1 ma’ruza. Kirish. Ovqatlanishning yangi nazariyalari reja


Ovqatlanishda bosh omil nazariyasi



Yüklə 30,09 Kb.
səhifə4/4
tarix02.10.2023
ölçüsü30,09 Kb.
#151558
1   2   3   4
1-ma\'ruza. Kirish. Ovqatlanishning yangi nazariyalari

Ovqatlanishda bosh omil nazariyasi. YUqorida aytib o’tilgan «ochkoli parhez» nazariyasiga qiyosan yondoshadigan bo’lsak, shu nazariya mualliflarining nuqtai nazaridan qaraganda ovqatlanishda qandaydir bosh omilni asos qilib oladilar. Makrobiotiklar ta’limotining asoschisi S. Ishizuka o’z tajribasiga asoslanib, parhezda natriy va kaliyning to’g’ri nisbati, shuningdek, kislotali va ishqorli ekvivalentlarning optimal nisbatini ovqatlanishning bosh omili deb hisoblaydi. Uning nuqtai nazariga ko’ra, kislotali ekvivalentlarni ortiqcha iste’mol qylish yoki ishqorli ekvivalentlarni yetarlicha iste’mol qilmaslik natijasida orga-nizmning nordonlashishi (kislotaliligining oshishi) ayniqsa harflidir.
Boshqa tomondan, G. S. Jarnis ham o’z tajribasiga asoslanib, ovqat bilan birga olma sirkasi iste’mol qilishni taklif etadi. Bu esa uning fikricha, ishqoriylik oshishining oldini oladi. Bu ikki nazariyada ma’lum ziddiyatlar ularning to’g’riligiga shubha uyg’otadi. Haqiqatan ham, hozirgi davrga kelib ovqat luqmasining oshqozondan ingichka ichakka o’tishida, qondan ovqat hazm qilish yo’liga (asosan gastroduodenal sohada) suv, mineral moddalar, oqsil va yog’larning ajralishi natijasida ximusning (ya’ni ovqat luqmasining) doimiyligi aniqlangan.
Itlar ustida o’tkazilgan tajribalar shuni ko’rsatdiki, turli ovqat ratsionlarida ingichka ichakda so’riladigan ximusning kimyoviy tarkibi ozmi-ko’pmi doimiydir. Bu hodisaning mexanizmi shundan iboratki, qondan ovqat hazm qilish yo’liga (yuqorida sanalgan moddalardan) faqat ovqat ratsionida yetishmaydigan moddalar tushadi. O’z navbatida ularning qondan ovqat hazm qilish yo’liga o’tishi maxsus depolardan qonning yana to’yinishi bilan tushuntiriladi.
Bu hamma jarayonlar qonda natriy yoki kaliy, kislotali yoki ishqorli ekvivalentlar oshib ketishi oldini oladi. Ovqatda uzoq muddat natriy yoki kaliy, kislotali yoki ishqorli ekvivalentlar yetishmay tursa, ularnnng organizmdagi deposi tugashi mumkin. Bu holda bosh miyaga tegishli xabarlar kelib, ishtaha o’zgarishiga sabab bo’ladi, odam organizmida tugayotgan moddalarga boy bo’lgan mahsulotlarni yegisi keladi. Masalan, uzoq muddat natriy yetishmasa, osh tuzini ko’ngil tusaydi.
Ovqatlanishda bosh omil nazariyalariga yana L. Polingning keng tarqalgan tavsiyalarini kiritish mumkin. Bu tavsiyalar bo’yicha saraton (rak) va shamollash kasalliklarining oldini olish uchun juda ko’p miqdorda askorbinat kislota (vitamin S) zarur.
Biroq, bu tavsiyalarning odam organizmi uchun xavfli oqibatlarini ko’rsatgan ilmiy tadqiqotlar bor. Bu kapillyarlar mo’rtligining oshishi va shu bilan bog’lik bo’lgan mahalliy o’zgarishlar, atsidoz rivojlanishi, buyrakda tosh paydo bo’lishi, oshqozon-ichak buzilishlarining kelib chiqishi, ko’ngil aynishi, qon zardobida xolesterin miqdoriniig oshishi va boshqalar.
Biz ovqatlanish sohasida taniqli mutaxassis V.A.Konishevning fikriga qo’shilamiz. Uning fikricha, faqat hakimgina sinchkovlik bilan mazkur odamning aniq xususiyatlarini aniqlab, saraton va shamollash kasalliklarining oldini olish uchun organizmga askorbinat kislotaning katta miqdorini berib, uning sog’liq uchun xavfli yoki xavfsizligini ayta oladi. Vrach tekshiruvisiz askorbinat kislotaning katta miqdorini qo’llash maqsadga muvofiq emas, aks holda sog’liqqa tuzatib bo’lmas zarar yetkazish mumkin.
Ovqatlanishda bosh omil mavjud emas. Ovqatlanish oqilona bo’lishi, ya’ni muvozanatlashgan va ovqat qabul qilish tartibiga rioya qilishta yo’nalgan bo’lishi kerak.


Nazorat savollari ?

  1. Oziq- ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi nimalardan iborat?

  2. Inson salomatligiga xavf tug’diruvchi komponentlar tasnifi va ularning manbai nimalardan iborat?

  3. Oziq- ovqatdagi tabiiy komponenlarga nimalar kiradi?

  4. Og’ir metallardan zaharlanish inson organizmda qanday o’zgarishlarga olib keladi?

Yüklə 30,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin