1-ma’ruza: texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazifalari



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə8/80
tarix13.12.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#174482
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   80
1-ma’ruza texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazi

Ijod va ijodkorlik faoliyati. Har bir insonning hayoti davomida hal qilish zarur bo’lgan ko’pgina muammolar yuzaga keladi. Insonlar odatda o’z muammolarini qanday hal qiladilar? Ba’zilar o’z intuisiyasiga tayangan holda yechimni topishga harakat qiladilar, boshqalari o’zga insonlar bilan maslahatlashib, ularning tajribasi asosida yoki ilmiy-ommabop adabiyotlarni tahlil qilib o’z muammolari yechimini topishga urinadilar, uchinchilari esa bu ishni boshqa shaxslarga yoki tasodifiy holatlarga qoldirib, muammo yechimidan umuman uzoqlashishga harakat qiladilar. Insonlarning faqat unchalik katta bo’lmagan qismigina o’z muammolarini ijodkorlik faoliyati metodlari yordamida yechadilar.
Siz, ijodkorlik faoliyati metodlari mavjudmi? Ijodkorlik bilan maqsadli yo’naltirilgan holda shug’ullanish mumkinmi? degan savollar berasiz. Ha, ijodkorlik metodlari mavjud, o’z oldiga ilmiy kashfiyotlar qilish, yangi mashinalar, mexanizmlar, texnologiyalar, rassomchilik san’ati asarlari, musiqiy, adabiy asarlar yaratish bo’yicha aniq masalalarlar qo’yib, ijodkorlik faoliyati bilan maqsadli shug’ullanish mumkin. Navbatdagi muammo yuzaga keladi – ijodkorlik faoliyatini qayerda o’rganish mumkin? Bundan 10-20 yillar avval ijodkorlik metodlari bilan faqat ixtirochilik masalalarini yechish nazariyasi bo’yicha mutaxassislar tomonidan o’tkaziladigan seminarlarda, tizimli tahlil, funksional-qiymatli tahlil, tizimli fikrlash faoliyati metodologiyasi, fikrlashni faollashtirish metodlari va ijodkorlik nazariyasining boshqa bo’limlarida tanishish mumkin edi. Hozirgi kunda bu ilmiy yo’nalish bo’yicha yetarli darajada adabiyotlar nashr qilingan. Bu borada tavsiya etiladigan adabiyotlarning ro’yhati qo’llanmaning oxirida keltirilgan. Kitoblardan tashqari ko’pgina maktablar va oliy ta’lim muassasalarida turli maxsus fanlar kiritilgan. Shunday bo’lsa-da, ko’pgina ta’lim oluvchilar ijodkorlik metodlari bilan tanishish, ularni madaniyatning turli sohalarida muammolarni yechishda qo’llashga o’rganish imkoniga ega emas edilar. Nega? Chunki talabalar uchun ijodkorlik nazariyasining yuqorida ko’rsatilgan bo’limlarini, asosiy metodlarini o’zida birlashtiradigan qo’llanma mavjud emas edi.
Yana ijodkorlikka qaytamiz. Taklif qilinganlardan ijodkorlik faoliyati turlarini tanlashga harakat qiling: salat tayyorlash, mashhur detektiv asarini mutoala qilish, reklama e’lonini yaratish, fizika bo’yicha masala yechish, o’qilgan matn asosida hikoya tuzish, pardoz qilish. Bunda sizda qanday sifatlar shakllanadi? Ijodkorlikka faoliyatning mavjud bo’lgan namunalaridan nusxa olmaydigan va bajarish jarayonida inson o’zi uchun yoki boshqalar uchun yangilik yaratadigan turlari kiradi. Shunday qilib, ijodkorlik – bu obyektiv (hamma uchun) yoki subyektiv (o’zi uchun) yangi tizimlar yaratish jarayoni.
Har bir insonga ijodkorlik faoliyati texnologiyalari va metodlarini egallash zarurmi, axir hamma ham obyektiv yangiliklar yaratmaydiku? Inson kim bo’lib ishlashidan qat’iy nazar: ovqat tayyorlashi, kiyimni modellashtirishi, o’z farzandlarini tarbiyalashi va ko’pgina uy ishlarini bajarishi va xo’jalik muammolarini yechishiga to’g’ri keladi. Shuning uchun javob bir xil, ijodkorlik metodlarini har bir inson egallashi zarur, qanday metodlarni va qaysi faoliyat uchun qo’llash yoki qo’llamaslik – bu uning tanlash huquqi.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin