1-mavzu. Amaliyot otiladigan obektning moliyaviy holatini moliya bozoridagi faoliyati bilan bogliq holda organish


-mavzu. Ozbekistonda kapital bozoridagi faoliyatni tashkil etish borasidagi huquqiy-meyoriy asoslarni organish



Yüklə 318,21 Kb.
səhifə8/10
tarix22.12.2023
ölçüsü318,21 Kb.
#189467
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
moliya hisobod

3-mavzu. Ozbekistonda kapital bozoridagi faoliyatni tashkil etish borasidagi huquqiy-meyoriy asoslarni organish
Ozbekistonda kapital bozoridagi faoliyatni tashkil etish borasidagi huquqiy-meyoriy asoslar Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4127-son “Ozbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish togrisida”gi va Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustadi 650-son “Ozbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Ozbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga komaklashish jamgarmasi togrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarorlari asosida tartibga solinadi. 650-son qarorida agentlik funksiya va vazifalari belgilangan. Bular:
-qimmatli qogozlar bozori va korporativ boshqaruvni shakllantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va tartibga solish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taminlash sohasida:
kapital bozorini shakllantirish va rivojlantirish boyicha yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taminlaydi;
ushbu sohada yagona davlat siyosati yonalishlariga muvofiq qimmatli qogozlar bozori nazorat qilinishi va tartibga solinishini amalga oshiradi;
aksiyadorlik jamiyatlarida, shuningdek, qimmatli qogozlar emitentlari faoliyatida korporativ boshqaruv standartlarining rivojlanishi va oshishini taminlaydi;
-qimmatli qogozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirayotgan investorlar, shuningdek, qimmatli qogozlar egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini taminlash sohasida:
investorlar va qimmatli qogozlar egalarining korxonani (aksiyadorlik jamiyatini) boshqarishda qatnashishdagi, dividendlar olishdagi huquq va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini koradi;
aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish togrisidagi qonun buzilishlari aniqlanganda qonunchilikka muvofiq chora-tadbirlarni qollaydi;
aholi moliyaviy savodxonligining darajasi oshishiga har tomonlama komaklashadi;
-qimmatli qogozlar bozori togrisidagi hamda aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish togrisidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish sohasida:
qimmatli qogozlar bozori va uning ishtirokchilari faoliyatini shakllantirish va tartibga solish masalalari boyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi;

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 03.06.2015 yildagi O‘RQ-387-son


Кучга кириш санаси
04.06.2015
Қўшимча ахборот
Улашиш
РУС
ENG
ЎЗБ
O’ZB
O‘ZB|РУС
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
“QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2014-yil 24-oktabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2015-yil 15-mayda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyulda qabul qilingan “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘RQ-163-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 354-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda, № 12, 464-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2015-yil 4-iyundagi 111 (6294)-sonida e’lon qilingan
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 3-iyun,
O‘RQ-387-son
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
QONUNI
Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida
(yangi tahriri)
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qo‘llanilish sohasi
Ushbu Qonunning maqsadi qimmatli qog‘ozlar bozori sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonun quyidagi qimmatli qog‘ozlarga nisbatan amal qiladi: aksiyalar, obligatsiyalar, davlat g‘aznachilik obligatsiyalari, depozit sertifikatlari, qimmatli qog‘ozlarning hosilalari va veksellar.
(1-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 29-apreldagi O‘RQ-836-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/836/0232-son — 2023-yil 2-avgustdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchilik
Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
aksiya — o‘z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan, egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog‘oz;
axborotni oshkor qilish — qimmatli qog‘ozlar bozorida manfaatdor shaxslarning axborotni qaysi maqsadda olishidan qat’i nazar, mazkur axborotdan uning topilishi va olinishini kafolatlaydigan shakllarda foydalanishini ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
birja obligatsiyasi — chiqarilishi fond birjasi tomonidan ro‘yxatga olinadigan va fond birjasining kotirovkalash varag‘iga kiritilgan, aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqariladigan qarz emissiyaviy qimmatli qog‘oz;
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)
veksel — veksel beruvchining yoxud vekselda ko‘rsatilgan boshqa to‘lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan summani to‘lashga doir qat’iy majburiyatini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog‘oz;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat qimmatli qog‘ozlari — O‘zbekiston Respublikasi nomidan chiqarilgan davlat g‘aznachilik obligatsiyalari, xalqaro obligatsiyalar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining obligatsiyalari;
(3-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 29-apreldagi O‘RQ-836-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/836/0232-son — 2023-yil 2-avgustdan kuchga kiradi)
depo hisobvarag‘i — deponentning qimmatli qog‘ozlarini saqlash va qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan, investitsiya vositachisining va Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining hisobga olish registrlaridagi yozuvlar yig‘indisi;
depo hisobvarag‘idan ko‘chirma — deponentning qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarini tasdiqlaydigan, investitsiya vositachisi va (yoki) Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan beriladigan hujjat;
depozitar operatsiyalar — hisobga olish registrlarida depozitar operatsiyalar standartlariga muvofiq bajariladigan operatsiyalar;
depozitar tilxatlar — nominal qiymatga ega bo‘lmagan qimmatli qog‘oz bo‘lib, u taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlarning muayyan soniga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlaydi va uning egasining ushbu qimmatli qog‘oz emitentidan depozitar tilxat o‘rniga taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlarning tegishli sonini olishini hamda taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlar bilan mustahkamlangan huquqlarning depozitar tilxat egasi tomonidan amalga oshirilishi bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatilishini talab qilish huquqini mustahkamlaydi;
depozit sertifikati — bankka qo‘yilgan omonat summasini va omonatchining (sertifikat saqlovchining) omonat summasini hamda sertifikatda shartlashilgan foizlarni sertifikatni bergan bankdan yoki shu bankning istalgan filialidan belgilangan muddat tugaganidan keyin olish huquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog‘oz;
deponent — depo hisobvarag‘iga ega bo‘lgan shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
investitsiya aktivlari — qimmatli qog‘ozlar, pul mablag‘lari va qonunchilikka muvofiq investitsiya aktivlari deb e’tirof etiladigan boshqa mol-mulk;
(3-moddaning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
investor — qimmatli qog‘ozlarni o‘z nomidan va o‘z hisobidan oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
infratuzilma obligatsiyalari — ishlab chiqarish infratuzilmasini va boshqa infratuzilmani barpo etish va (yoki) rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish uchun pul mablag‘larini jalb etish maqsadida xo‘jalik jamiyatlari va davlat korxonalari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar;
kliring — qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchilari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar bo‘yicha o‘zaro majburiyatlarni aniqlash, aniqlashtirish va hisobga olish;
Oldingi tahrirga qarang.
korporativ obligatsiyalar — aksiyadorlik jamiyatlari, mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar;
(3-moddaning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi O‘RQ-629-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son)

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 06.05.2014 yildagi O‘RQ-370-son


Кучга кириш санаси
07.05.2014
Қўшимча ахборот
Улашиш
РУС
ENG
ЎЗБ
O’ZB
O‘ZB|РУС
PDF-faylidagi rasmiy manba
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
“AKSIYADORLIK JAMIYATLARI VA AKSIYADORLARNING HUQUQLARINI HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2014-yil 18-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2014-yil 10-aprelda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 223-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 61-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1−2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda; 2007-yil, № 7, 325-modda, № 12, 598, 606, 608-moddalar; 2008-yil, № 9, 489-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda, № 9, 330-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2014-yil 7-maydagi 88 (6018)-sonida e’lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 6-may,
O‘RQ-370-son
Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida
(yangi tahriri)
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi aksiyadorlik jamiyatlarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi, shuningdek aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik
Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Bank, investitsiya va sug‘urta faoliyati sohalarida, shuningdek davlat tashkilotlarini xususiylashtirishda aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etishning va ular huquqiy holatining o‘ziga xos xususiyatlari qonunchilik bilan belgilanadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ozbekiston Respublikasi Markaziy bankini xabardor qilib, qimmatli qogozlar bozorida tijorat banklarining professional faoliyati doirasida ular ustidan nazorat qilishni amalga oshiradi;
qimmatli qogozlar bozorida sugurta kompaniyalarining professional faoliyati doirasida ular ustidan nazorat qilishni amalga oshiradi;
ilgor xorijiy tajriba asosida korporativ boshqaruvni qurish va takomillashtirishning metodologik prinsiplarini ishlab chiqadi;
qimmatli qogozlar bozori togrisidagi hamda aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish togrisidagi qonun hujjatlari buzilishi aniqlangan hollarda ular boyicha ijro etish majburiy bolgan xulosalar va korsatmalar beradi, qonunni buzuvchilarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq jarimalarni va boshqa tasir choralarini qollaydi.
Ozbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 5-dekabrdagi “Ozbekistonda kapital bozori faoliyatini tartibga solish shuningdek, qimmatli qogozlar muomalasining maxsus tartibini ornatish togrisida” gi 3199-sonli buyrugI chiqarilgan bolib, unda qimmatli qogozlar muomilasini tartibi boyicha qator vazifalar belgilangan.



Yüklə 318,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin