1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja: Hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlash. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha


Texnogen va ekologik favqulodda vaziyatlar va undan muhofazalanish usullari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə67/75
tarix20.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#187275
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   75
1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja Hayot f

2.Texnogen va ekologik favqulodda vaziyatlar va undan muhofazalanish usullari.
Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarga 7 xil turdagi vaziyatlar kiradi:
1) Transportlardagi avariyalar va halokatlar— ekipaj aozolari va yo‘lovchilarning o‘limiga, havo kemalarining to‘liq parchalanishiga yoki qattiq shikastlanishiga hamda qidiruv va avariya-qidiruv ishlarini talab qiladigan avia halokatlar;
Yong‘inga, portlashga, harakatlanuvchi tarkibining buzilishiga sabab bo‘lgan va temir yo‘l xodimlarining halokat hududidagi temir yo‘l platformalarida, vokzal binolarida va shahar imoratlarida bo‘lgan odamlar o‘limiga, shuningdek tashilayotgan kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi zaharli modda (KTZM)lar bilan halokat joyiga tutash hududning zaharlanishiga olib kelgan temir yo‘l transportidagi halokat va falokatlar;
Portlashlarga, yong‘inlarga, transport vositalarining parchalanishiga, tashilayotgan KTZM larning zararli xossalari namoyon bo‘lishiga va odamlar o‘limi (jarohatlanishi, zaharlanishi)ga sabab bo‘ladigan avtomobil transportining halokati va avariyalari, shu jumladan, yo‘l-transport hodisalari;
Odamlarning o‘limiga, shikastlanishiga va zaharlanishiga, metropoliten poezdlari parchalanishiga olib keladigan metropoliten bekatlaridagi va tunellaridagi halokatlar, avariyalar va yong‘inlar;
Gaz, neft mahsulotlarining otilib chiqishiga, ochiq neft va gaz favvoralarining yonib ketishiga sabab bo‘ladigan magistral quvurlardagi avariyalar.
2) Kimyoviy xavfli oboektlardagi avariyalar:
Tevarak-atrof tabiiy muhitga ta’sir qiluvchi zaharli moddalarning (avariya holatida) odamlar, hayvonlar va o‘simliklarning ko‘plab shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan taqdirda, yo‘l qo‘yiladigan chegaraviy qonsentratsiyalardan ancha ortiq miqdorda sanitariya — himoya hududidan chetga chiqishiga sabab bo‘ladigan kimyoviy xavfli oboektlardagi avariyalar, yong‘in va portlashlar.
3) Yong‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan oboektlardagi avariyalar:
Texnologik jarayonda portlaydigan, oson yonib ketadigan hamda boshqa yong‘in uchun xavfli moddalar va materiallar ishlatiladigan yoki saqlanadigan oboektlardagi odamlarning mexanik va termik shikastlanishlariga, zaharlanishlariga va o‘limiga, asosiy ishlab chiqarish zaxiralarining nobud bo‘lishiga, favqulodda vaziyatlar hududlarida ishlab chiqarish maromining va odamlar hayot-faoliyatining buzilishiga olib keladigan yong‘inlar va portlashlar;
Odamlarning shikastlanishiga, zaharlanishiga va o‘limiga olib keladigan hamda qidiruv-qutqarish ishlarini o‘tkazishni, nafas olish organlarini muhofaza qilishning, maxsus anjomlarini va vositalarini qo‘llashni talab qiluvchi, ko‘mir shaxtalaridagi hamda qon-ruda sanoatidagi gaz va chang portlashi bilan bog‘liq avariyalar, yong‘inlar va jinslarning qo‘porilishi.
4) Energetika va kommunal tizimlardagi avariyalar:
Sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari isteomolchilari avariya tufayli energiya taominotisiz qolishiga hamda aholi hayot faoliyatining buzilishiga olib keladigan GES, GRES, IES-lardagi, tuman issiqlik markazlaridagi elektr tarmoqlaridagi bug‘-qozon qo‘rilmalaridagi, kompressor, gaz taqsimlash shahobchalaridagi va boshqa energiya taominoti oboektlaridagi avariyalar, yong‘inlar, aholi hayot-faoliyatining buzilishiga va salomatligiga xavf tug‘ilishiga olib keladigan gaz quvurlaridagi suv, chiqarish inshootlaridagi, suv quvurlaridagi, kanalizatsiya va boshqa kommunal oboektlardagi avariyalar; Atmosfera, tuproq, er osti va yer ustisuvlarining odamlar salomatligiga xavf tug‘diruvchi darajada qonsentratsiyadagi zararli moddalar bilan ifloslanishiga sabab bo‘ladigan gaz tozalash qurilmalaridagi, biologik va boshqa tozalash inshootlaridagi avariyalar.
5) Bino va inshootlarning birdan qulab tushishi bilan bog‘liq avariyalar:
Odamlar o‘limi bilan bog‘liq bo‘lgan va zudlik bilan avariya-qutqaruv o‘tkazilishini hamda zarar ko‘rganlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilishini talab qiladigan maktablar, kasalxonalar, kinoteatrlar va boshqa ijtimoiy yo‘nalishdagi oboektlar, shuningdek uy-joy sektori binolari qonstruksiyalarining to‘satdan buzilishi, yong‘inlar, gaz portlashi va boshqa hodisalar.
6) Radioaktiv va boshqa xavfli hamda ekologik jihatdan zararli moddalardan foydalanish yoki ularni saqlash bilan bog‘liq avariyalar:
Sanitariya-himoya hududidan tashqariga chiqarib tashlanishi natijasida paydo bo‘ladigan yuqori darajadagi radioaktivlik odamlarning yo‘l qo‘yiladigan ko‘p miqdorda nurlanishini keltirib chiqaradigan, texnologik jarayonda radioaktiv moddalardan foydalanadigan oboektlardagi avariyalar; radioaktiv materiallarni tashish vaqtidagi avariyalar; radioizotop buyumlarning yo‘qotilishi; biologik vositalarni va ulardan olinadigan preparatlarni tayyorlash, saqlash va tashishni amalga oshiruvchi, ilmiy-tadqiqot va boshqa muassasalarda biologik vositalarning atrof-muhitga chiqib ketishi yoki yo‘qotilishi bilan bog‘liq vaziyatlar.
7) Gidrotexnik inshootlardagi halokatlar va avariyalar:
Suv omborlarida, daryo va kanallardagi buzilishlar, baland tog‘lardagi yo‘llardan suv urib ketishi natijasida vujudga keladigan hamda suv bosgan hududlarda odamlar o‘limiga, sanoat va qishloq xo‘jaligi oboektlari ishining, aholi hayot faoliyatining buzilishiga olib keladigan va shoshilinch ko‘chirish tadbirlarini talab qiladigan halokatli suv bosishlari.
Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar. Ekologik tusdagi FV lar asosan 3 xil bo‘ladi:
1. Quruqlik (tuproq yer osti)ning holati o‘zgarishi bilan borliq vaziyatlar: halokatli ko‘chkilar — foydali qazilmalarni qazish chog‘ida yer ostiga ishlov berilishi va insonning boshqa faoliyati natijasida yer yuzasining o‘pirilishi, siljishi;
Tuproq va yer sanoati tufayli kelib chiqadigan toksikantlar bilan ifloslanishi, og‘ir metallar, neft mahsulotlari, shuningdek qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida odamlarning sog‘lig‘i uchun xavf soluvchi qonsentratsiyalarda qo‘llaniladigan pestitsidlar va boshqa zaharli ximikatlar mavjudligi.
2. Atmosfera (havo muhiti) tarkibi va xossalari o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyatlar:
Havo muhitining quyidagi ingridientlar bilan ekstremal yuqori ifloslanishi:

  • oltingugurtli oksid, azotli oksid, uglerodli oksid, dioksid, qurum, chang va odamlar sog‘lig‘iga xavf soluvchi qonsentratsiyalarda antropogen tusdagi boshqa zararli moddalar;

  • keng ko‘lamda kislotali hududlar hosil bo‘lishi va ko‘p miqdorda kislota chiqindilari yog‘ilishi;

  • radiatsiyaning yuqori darajasi.

3. Gidrosfera holatining o‘zgarishi bilan bog‘liq vaziyatlar:
Yer yuzasi va yer osti suvlarining sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi oqovalari;
Neft mahsulotlari, odamlarning zaharlanishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan, tarkibida og‘ir metallar, har xil zaharli ximikatlar mavjud chiqindilar va boshqa zararli moddalar bilan eksteremal yuqori darajada ifloslanishi;
Binolar, muhandislik kommunikatsiyalari va uy-joylarning yemirilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan sizot suvlar miqdorining ortishi;
Suv manbalari va suv olish joylarining zararli moddalar bilan ifloslanishi oqibatida ichimlik suvining keskin yetishmasligi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin