1. Loyiha- texnikaviy va montaj- texnologik xujjatlari. Bino va inshootlarning qurilish qismini montajga qabul qilish



Yüklə 100,26 Kb.
səhifə1/5
tarix28.07.2022
ölçüsü100,26 Kb.
#62919
  1   2   3   4   5
Montaj ishlariga tayyorgarlik va tashkil qilish


Montaj ishlariga tayyorgarlik va tashkil qilish

Reja:
Kirish


1.Loyiha- texnikaviy va montaj- texnologik xujjatlari.
2. Bino va inshootlarning qurilish qismini montajga qabul qilish.
3.Ob’yektning ishlab chiqarish texnologik jihozlanganligi.
4. Jihoz va rostlash armaturlarini montaj oldi tekshiruvdan o‘tkazish.
5. Montaj maydonchasi va ustaxonalarini tashkil qilish.
6. Montaj ishlarini bajarish bo‘yicha umumiy tushunchalar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Loyiha- texnikaviy va montaj- texnologik xujjatlari.
Ishlab chiqarish korxonasi samaradorligi va mahsulot sifati ko‘p jihatdan jihozni samarali va oqilona ishlatishga bog‘liq. Bu esa o‘z navbatida jihozni to‘g‘ri o‘rnatish, sozlash, ta’mirlash bilan ta’minlanadi. Buning uchun sozlovchi, ta’mirlovchi va montajchilar jihozning yig‘ma birlik va mexanizmlarining tuzilishi, kinematik sxemasi, ishlash prinsipi, o‘ziga xos xususiyatlari, mashina va apparatlar parametrlarining mahsulot sifatiga ta’sirini yaxshi bilishlari lozim.
Montajchi, sozlovchi va ta’mirlovchilarning faoliyati mahsulot sifatini, syex bo‘limlarining sanitar - gigiyenik holatini, ishchilar xavfsizligini, jihozning ishonchli va uzoq vaqt ishlashini, suv, bug‘, material, elektr energiyasi sarfini, mahsulot tannarxini bevosita belgilab beruvchi omildir.
Montajchi, sozlovchi va ta’mirlovchilar doimiy ravishda o‘z bilimlarini chuqurlashtirishlari va mukamallashtirishlari, amaliy ko‘nikmalar hosil qilishlari lozim.
Oziq -ovqat sanoatida ishlatiladigan texnologik jihozlarni, oqim-mexanik tizimlarni va qurilmalarni montaj qilish, sozlash va ta’mirlash ishlari qiyin va ko‘p mehnat sarflanadigan ishlarga kirdi. Jihozlarni, konstruksiya va kommunikasiyalarni montaj qilish, sozlash va ta’mirlash paytida texnologik qoidalarga rioya qilish hal qiluvchi darajada ularning samarali va xafvsiz ishlatilishini ta’minlaydi. Montaj va ta’mirlash ishlari bilan mashg‘ul bo‘lgan injener-texnik xodimlarning saviyasi, ularning progressiv va mukammal ish texnologiyalarni bilishi bu masalada muhim ahamiyatga ega.
"Texnologik mashina jihozlarini o‘rnatish va ta’mirlash" kursi muxandis-mexaniklar, chilangarlar kabi texnik xodimlarni tayyorlashda boshqa mutaxassislik kurslari kabi asosiy fanlardan hisoblanadi.
Montaj, sozlash va ta’mirlash masalalarini o‘rganish talabalarga kelgusida korxonalarni texnik qayta ta’mirlash va rekonstruksiyalashda, loyiha - konstruktorlik va montaj korxonalarida ishlashda kerak bo‘ladi.
"Jihozlarni o‘rnatish va ta’mirlash" kursi 2 qismdan iborat. Birinchi qismda texnologik jihozlar va kommunikasiyalarni montaj qilishni tashkil qilish masalalari texnologiyasi va iqtisodiyoti o‘rganiladi. Ikkinchi qismda shu jihoz va kommunikasiyalarni ta’mirlash va sozlash ishlarining tashkil qilish masalalari, texnologiyasi va iqtisodiyoti o‘rganiladi.
Loyiha-texnikaviy hujjatlar jihoz, metallokonstruksiya va truboprovodlarni montaj qilishni va texnologik jihozlarni montaj texnikaviy qismini o‘z ichiga oladi.
Ish chizmalariga quyidagilar kiradi:
- chizmalar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan sarvaraq ;
- bino va inshootlarning yer osti va yer usti kommunikasiyalari, transport yo‘llari belgilangan bosh plani;
- Qurilish tashkiloti loyihasi;
- texnologik, sovutish va isitish qismlarining ishchi loyihalari, syexlar va bo‘limlarning sxema va qirqimli planlari, mahsulot, bug‘, suv va sovutish uzatish qurilmalari sxemalari;
- texnologik jihozlarni tanlashning asoslangan va hisoblashlari mavjud bo‘lgan hisob -tushuntiruv yozuvi;
- texnologik truboprovodlar, nostandart konstruksiya detallari va yig‘ma birliklar umumiy ko‘rinishi chizmalari;
- ish turlari va qurilish ob’yektlari bo‘yicha montaj ishlari hajmi vyedomosti.
Texnologik truboprovodlar ish chizmalari, montaj - texnologik sxemalari, truboprovodlarning montaj chizmalari, spesifikasiyani o‘z ichiga oladi.
Truboprovodlarning montaj chizmalarida bog‘lovchi o‘lchamlar, balandik belgilari, qiyaliklari, mahkamlash joylari ko‘rsatiladi.
Tayyorlovchi-zavod texnik hujjatlari jihozlarining yig‘ma chizmalari, tayyorlash shartlari, montaj va ishga tushirish bo‘yicha yo‘riqnoma, yig‘ish, sinovdan o‘tkazish aktlarini o‘z ichiga oladi.

2. Bino va inshootlarning qurilish qismini



Yüklə 100,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin