kelganda paydo bo‘ladi. Chunki narxlar urushi ishlab chiqaruvchilar oladigan foydani kamaytiradi.
Nazorat uchun savollar
1.
Baho nima?
2.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida qanday narxlar mavjud?
3.
Erkin narx deganda nimani tushunasiz?
4.
Narxga ta’sir etuvchi omillarni sanab bering.
5.
Narx strategiyalarini tushuntiring.
XI bob. SOTISH SIYOSATI
11.1.Tovarlarni tarqatish tarmoqlari xususiyatlari va ularning tuzilishi
Tovar ishlab chiqarilib
unga narx belgilangach, tadbirkor uni tarqatish yoki iste’molchilarga
yetkazishga harakat qilishi kerak. Shu bois marketing kompleksi tizimida savdo siyosati (o‘tkazish,
yetkazib berish, sotish) alohida o‘rinni egallaydi.
Savdo tizimi – tashkilot mahsulotini maqsadli iste’molchilar xarid qilishi uchun yengil bo‘ladigan
holga keltirishga yo‘naltirilgan faoliyatini tavsiflovchi marketing kompleksi elementidir.
Savdo–mahsulotning korxonadan chiqqandan keyingi bajariladigan hamma tadbirlar kompleksini:
mahsulotni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazib berishning optimal tizimini tanlash, uning
transportirovkasi, omborga joylashtirilishi,
saqlanishi, ulgurji va chakana savdo bo‘g‘inlariga
yuborilishi, sotishdan oldin ishlov berish va tovarning xususiy sotilishi, shuningdek, sotuvdan
keyingi (servis) iste’molchilarga xizmat ko‘rsatilishini o‘z ichiga oladi. Savdo (o‘tkazish) va sotish
tushunchalarining qanchalik mosligi ana shunda ko‘rinadi. Savdo (o‘tkazish) o‘zida
jarayonlarning
butun bir tizimini aks ettiradi, sotish esa uni yakunlaydi.
Savdo tizimi o‘z faoliyatini ifodalashi uchun o‘ziga xos bo‘lgan tushuncha ishlab chiqiladi. Ulardan
ayrimlariga to‘xtalamiz.
Mahsulotni iste’molchiga yetkazishgacha bo‘lgan asosiy masalalardan biri savdo kanallarini tanlash
hisoblanadi.
Savdo kanali orqali ishlab chiqarish tashkilotlaridan tovar iste’molchilarga yetkazilib,
individual
iste’mol qilish yoki foydalanish imkoniyati amalga oshiriladi, ya’ni bu tovarlarni ishlab
chiqaruvchidan iste’molchi tomon harakatlanuvchi yo‘li.
Sotuv kanali –bu ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga tovar yetib borishini ta’minlashda ishtirok
etuvchi tashkilot. Sotuv kanali alohida olinganda quyidagilar bilan asoslanadi:
•
mahsulotlarni tarqatishda moliyaviy
xarajatlarni qisqartirish;
•
xarajatlarni qisqartirish hisobiga ishlab chiqarishni rivoj-
lantirish;
•
tovar sotuvini samarali yo‘llar bilan tashkil etish;
•
sotuv hajmlarining oshishi, maqsadli bozorlarga tovarni yetkazish.
Savdo kanallarini ularni tashkil etuvchi darajalar soni bo‘yicha tavsiflash mumkin.
Vositachilar darajasi – tovarning yaqinlashuvi va unga oxirgi xaridorning
mulk egasi huquqi
bo‘yicha ma’lum ishlarni bajaruvchi har qanday vositachi.
Mustaqil darajalar soni savdo kanali vositasi uzunligini belgilaydi. Belgilangan ishni ishlab
chiqaruvchining o‘zi va oxirgi iste’molchi bajargani uchun ular ham istalgan vosita tarkibiga
kiradilar. Uzunligiga bog‘liq holda savdo kanallari (vositalari)ning quyidagi turlari farqlanadi.
Eng soddasi nol darajali kanal (vosita) hisoblanadi. U tovarni bevosita iste’molchilarga sotuvchi
ishlab chiqaruvchidan tashkil topadi.
1.
–
Dostları ilə paylaş: