hozir kelishilgan narxda olish-sotishni, biroq uni ma’lum paytda yetkazib berishni ko‘zda tutadi.
Birja tovarlari narxlari naqd savdo qiluvchi bozorning joriy narxlariga asoslanadi, lekin bundan
tashqari ularda foiz stavkalari va inqiroz sur’atlarining o‘zgarishlari ham hisobga olinadi.
Tovar birjalarida narxlari vaqti-vaqti bilan kuchli o‘zgarib turadigan tovarlar bilan operatsiyalar
o‘tkaziladi. Haqiqiy tovar almashinishi yuz beradigan naqd pulli bozorlardan farqli ravishda tovar
birjalarida faqat shartnomalar oldi- sotdilari o‘z o‘rniga ega.
10.2.- jadval
Mahsulotning (xizmatning) narxi va qadrliligi o‘rtasidagi aloqa
Mahsulot / xizmat
Xaridorning
didi va
istaklari
Xaridor tomonidan qabul qilingan
mahsulotning(xizmatning)
qadrliligi
NARX
Xaridorning mahsulotni xarid
qilishga tayyorligi
Boshqa marketing vositalari
Xaridorning moliyaviy ahvoli
Monitoring – kuzatish, korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida axborot yig‘ish va
umumlashtirish tizimi. Narxlar monitoringi esa ro‘yxatdan o‘tkaziladigan shartnomalar qo‘shimcha
ustama xarajatlarsiz, vositachilik xizmatlarisiz tuzilganligi hamda narxlarning maqsadga
muvofiqligini kuzatishdir. Xaridorning mahsulot sotib olishi jarayonidagi narx va qiymat o‘rtasidagi
muvozanat 10.2. jadvalda keltirilgan.
Tovarning qadrliligiga eng avvalo, uning xususiyatlari, ya’ni ushbu xususiyatlar xaridorlar didiga
qanchalik mosligiga bog‘liq. Yuqorida ko‘rsatilgan xususiyatlarning
baholanishi xaridorlarning
subyektiv qabul qilishiga bog‘liq. Mahsulotning bir xil xususiyatlari xaridorlar tomonidan har xil
baholanishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, xaridorlar bir xil mahsulot uchun har xil narx
to‘lashga tayyordirlar. Mahsulotning qadrliligiga marketing vositalari ta’sir qiladi (korxonaning
imiji, marka imiji sotish sharoitlari, reklama va boshqalar). Shuning uchun yangi sotuvchining
yutug‘ini faqat mahsulotning past narx bilan belgilab bo‘lmaydi. Past narxda sotuvchining yutug‘i
faqatgina xaridorning hech bo‘lmaganda sifatga bo‘lgan ehtiyojini qondirishi kerak.
Tovarni bozorda namoyish qilish narxlardan marketing kompleksi elementlaridan biri sifatida tovar,
savdo (o‘tkazish) va rag‘batlantirish bilan bir qatorda faol foydalanishni ko‘zda tutadi. Narx
samarali narx siyosatini o‘tkazish sharoitida maqsadli bozorga ta’sir etishning aniqravshan
vositasiga aylanadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda uzoq vaqtlargacha narx iste’molga oid qarorlar qabul
qilinishining eng muhim mezoni bo‘lgan. Hayot darajasi nisbatan past bo‘lgan mamlakatlar uchun
va
shuningdek, ommaviy talab bo‘lgan tovarlarga nisbatan bunday yondashuv bugungi kunda ham
adolatli hisoblanadi. Hozirgi davrda narx siyosatining roli tovar, savdo va rag‘batlantiruvchi siyosat
kabi iste’molchiga ta’sir etuvchi narxga oid bo‘lmagan choralarga nisbatan tushmoqda. Shu
munosabat bilan mutaxassislar bevosita narxga oid raqobatdan qochishni, narxga oid bo‘lmagan
raqobatdan faol foydalanishni, bozorni segmentlash, bozorda o‘z o‘rnini qidirib topish, tovarni,
uning sifatini differensiyalash, yangi tovarlarni ishlab chiqish, reklama
metodlari va vositalarini
kengaytirish va savdoni rag‘batlantirish, savdo tizimi samaradorligini oshirishni tavsiya
qilmoqdalar. Ammo shunga qaramasdan narx o‘ta muhim, bozordagi ahvolga va tadbirkorning
oladigan foydasiga katta ta’sir o‘tkazuvchi marketing siyosatining jiddiy elementiligicha qolmoqda.
Xaridorlar bozori sharoitida narxlar darajasi sezilarli darajada iste’molchilar tomonidan belgilanadi,
sotuvchining narx sohasidagi imkoniyatlari keyin paydo bo‘ladi. Biror bir tovarni sotib olmoqchi
bo‘lgan xaridor uchun narx “iqtisodiy qurbonlik” hisoblanadi. Xaridor bu ”qurbonlik”ni tovarni
sotib olish va undan foydalanishdan keladigan foyda bilan taqqoslaydi, tovarning foydasi uning
narxiga nisbatan yuqori, deb hisoblagandan keyingina sotib oladi. Xaridorlar hatto yuqori narx bilan
bo‘lsa ham sifatli tovar sotib olishni afzal ko‘radilar.Tovar sotib olgan odam uchun qancha foydali
bo‘lsa, uning yuqori narxi shunchalik oqlangan bo‘ladi. Ommaviy xaridorlar
uchun imkoniyatli
narxlardagi yaxshi sifatli tovarlar kerak. Shunday qilib, xaridorlar narxlarga talab, daromadlar
darajasi, istak va mos keluvchi tovarni sotib olish imkoniyati bilan ta’sir o‘tkazadi. Xaridorlar
tomonidan narxlarni ruhan idrok etish omili juda muhim.
Narxlarning asosiy darajasi hisobi bozorga chiqarilgan tovarga talab (uning hajmi va dinamikasi) va
savdoning aniq bozorida talabning har bir guruhi bo‘yicha elastikligini aniqlash bilan boshlanadi.
Marketing bo‘yicha mutaxassis nafaqat narx va buning natijasida yuzaga kelgan talab orasidagi
bog‘liqlik xarakterini talab qonuni bilan ifodalanishini, shuningdek, ushbu mahsulotning turlicha
narxiga talab qanchalik qaratilayotganini ham bilishi kerak. Bu bog‘liqlik darajasini talabning
narxga oid elastikligi (o‘zgarishliligi), deb atash qabul qilingan va grafik
jihatdan u egri talabning
egilishidagi ma’lum burchak sifatida tasvirlanadi.
Oddiy vaziyatda narx va talab bir-birlariga teskari bog‘liqlikda bo‘ladi, ya’ni narx qancha yuqori
bo‘lsa, talab shuncha kam bo‘ladi. Budjeti cheklangan iste’molchilar muqobil tovarlarni tanlashga
duch kelganlarida ular uchun narxi juda yuqori bo‘lganlarini juda kam sotib oladilar.
Raqobat orqali narxni o‘zgartirish talabning oshishi yoki pasayishiga bog‘liq. Aksincha, narx qancha
past bo‘lsa, talab shuncha oshadi. Baho talab qayishqoqligining o‘zgarishiga olib keladi. Ammo
hamma xaridorlar ham bahoning o‘zgarishiga bir xil munosabatda bo‘lmaydilar.
Elastik, deb narxlarning sezilmas o‘zgarishidan ham sezilarli o‘zgaradigan talabga aytiladi.
Talabning elastik (o‘zgaruvchan)ligi raqobat darajasiga bozorda substit (o‘rnini bosuvchi) tovarlar
mavjud bo‘lganda, xaridorlarning daromad darajalari va muomala qila olish (xarid qobiliyati)
xususiyatlariga bog‘liq. Miqdoriy jihatdan u sotilgan tovar hajmi foizli o‘zgarishining uning narxi
foizli o‘zgarishiga bo‘lishdan chiqqan qismi sifatida aniqlanadi. Talab qanchalik kam elastik bo‘lsa,
tovarning sotuvchisi unga shunchalik yuqori narx belgilashi mumkin. Va aksincha, talab qanchalik
elastik bo‘lsa, sotuvchi firmada o‘z mahsulotiga emas, boshqalarnikiga
narxlarni pasaytirish
siyosatidan foydalanishiga to‘g‘ri keladi, bu esa savdo hajmining va firma foydasining keskin
oshishiga olib keladi. Narx elastikligi asosida belgilangan talab narxlarning yuqori chegarasini
shakllantiradi.
Agar raqobat cheklangan bo‘lsa, firmaning narx ustidan nazorat darajasi oshadi, bozorning ta’siri
esa pasayadi. Raqobat yuqori darajada bo‘lganda narxni bozor boshqaradi. Shuning uchun bozor
yetakchisi narxlarni hisob-kitob qilganda xomashyo, materiallar yetkazib beruvchilar narxini,
o‘xshash mahsulotlar ishlab chiqaradigan raqobatchilar narxini, bir xildagi o‘xshash tovarlar taklif
qiluvchi raqobatchilar narxini e’tiborga olishlari kerak. Tovar narxi darajasi va uning strukturasi
raqobatchi firmalarning o‘xshash tovarlari bilan ular sifatining texnik-iqtisodiy
parametrlari va
boshqa raqobatbardoshlikni tashkil etuvchilari asosida taqqoslash bilan belgilanadi. Taqqoslash
raqobatchilar tovarini xarid qilish, xaridorlar fikrini so‘rash kabilarni ko‘zda tutadi. Narxlar unga
raqobatchilar tomonidan bo‘ladigan reaksiyani hisobga olib, tuzatiladi. Bu holatni pisand qilmaslik
firma narx siyosatining mag‘lubiyatiga va uning tadbirkorlik faoliyati izdan chiqishiga olib kelishi
mumkin. Narx urushi bo‘shashgan (sust) firmalarni bozordan siqib chiqaradi. Shunday qilib, narxlar
darajasi birinchi navbatda, firma, xaridorlar va raqobatchilar manfaatlarini tenglashtirmog‘i lozim.
Narxlar darajalari aytib o‘tilgan omillaridan tashqari davlat boshqaruvi choralariga ham (hukumat
antidemping va antitrest qonunlar doirasida ta’sir etishi mumkin), shuningdek,
mamlakat va ushbu
bozordagi soliqqa tortish tizimi va inqiroz darajasi xarakteridan, davlat moliyaviy ahvoli, valuta
kurslari nisbati, siyosiy vaziyat va boshqalardan kelib chiqib ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: