1-Mavzu : Ilmiy ish faoliyati bilan tanishuv



Yüklə 43,64 Kb.
səhifə1/6
tarix27.09.2023
ölçüsü43,64 Kb.
#149366
  1   2   3   4   5   6
1-mavzu


1-Mavzu : Ilmiy ish faoliyati bilan tanishuv.

Har bir fanda, shuningdek, yana qaysi jihatlar noma’lumligi, qaysi ob’ektlar o’rganilishi kerakligi, yana nimalarni bilish ushbu fanni rivojlantirishga xizmat qilishi masalalari jamiyatda doimiy diqqat-e’tiborda turadi. Fanning rivoji shu masalalar bo’yicha muntazam tadqiqot ishlarining olib borilishi, ushbu tadqiqot ishlarining avloddan-avlodga kuchayib borishi bilan belgilanadi. Tadqiqotlar olib borilmayotgan sohalar esa rivojlanmaydi, aksincha, yo’qolishga mahkum bo’lib qoladi. Aynan tadqiqiy faoliyatlar ilmni, ilmlilikni yuzaga keltiradi. Ilm bilan shug’ullangan, ilm yo’lidan ketgan insonlar esa olim, ya’ni ilm egalari bo’lib yetishadilar. Tabiatni asrash va jamiyatni rivojlantirishda aynan olimlarning yetakchilik qilishlarining sababi shunda.


Ilm egalari bo’lish uchun qanday faoliyat yuritish kerak, ilm bilan shug’ullanish uchun o’z faoliyatini qanday tashkil etish kerak, tadqiqot ishlarini qanday olib borish, erishgan natijalarini qanday yozish, yoritish kerak? Mazkur kurs aynan shunga yo’naltirilgan bo’lib uning maqsadi quyidagi 3ta asosiy savolga javob berishdan iborat. Bular quyidagilar:

  1. Ilm olish, bilim olish qanday amalga oshiriladi?

  2. Ilmiy ish qanday aprobatsiya qilinadi va natijalar qanday aniqlanadi?

3. Ilmiy ishlar qanday yoziladi va qanday rasmiylashtiriladi?
Ilm olish nihoyatda murakkab, sermashaqqat va uzoq davom etadigan ish. Xalqda “Ilm - igna bilan quduq qazishdir” deb bejiz aytilmaydi.
Ilm olish soddadan murakkabga qarab to’xtovsiz o’sib, takomillashib boradigan, ayni vaqtda juda qiziqarli, eng asosiysi, jamiyat uchun nihoyatda kerakli ish. Ilm olish, ilmni egallash jarayoni insondan katta kuch va iroda talab etadi. Jahon ilm-fani tajribasida turli ilm sohalari va ularni tadqiq qilish metodlari, yo’nalishlari haqida alohida maktablar bo’lgan, ular muntazam o’zgarib, rivojlanib borgan. Hozir ham turli fanlar,
zamonaviy yo’nalishlar mavjud. Ushbu fanlarni o’rganish, tadqiq qilish yangi kashfiyotlarni yuzaga keltiradi, ularni hayotga tatbiq etish mamlakatni taraqqiy ettiradi, jamiyat, insonlar hayotini yanada farovonlashtiradi. SHu bois bugungi kunda rivojlanish yo’liga qadam qo’ygan mamlakatimiz uchun barcha fanlar bo’yicha yuqori ilmiy salohiyatli, izlanuvchan, yangilikka intiluvchan yosh kadrlar zarur. “Ilmiy ish asoslari” fani aynan ilmshunoslik tushunchalari bilan tanishish, ilmiy tadqiqot ishi bilan shug’ullanish imkonini beradi.



Yüklə 43,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin