4. Juft kuch. Juft kuch momenti.
Juft kuch deb miqdor jihatdan teng, bir to‘g‘ri chiziqda yotmaydigan, parallel
va qarama – qarshi yo‘nalgan ikki kuchdan iborat sistemaga aytiladi. Juft kuch
(𝐹⃗
1
, 𝐹⃗
2
) bilan belgilanadi (1.11-rasm).
Juft kuchni tashkil etgan kuchlar orasidagi eng qisqa masofa juft kuch yelkasi
deyiladi va u d bilan belgilanadi. Juft kuch yotgan tekislik juft kuch tekisligi deyiladi.
Juft kuchni tashkil etuvchi kuchlar teng ta’sir etuvchiga ega emas. Juft kuchni
bitta kuch bilan almashtirib bo‘lmaydi. Shu sababli, faqat juft kuch ta’sirida bo‘lgan
jism ilgarilanma harakat qila olmaydi! Juft kuch statikaning mustaqil elementi
hisoblanadi!
Juft kuch momenti. Juft kuch ta’sirida jism juft tekisligida aylanma harakatda
bo‘lishi mumkin. Juft kuchning aylantirish effekti:
1.
Juft kuchni tashkil etuvchi kuchlarning moduli
|𝐹⃗
1
|, |𝐹⃗
2
| va juft
yelkasining uzunligi d ga;
2.
Juft kuch tekisligining egallagan holatiga;
3.
Juft kuch ta’siridagi jismning aylanish yo‘nalishiga bog‘liq bo‘ladi.
Juft kuchning aylantirish effektini aniqlash va baholash uchun juft kuch momenti
tushunchasi kiritiladi. Juft kuchning momenti deb, mos ishora bilan olingan juft
kuchni tashkil qilgan kuchlardan birining miqdorini juft kuch yelkasining uzunligiga
ko‘paytmasiga teng bo‘lgan kattalikka aytiladi. Juft kuch momenti M bilan
belgilanadi:
.
(1.3)
Juft kuch jismni soat milining aylanishiga teskari yo’nalishda aylantirishga
intilsa, uning momenti musbat, aks holda – manfiy hisoblanadi (1.12-rasm). Shartli
ravishda juft kuchlar yoysimon strelkalar orqali tasvirlanadi. Bunda juft kuch
momentining kattaligi M orqali, uning ishorasi esa strelka yo‘nalishi orqali
ifodalanadi.
1.12-rasm
|