1-mavzu: Ekologiya kursining maqsadi, vazifalari, tarixi. Tabiat va jamiyat o’rtasidagi munosabatlar. Populyatsiyalar ekologiyasi


EKOLOGIYADA FOYDALANILADIGAN USLUBLAR



Yüklə 33,5 Kb.
səhifə2/7
tarix24.12.2023
ölçüsü33,5 Kb.
#193451
1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu Ekologiya kursining maqsadi, vazifalari, tarixi. Tabiat-hozir.org

EKOLOGIYADA FOYDALANILADIGAN USLUBLAR 
Ekologik ilmiy-tadqiqotda ko‟pincha tasviriy, taqqoslash, tajriba hamda 

ekotizimlarni modellashtirish uslublaridan foydalaniladi. ekologiyada tajriba va


modellashtirish uslublaridan nisbatan keng foydalaniladi. 
Tajriba-tadqiqotchi tomonidan yaratilgan sharoitda borayotgan ma‟lum tabiiy
jarayonni kuzatishdir. Tajribada ma‟lum ob‟ektga (individ, populatsiya, 
biogeotsenoz) ta‟sir etayotgan omil kuchining ortishi yoki kamayishi namuna bilan
taqqoslanadi. Tajriba natijalari haqida ko‟rsatkichlarni o‟zgarishiga qarab xulosa 
qilinadi. Buning uchun albatta namuna bilan taqqoslash zarur. Tajriba hech vaqt
taqqoslashsiz olib borilmaydi. 
Ilmiy tadqiqot ishlari laboratoriya va dala sharoitlarida olib boriladi.
Modellashtirish jarayoni umumlashtirish uchun ancha qulay imkon beradi
shuningdek hodisaning ba‟zi tomonlarini aniq ma‟lumot bilan to‟ldirish yoki yangi
nazariy xulosalar chiqarishga yordam beradi. Modelь “ishlamay qolsa”, ya‟ni 
haqiqatga uncha to‟g‟ri kelmasa, EHM tomonidan o‟zgartirishlar kiritilishi va
yaxshilash zarurligini aytib beradi.
1
EKOLOGIYA FANINING VAZIFALARI 

Ekologlarning kelajakdagi amaliy vazifalari inson ehtiyojini yanada to‟laroq 


qondirishga qaratilgan holda antropogen betsenozlarni qayta ko‟rib chiqish va
barqarorligini oshirishga qaratilishi kerak. “Inson va biosfera” deb atalgan yirik 
xalqaro dasturda keyingi yillarda ekologiya sohasida hamda insonni o‟rab turgan
atrof-muhitni tadqiq qilishning aniq ilmiy yo‟nalishlari ko‟rsatib berilgan: 
Hayot jarayoni qonuniyatlarini o‟rganish, shuningdek insonning tabiiy
tizimlarga va biosferaga bo‟lagan ta‟sirini bir butun holda o‟rganish. 
Biologik resurslardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish,
inson faoliyati natijasida o‟zgargan tabiatdagi o‟zgarishlarni oldindan bilib olish va 
biosferada kuzatilayotgan jarayonlarni boshqarish va nihoyat insonning yashash
muhitini saqlash. 
1
Begon and others. Ecology. UK. 2006. P. 10-12.




3


Yüklə 33,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin