kelib chiqishidan iborat bo‘ladi.
Bevosita zarar:
- turar joy va ishlab chiqarish binolari, temir va avtomobil yo‘llarining shikastlanishi, elektr va aloqa tizimiga putur etishi, meliorativ tizimning ishdan chiqishi;
- chorva mollari va qishloq xo‘jaligi ekinlarining nobud bo‘lishi;
- xom ashyo, yoqilg‘i, oziq-ovqat mahsulotlari, em-xashak, o‘g‘itlarning yo‘q qilinishi yoki namlanishi;
- aholini vaqtinchalik ko‘chirish, moddiy boyliklarni xavfsiz joylarga tashish sarf-harajatlari;
- tuproq hosildor qatlamining yuvib ketilishi va qum, loy yoki toshlar ostida qolishi.
Bilvosita zararlar:
- suv toshqinidan zarar hududlarga oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, dori-darmon, qurilish materiallari va texnika, chorva mollari uchun em-xashakni olib kelishga ketadigan xarajatlar;
- sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining qisqarishi, xalq xo‘jaligi rivojlanish tempining sekinlashuvi;
- mahalliy aholining yashash sharoiti yomonlashuvi;
- suv ostida qolgan hududdan ratsional foydalanib bo‘lmasligi, binolar va ishlab chiqarish joylaridan foydalanganlik uchun amortizatsiya xarajatlarining oshib ketishi;
- suv bosish zonasida qolgan doimiy tushib turadigan bino va inshootlarning tez eskirishi.
Odatda bevosita va bilvosita zarar o‘rtasidagi nisbat 70:30 % ni tashkil etadi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin