1-ma’ruza. Ip-tarmoqlarning axborot xizmatlari


IPTV xizmatlarini taqdim etish arxitekturasi



Yüklə 50,37 Kb.
səhifə9/14
tarix26.12.2023
ölçüsü50,37 Kb.
#197273
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
1-ma’ruza. Ip-tarmoqlarning axborot xizmatlari-www.hozir.org

IPTV xizmatlarini taqdim etish arxitekturasi

«IPTV» yechimini arxitekturasi magistral tarmoq va aloqa operatorining ruxsat etilish tarmog’iga bog’liq bo’ladi va odatda taqsimlangan tuzilmaga ega. IPTV kompleks arxitekturasi quyidagilardan iborat bo’ladi:

  • Kontentni qabul qilish va qayta ishlash quyi tizimi (bosh stansiya Head-end);


  • Kompleks va xizmatlarni boshqarish quyi tizimi (IPTV Middleware);


  • Kontentni taqsimlash quyi tizimi;


  • Kontentni himoyalash quyi tizimi (CAS/DRM);


  • Video serverlar quyi tizimi;


  • Abonent qurilmasi.


Bosh stansiya – raqamli televideniya xizmatlarini qurishda «IPTV» yechimining muhim komponentidir. Bosh stansiya dasturiy-apparatli kompleks bo’lib, u radio, televizion stansiya va sun’iy yo’ldoshlardan signalni qabul qilishni, raqamli signallarni koddan chiqarish va demultiplekslashni, analog signallarni MPEG-kodlashni va tayyorlangan materiallarni IP-oqimlarga multiplekslashni ta’minlaydi.


Bosh stansiya komponentlari:
- Antenna quyi – efir stansiya va sun’iy yo’ldoshlaridan signallarni qabul qilishni ta’minlaydi;
- Raqamli yo’ldoshli qabul qilgichlar - deskriptorlar – antennali quyidan olingan raqamli signallarni koddan chiqarishni va materiallarni Strimer / multipleksorga yuborishni ta’minlaydi;
- Raqamli kodlash tuguni – analog va raqamli signallarni MPEG-kodlanishini va materiallarni Strimer / multipleksorga yuborilishini ta’minlaydi;
- Strimer / multipleksor – bosh stansiyaning kalit elementi, materiallarni multiplekslanishini va IP – eshittirishni shunday ta’minlab beradiki, har bir kanal o’z unikal manziliga va IP- eshittirish portiga ega bo’ladi.
1.5-rasm. Bosh stantsiya tuzilishi
Kompleks va xizmatlarni boshqarish quyi tizimi. IPTV xizmatlari va xizmat ko’rsatishni boshqarishini amalga oshirishda asosiy o’rinni Middleware tizimi egallaydi. Odatda na’munali Middleware ikkita usuldan foydalanadi: bevosita foydalanuvchi (abonent), yoki xizmatlar operatori (administrator) tomonidan.
Birinchi holatda abonent televizor ekraniga chiqadigan foydalanuvchi interfeysi yordamida xizmatlar ro’yxatini o’zgartirishi mumkin. Abonent uchun xizmatlarni boshqarish interfeysi IP - televideniyasi tizimida oldindan berilgan ro’yxatdan xizmatlarni tanlashga imkon beradi. Odatda bu imkoniyat Middlewarening «Shaxsiy kabinet» bo’limida joylashadi va parol bilan himoyalanadi. Abonentga xizmatlarni va ularni narxlarini to’liq ro’yxati beriladi.
Xizmatlar ro’yxatiga o’zgartirish kiritilganda abonent yangi buyurtma qilgan xizmatlardan shu on yoki kalitlarni yangilashga kerakli vaqtdan so’ng foydalanishi mumkin. Xizmatlar ro’yxatidagi o’zgarishlar abonentning detalizatsiyalangan xisob - kitobida ko’rsatiladi. Bundan tashqari, agar abonent bilan tuzilgan shartnomada kelishilgan bo’lsa, billing tizimi xizmatlarni o’chirish va yoqish uchun ma’lum miqdorda pul yechishi mumkin.
Xizmatlar va xizmat ko’rsatishlarni boshqarishda operator imkoniyatlari kengroq. Alohida abonentlarga ko’rsatiladigan xizmatlarni o’zgartirishdan tashqari operator xizmatlarni guruhlashtirishi, turli ta’rif rejalar yaratishi, kataloglarni muxarrirlashi va b. bajarishi mumkin. Bu imkoniyatlar Middleware tizimining administrator interfeysida amalga oshirilishi mumkin. Muhimi shundaki, o’zgartirishlar kiritilganda xizmatlar, ma’lumotlar bazasining o’zgarishidan tashqari Middleware tizimi IP-televideniya kompleksi ichiga kiruvchi boshqa tizimlarga ham axborot beradi.
Xususan, telekanal va kanallar paketlari haqidagi axborot o’zgarganda Scentra tizimi shartli chiqish tizimiga ham o’zgartirish kiritadi va abonentlar yangi xizmatni tezkor qabul qiladi.
«So’rov bo’yicha Video» xizmat ko’rsatishini boshqarish qismida ham Middleware tizimi nafaqat o’zining “ichki” ma’lumotlar bazasini muxarrirlashni, balki videomateriallar videoserverda borligini ham nazorat qilishi kerak. Middleware ma’lumotlar bazasini va boshqa apparat va dasturiy tizimlarini sinxronlash funksiyasini amalga oshirish IP - televideniya kompleksida xizmat ko’rsatishlarni boshqarishni yengillashtiradi va qo’lda kiritish xatoliklarini oldini oladi, buning natijasida kompleks ishlash sifati oshadi va abonentlar operator ishidan mamnun bo’ladilar.

1.6-rasm. Xizmat ko’rsatish va kompleks boshqarishni quyi tizimi




Yüklə 50,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin