1-Loyiha ishi Bajardi: 218-21 guruh talabasi Toirov Doston


POSTGRESQL ma’lumotlar bazasini boshqarish haqida



Yüklə 149,3 Kb.
səhifə4/10
tarix27.12.2023
ölçüsü149,3 Kb.
#199380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2 5463246723189061948

POSTGRESQL ma’lumotlar bazasini boshqarish haqida.

Ma'lumotlar bazalari ko'plab veb-saytlar va ilovalarning asosiy komponenti bo'lib, Internetda ma'lumotlarni saqlash va almashishning asosini tashkil qiladi. Ma'lumotlar bazasini boshqarishning eng muhim jihatlaridan biri bu ma'lumotlar bazasidan ma'lumotlarni olish amaliyotidir, xoh u vaqtinchalik yoki dasturga kodlangan jarayonning bir qismi. Ma'lumotlar bazasidan ma'lumot olishning bir necha yo'li mavjud, ammo eng ko'p qo'llaniladigan usullardan konsol orqali querylarni yuborish orqali amalga oshiriladi.
Relational ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlarida query(so'rov) tabledan(jadval) ma'lumotlarni olish uchun ishlatiladigan har qanday buyruqdir. Structured Query Language (SQL)-da querylar deyarli har doim SELECT statementi yordamida amalga oshiriladi.
Ushbu qo'llanmada biz SQL querylarining asosiy sintaksisini, shuningdek, ko'proq qo'llaniladigan ba'zi funksiyalar va operatorlarni muhokama qilamiz. Shuningdek, biz PostgreSQL ma'lumotlar bazasidagi ba'zi namunaviy ma'lumotlardan foydalangan holda SQL querylarini bajarishni mashq qilamiz.
PostgreSQL, ko'pincha "Postgres" deb qisqartiriladi, bu ob'ektga yo'naltirilgan yondashuvga ega bo'lgan ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi bo'lib, ma'lumot PostgreSQL sxemalarida ob'ektlar yoki sinflar sifatida taqdim etilishi mumkinligini anglatadi. PostgreSQL standart SQL bilan chambarchas mos keladi, garchi u boshqa relation ma'lumotlar bazasi tizimlarida uchramaydigan ba'zi xususiyatlarni ham o'z ichiga oladi.
PostgreSQL - bu relyatsion ma'lumotlar omborini boshqarish tizimi. Ya'ni, ma'lumotlarni boshqarish tizimi bo'lib, u aloqalar(relation) ko'rinishida taqdim etiladi. Aloqa - jadvallarni matemetik aniq ifodalash. Ma'lumotlarni jadvallarda saqlash hozirgi vaqtda shunchalik tarqalganki, huddi bu ma'lumotlarni saqlashni eng tabiiy yo'li hisoblanadigandek. Lekin ma'lumotlarni saqlashni turli xil boshqa yo'llari mavjud. Masalan, Unix oilasiga kirivchi operatsion tizimlarda fayllar va kataloglar iyerarxik ko'rinishdagi ma'lumotlar ombori. Bundan tashqari hozirgi kunda, opyektga yo'naltirilgan ma'lumotlar ombori juda tez rivojlanmoqda.
Har qanday jadval, nomlangan qatorlardan tashkil topadi. Jadvaldagi hamma qatorlar bir xil nomlangan ustinlardan tashkil topadi. Bu holatda har bitta ustun uchun qandaydir bir tipni ko'rsatish mumkin. Ya'ni bu ustunga tegishli ma'lumotlar qaysi tipda bo'lishi mumkinligini aniqlab olish. Ustunlar tartibi hamma qatorlarda aniq o'zgarmas bo'lada, SQL jadvalda aniq bir tartibni saqlab bermaydi, lekin uni so'rov vaqtida tartiblash mumkin bo'ladi.
Jadvallar ma'lumotlar omboriga birlashtiriladi, aniq bir PostgreSQL serverdagi ma'lumotlar ombori esa ma'lumotlar ombori klasteri tashkil etadi.

PostgreSQL - bu turli xil ma'lumotlar turlarini qo'llab-quvvatlaydigan kuchli "relational" ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi. Ma'lumotlar turlarini tushunish samarali ma'lumotlar bazasi tuzilmalarini loyihalash va ma'lumotlarni aniq saqlash va qidirishni ta'minlash uchun zarurdir.
PostgreSQL ma'lumotlar turlarining boy to'plamini taqdim etadi, jumladan:

  • Raqamli ma'lumot turlari: Bu ma'lumot turlari raqamli qiymatlarni saqlash uchun ishlatiladi. Masalan, "integer", "float" va "numeric".

  • Belgili ma'lumot turlari: Bu ma'lumot turlari belgilar ma'lumotlarini saqlash uchun ishlatiladi. Masalan, "character", "text" va "varchar".

  • Sana va vaqt ma'lumot turlari: Bu ma'lumot turlari sana va vaqt qiymatlarini saqlash uchun ishlatiladi. Misollar "date", "time" va "timespan" o'z ichiga oladi.

  • Mantiqiy ma'lumot turi: Bu ma'lumotlar turi true/false qiymatlarni saqlash uchun ishlatiladi.

  • Massiv ma'lumot turlari: Bu ma'lumot turlari massivlarini yoki qiymatlar ro'yxatini saqlash uchun ishlatiladi. Masalan, integer[], text[] va numeric[].

  • Kompozit ma'lumot turlari: Bu ma'lumot turlari bir-biriga bog'liq maydonlarni bitta tuzilishga guruhlash uchun ishlatiladi.

  • Tarmoq manzili ma'lumot turlari: Ushbu ma'lumot turlari IP manzillari va MAC manzillari kabi tarmoq manzillarini saqlash uchun ishlatiladi. Masalan, "inet" va "macaddr".

PostgreSQL tez va ishonchli tizim bo’lib, an’anaviy RDBMS ilovasidan foydalanish mumkin bo’lgan har qanday joyda foydalanish mumkin. Biroq, uni muayyan muhitda uchratish odatiy holdir. Quyida PostgreSQL-dan foydalanishning asosiy holatlari keltirilgan.


PostgreSQL ko’pincha tuzilgan(structured) va tuzilmagan(unstructured) ma’lumotlar, jumladan, audio, video va elektron pochta xabarlari birgalikda saqlanishi kerak bo’lganda ishlatiladi.PostgreSQL PostGIS extensioni(kengaytma)ni o'z ichiga oladi, shuning uchun u geospatial ma'lumotlar bazalari bilan yaxshi ishlaydi. U joylashuvga asoslangan xizmatlar va geografik axborot tizimlari (geographic information systems (GIS)) uchun ishlatiladi.
Matlab va R kabi matematik va statistik ilovalar bilan birgalikda ishlatiladi.
PostgreSQL LAPP stackining bir qismini tashkil qiladi, LAAP - Linux, Apache, PostgreSQL va PHP/Python tillarini anglatadi, bu asl LAMP stackiga raqobatbardoshdir. Boshqa data storelari bilan osongina birlashtirilganligi sababli, u turli ma'lumotlar bazasi tizimlari uchun federatsiyalashgan markaz sifatida yaxshi ishlaydi. PostgreSQL ko’pincha onlayn tranzaksiyalarni qayta ishlash (online transaction processing (OLTP)), ma’lumotlarni saqlash va masshtablangan veb-ilovalar kabi talabchan rollarda qo’llaniladi.Aniqrog’i, u hech bo’lmaganda qisman Reddit, Skype biznes bo'limi, NOAA/NWS va TripAdvisor tomonidan qo’llaniladi.


Yüklə 149,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin