1-Loyiha ishi Bajardi: 218-21 guruh talabasi Toirov Doston



Yüklə 149,3 Kb.
səhifə9/10
tarix27.12.2023
ölçüsü149,3 Kb.
#199380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2 5463246723189061948

3 bob bo‘yicha xulosa
Bu bobda PostgreSQL database muhitida yaratilgan ma’lumotlar bazasini
ishlarini amalga oshirildi. Loyiha yaratish uchun muhit tanlandi. Bular: PostgreSQL database muhitlari. Ushbu loyiha ishini bajarish mobaynida PostgreSQL muhitida ishlash bo’yicha ko’plab ko’nikmalar hosil bo’ldi. Bajarish mobaynida bir qancha muammolar ham kelib chiqdi. Ularni bartaraf etgan holda avtomatlashtirilgan tizim ma’lumotlar bazasi oxiriga yetkazildi. Ushbu muammolardan eng muhimlari bu PostgreSQL muhitini interfeysga bog‘lash vaqtida yuzaga keldi.PostgreSQL muhitida ma’lumotlar bazasini yaratib turli xil o‘zgarishlarni ya’ni bazalarni bir-biriga bog’lash, obyektlar o’rtasidagi aloqa ya’ni norelatsion ma’lumotlar bazasini qanday tuzish va bu yaratilgan bazada ishlash ko’nikmalar paydo bo’ldi. Kelajakda bu muhitlarda ishlash zarurati yuzaga kelsa, bemalol bu muhitlarda proyektlar olib, ishlash imkoniyati tug’ildi. PostgreSQL ma’lumotlar ombori mukammal ekanligini bilib oldim. Kelajakda o’z loyihalarimda albatta foydalanishim kerak degan xulosaga keldim.

XULOSA
Bugungi kunga kelib yurtimizda informatsion texnologiyalar va axborot
texnologiyalarini rivojlantirish yo’lida bir talay ishlar amalga oshirilmoqda. Buni
birgina bu sohada ishlab chiqilgan qaror, qonun va farmonlar misolida ham
ko’rishimiz mumkin. Men bu loyiha ishini bajarib ko’pgina bilimlarni o’rgandim.
Bu dastur ishini bajaradigan dasturlar ko’p. Lekin bu dastur juda ahamiyatli.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki loyiha ishini bajarish davomida bir qator
bilimlar egallandi. Bu loyiha ishini bajarish davomida men juda katta bilim va
ko’nikmalarga ega bo’ldim. Bu olgan bilim va ko’nikmalarim kelajakda o‘z
kasbimning ustasi bo’lishimda yordam berishiga ishonchim komil.
Bugun global kompyuter tarmoqlarining tashkil etilishi natijasida dunyoda
axborot uzatish va tarqatish sohasida ro’y bergan keskin o’zgarishlar sabab bo’ldi.
Xalqaro tahlilchilarning ma’lumotlariga ko’ra, jami korporativ axborotning qariyb
30 foizi ma’lumotlar bazasida yo’nalishlarga bo’lingan va bo’linmagan holda
elektron shaklda almashilmoqda hamda saqlanmoqda. Shubhasiz, bunday sharoitda
elektron hujjat aylanishi yanada tez rivojlanadi. Bu esa axborot almashish tezligini
ancha oshirib, uni saqlash joylariga bo‘lgan ehtiyojni jiddiy ravishda kamaytirish
imkonini beradi.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki bu loyiha ishi . Toshkent metropoliteni kassasi ma’lumotlar bazasini tizimi vaqtdan yutish, qisqa vaqt ichida talabini bajarish va ortiqcha sarf xarajatlarni qisqartirish hamda xodimlar ishlarini yengillashtirishdan iborat. Bu loyiha ishini bajarish davomida ko’pgina bilimlarga ega bo‘ldim va mavjud
bilimlarimni boyitdim. PostgreSQL ma’lumotlar bazasida ishlashni o‘rgandim hamda ko‘nikmalarimni yanada takomillashtirdim. O‘ylaymanki ko’zlangan maqsadga qaysidir ma’noda erisha oldim. Umuman olganda ushbu loyiha ishi men uchun juda foydali ekanligi, kelajakda o’z kasbimning yetakchi mutahasisi bo’lishimga zamin yaratadi degan umiddaman.



Yüklə 149,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin