1 mavzu: eksperimental psixologiyaning predmeti


Psixologik bilimlarning klinik davri



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə7/46
tarix22.12.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#189716
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46
6594 Majmua

Psixologik bilimlarning klinik davri
Psixika bosh miya va nerv sistemasining mahsuli ekanligi borasidagi fikrlarni hozirgi zamon psixodiagnostikasining tarixi hamda XIX asrning chorak yarmida psixologik bilimlarning shakllanishidagi klinik davri bilan bog’lash mumkin. Bu davr shaxs haqidagi empirik psixologik bilimlarning to’planishi va tahlilida asosiy vazifa tabiblar yordamida amalga oshirilganligi bilan xarakterlanadi. Tabiblarni, dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlarida tarqalayotgan ruhiy va asab kasalliklarni kelib chiqish sababi qiziqtirar edi.
Shu bois, psixiatrlar Yevropa shifoxonalaridagi bemorlarni uzluksiz nazorat qilish bilan bir qatorda, o’z xulosalarini qayd qilib borardilar. Natijada, psixodiagnostikaning kuzatish, so’rov, hujjatlar tahlili kabi metodlari shakllanishi ortib bordi. Mazkur vaqtda psixodiagnostikaning rivojlanishi erkin xarakter kasb etib, bu holat metodlarni miqdoriy ko’rsatkichi bilan uzviy bog’langan edi.


Psixodiagnostika sohasini shakllanishida V.Vund laboratoriyasining o’rni
Psixodiagnostikaning miqdoriy metodlarini yaratilishi XIX asr ikkinchi yarmida, nemis psixologi V.Vund rahbarligi ostida yaratilgan birinchi tajribaviy psixologik laboratoriyaning faoliyati bilan asoslanadi. Bu laboratoriyada psixodiagnostik tahlillar qilish maqsadida turli xil asbob-uskunalardan foydalanar edilar. Shuningdek, ushbu davrda psixik va fizik holatlar o’rtasidagi miqdoriy bog’lanishlar mavjudligini izohlagan psixofizik qonunning yaratilishi, psixodiagnostika usullarining yaratilish jarayonini tezlashtirib yubordi.
Asosiy psixofizik qonun psixologik holatlarni o’lchash imkoniyatini ochdi va bu yangilik sezgini o’lchash uchun subyektiv shkalaning yaratilishiga sabab bo’ldi. Mazkur qonunga muvofiq, asosiy o’lchash obyekti bo’lib, inson sezgilari hisoblandi. Shu bois, XIX asr oxirlarigacha amaliy psixodiagnostika sezgi jarayonlarini o’lchash bilan chegaralandi, xolos. Insonning psixik jarayonlari, xususiyatlari va holatlarini o’rganishga daxldor psixodiagnostikaning zamonaviy metodlari esa XIX asr oxirlari va XX boshlarida yuzaga kela boshladi. Zamonaviy psixologiyada malakali psixologlar yordamida miqdoriy psixodiagnostik metodlarga asoslanadigan ehtimollar nazariyasi va matematik statistikaning ayrim sohalari tez rivojlanib bormoqda. Biroq endi matematik statistikani psixologiyada emas, balki, biologiya, iqtisodiyot kabi fanlarda ham qo’llay boshladilar. Ma’lum vaqtdan so’ng esa psixik holatlarning miqdoriy psixodiagnostikasi uchun maxsus usullar yaratilishi yuzaga keldi. Masalan, faktorli tahlil shular jumlasidan bo’lib, u birinchi bor shaxs xislatlarini va aqliy rivojlanishni psixodiagnostika qilishda ishlatildi.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin