1-Mavzu 1-Mavzu Reja: Klass a’zolariga ruxsatni boshqarish



Yüklə 233,68 Kb.
səhifə2/96
tarix27.07.2023
ölçüsü233,68 Kb.
#137688
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
1-Mavzu 1-Mavzu Reja Klass a’zolariga ruxsatni boshqarish-fayllar.org

Sinf class kalit so`zi yordamida yaratiladi. Quyida sinfning umumiy shakli, faqat o'zgaruvchilar nusxasi va metodlarni o'z ichiga olgan holda keltirilgan.
class sinf_nomi {
// nusxalarning e`lon qilinishi.
ruxsat_turi tip uzgaruvchi1;
ruxsat_turi tip uzgaruvchi2;
//...
ruxsat_turi tip uzgaruvchiN;
// metodlarning e`lon qilinishi.
ruxsat_turi qaytariluvchi_natijaning_tipi metod1(parametrlar) {
// metod tanasi
}
ruxsat_turi qaytariluvchi_natijaning_tipi metod2(parametrlar) {
// metod tanasi
}
//...
ruxsat_turi qaytariluvchi_natijaning_tipi metodN(parametrlar) {
// metod tanasi
}
}
Unutmang, har bir e'lon qilingan o'zgaruvchi va metod oldida ruxsat turi ko`rsatiladi. Ruxsat turi, masalan, public bu sinf a'zosiga kirish tartibini belgilaydi. 2-bobda aytib o'tilganidek, sinf a'zolari sinf doirasida yopiq (private), yoki ochiq (public) va boshaqa hollarda bo'lishi mumkin. Ruxsat spesifikatori foydalanish ruxsati tipini aniqlaydi. Ruxsat turini yozish majburiy emas, agar u mavjud bo`lmasa e'lon qilingan a'zos sinf ichida yopiq hisoblanadi. Sinfning yopiq ruxsat turili a'zolariga faqat shu sinfining boshqa a'zolari tomonidan foydalanish mumkin. Ushbu bobda keltirilgan dasturlardagi Main() metodidan tashqari barcha a'zolar ochiq (public) deb aniqlangan. Bu shuni anglatadiki, ulardan kodning barcha qismlarida — hatto sinfdan tashqarida ham foydalanish mumkin.
C# sintaksisida tegishli qoida yo'qligiga qaramasdan, to'g'ri ishlab chiqilgan sinf faqat bitta mantiqiy mohiyatni aniqlashi kerak. Masalan, F.I.O. va telefon raqamlar saqlanadigan sinf odatda fond bozori, o'rtacha yog'ingarchilik darajasi, quyosh botishi davrlari yoki ro'yxatdagi familiyalar bilan bog'liq bo'lmagan boshqa ma'lumotlarni o'z ichiga olmaydi. Bu hollatda, to'g'ri ishlab chiqilgan sinfda mantiqiy bog'liq ma'lumotlar guruhlarga ajratilgan bo'lishi kerak. Agar mantiqiy bog'liq bo'lmagan ma'lumotlar bir sinfga joylashtirilsa, kodning tuzilishi tezda buziladi.

Yüklə 233,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin