o‘qlari bilan hosil qilgan burchaklari orqali berilishi mumkin.
Vektorni qanday
ko‘rinishda berilishidan qat’iy nazar, (10.1) formula orqali berilgandagi
ko‘rinishdan kelib chiqadigan formulalarni keltirib chiqaramiz.
2. H a r a k a t n i k o o r d i n a t a l a r u s u l i d a b e r i l i s h i . Agar nuqtaning
harakatini uning
x,y,z koordinatalari vaqtning funktsiyasi sifatida berilgan bo‘lsa,
uning holatini ular yordamida bevosita aniqlash mumkin. Nuqtaning harakat
qonunini, ya’ni ixtiyoriy olingan vaqt uchun uning fazodagi holatini aniqlash
uchun, quyidagi tenglamalar
berilishi shart,
,
,
(10.3)
(10.3) tenglamalar sistemasi
nuqta harakatining to‘g‘ri burchakli dekart
koordinata o‘qlaridagi tenglamalari deb ataladi. Ular harakatni koordinata
usulda
berilgandagi harakat qonunlari hisoblanadi
[7]
.
Agar nuqtaning harakati har doim birorta tekislik ustida sodir bo‘lsa, bu
tekislikni
Oxy deb hisoblasak, u holda nuqtaning harakat qonuni ikkita
tenglamadan iborat bo‘ladi,
,
(10.4)
Agar nuqta faqat to‘g‘ri chiziq bo‘ylab harakat qilayotgan bo‘lsa, bu chiziqni
Ox koordinata o‘qi deb hisoblasak, nuqtaning harakat qonuni bitta tenglamadan
iborat bo‘ladi,
, (10.5)
(10.3) va (10.4) tenglamalar sistemasi, bir vaqtni o‘zida nuqta harakati
traektoriyasining parametrik ko‘rinishdagi tenglamalari hisoblanadi va parametr
sifatida t -vaqt ishlatilmoqda. Ushbu tenglamalar sistemasidan t -vaqtni yo‘qotib,
traektoriyaning
tenglamasini olish mumkin, ya’ni traektoriya koordinatalarning
o‘zaro funktsiyasi sifatida ifodalanadi.
Misol. Nuqtaning
Oxy tekisligidagi harakati,
x=2t, y=12t
2
(a)
qonun orqali berilgan bo‘lsin. Bu erda x,y - lar santimetrda, t - sekundlarda
o‘lchanadi.
Ushbu tenglamalar orqali t=0 s da nuqta M(0,0) holatda, ya’ni koordinata boshida
ekanligini aniqlaymiz, t=1 s da nuqta M(2,12) holatda ekanligigini va h.. Demak,
(a) tenglamalar orqali nuqtaning ixtiyoriy olingan vaqtdagi
holatini aniqlashimiz
mumkin ekan. Vaqt t - ga turli qiymatlarni bera borib, nuqtaning har bir
sekunddagi holatini aniqlab, so‘ngra bu nuqtalarni bir-birlari bilan birlashtirsak,
shaklda nuqtaning traektoriyasi tasvirlanadi.
Traektoriyani
boshqa usulda, ya’ni (a) tenglamalardan vaqt t -ni yo‘qotish orqali
ham aniqlash mumkin. Buning uchun birinchi tenglamadan t -ni aniqlab (t=x/2)
ikkinchi tenglamaga qo‘yamiz, u holda y=3x
2
bo‘ladi. Demak, nuqtaning
traektoriyasi koordinata o‘qlarining markazidan boshlangan Oy o‘qiga parallel
yo‘nalgan paraboladan iborat ekanligi aniqlandi. Traektoriyani aniqlashga oid
boshqa misollarni 41§ da ko‘rib o‘tamiz.
3. N u q t a h a r a k a t i n i t a b i i y u s u l d a b e r i l i s h i x e " N u q t a h a r a k a t i :
t a b i i y u s u l : " . Nuqta harakatining tabiiy (yoki traektoriya orqali) usulda
x
f t
1
( )
y
f t
2
( )
z
f t
3
( )
x
f t
1
( )
y
f t
2
( )
x
f t
1
( )
berilishi, asosan, uning traektoriyasi oldindan ma’lum bo‘lgan hollardagina ulardan
foydalaniladi. Faraz qilaylik, M nuqta AB traektoriya bo‘ylab,
Oxyz hisob
sistemasiga nisbatan harakatda bo‘lsin (91-shakl). Ushbu traektoriyada
qo‘zg‘almas bo‘lgan ixtiyoriy O’ nuqtani tanlab olamiz va uni tabiiy o‘qlarning
koordinata boshi qilib belgilaymiz va o‘qning musbat yoki manfiy tomonlarini
(oddiy koordinata o‘qlaridagi kabi) belgilab olamiz.
U holda M nuqtaning shu traektoriyadagi o‘rnini, ya’ni O’ nuqtadan M nuqtagacha
bo‘lgan
masofani, shu egri chiziqli traektoriyadagi s - koordinata orqali uning
tegishli ishorasiga bog‘liq ravishda aniqlashimiz mumkin. M nuqta shu traektoriya
bo‘ylab harakatlanganda M
1
, M
2
,...,M
n
va hokazo holatlarda bo‘ladi, demak s -
koordinata ham vaqt davomida o‘zgarib boradi. M nuqtaning ixtiyoriy vaqt uchun
shu traektoriyadagi o‘rnini aniqlash uchun,
s=f(t) (10.6)
qonuniyat berilishi kerak bo‘ladi.
(10.6) tenglama M nuqtaning traektoriya bo‘ylab harakat qonuni deb ataladi.
Demak, nuqta harakatini tabiiy o‘qlarda berilishi uchun: 1) nuqtaning
traektoriyasi; 2) shu traektoriyadagi hisob boshining O’ nuqtasi va tabiiy o‘qning
musbat va manfiy yo‘nalishini
belgilanishi; 3) nuqtaning shu traektoriya bo‘ylab
s=f(t) ko‘rinishdagi harakat qonuni berilishi shart.
Shuni eslatib o‘tish lozimki (10.6) tenglamadagi s - nuqtaning
traektoriyadagi o‘rnini belgilaydi xolos, ya’ni uning bosib o‘tgan masofasini
belgilamaydi. Masalan, nuqta O’ nuqtadan harakatni boshlab M
1
nuqtaga
kelsin
(91-shakl), so‘ngra orqa tomonga qaytib M holatni egallagan bo‘lsa, u holda
nuqtaning koordinatasi s=O’M bo‘ladi. Umumiy bosib o‘tilgan yo‘l esa,
O’M+M
1
M ga teng bo‘ladi, ya’ni s - ga teng bo‘lmaydi, agar nuqta faqat bir
tomonga harakat qilgan xususiy holdagina ular bir-birlariga teng bo‘lishlari
mumkin.
Dostları ilə paylaş: