1-ma’ruza texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazi
Talabalar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun eng qulay imkoniyatlarni yaratish maqsadida o‘quv dasturidagi boshqa fanlar bilan birgalikda talabalar konstruktorlik byurosi, texnik ijodkorlik, rassomchilik, modelchilik, tasviriy san’at to‘garaklari imkoniyatlaridan to‘laroq foydalanish lozim bo‘ladi. Bu qatorda talabalar konstruktorlik byurolarida olib boriladigan ijodiy ishlarning afzalligi yangi texnik ishlanmalar yaratish bilan birgalikda ulardagi texnik echimlarni amalga oshirishning iqtisodiy, texnik-texnologik ko‘rsatkichlarini asoslash, g‘oyani xalq xo‘jaligiga qo‘llashning amaliy imkoniyatlarini o‘rganish kabi yaxlit majmuaviy faoliyat bilan belgilanadi. Talabalar konstruktorlik byurolarida ijodiy mehnat asoslarini o‘rgatishdan maqsad ratsionalizatorlik va ixtirochilik faoliyatida namoyon bo‘luvchi kasbiy faoliyatga qiziqishni tarbiyalash, egallanayotgan faoliyat sohasiga ijodiy munosabatni shakllantirish va mustahkamlashdan iborat bo‘lib, bunday ta’lim o‘z kasbiga bo‘lgan qiziqishni orttirishi, ta’lim va ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtira oladigan mutaxassisni tarbiyalashi bilan ahamiyatlidir. Talabalar konstruktorlik byurolarida talabalar o‘z ilmiy-ijodiy ishlari yakunini ixtiro, ratsionalizatorlik taklifi, referat, kurs va diplom ishlari shaklida amalga oshirish yo‘llarini o‘zlashtiradilar. Albatta, talabalarning bunday yuqori ko‘rsatkichlarga erishishlari, ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatida ishtirok etishi bevosita ularning bilim saviyasi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bilim saviyasi yuqori bo‘lgan talabalarning malaka tavsifi ortib boradi, kasbni egallash tezlashadi, ilmiy texnika ijodkorligida ishtirok etish davri ertaroq boshlanadi.
1 Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида»ги Фармони.// Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари тўплами. –Т.: 2017. – Б.39.