1. Kreditning bahosiga tasir etuvchi omillar Markaziy bank va uning funksiyalari



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə2/2
tarix22.06.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#133963
1   2
pul bank

Pulning metallik nazariyasi
Pulning metallik nazariyasi kapitalning dastlabki davrida taraqqiy etdi. Moneta tarkibini buzish (monetaning og’irlik miqdorini kamaytirish)ga qarshi kurashda progressiv rol o’ynadi. Bu nazariyalar o’sha davr ruhi va tuzilayotgan burjuaziya ehtiyojlarini aks ettirib, merkantilistlar baquvvat metall pullari tarfdori bo’lib chiqdilar. Bu nazariya o’sha davr kapitalizmining eng rivojlangan davlati Angliyada maydonga keldi.
Metallik nazariyaning asoschilari
Metallik nazariyaning asoschilaridan biri U.Stefford (1554-1612y.) edi. U o’z qarashlarini o’zining Londonda 1581 yilda chop etilgan «Vatandoshlarimizning ba’zi odatiy arizalarining qisqartmasi» asarida bayon etdi. Bu oqim tarafdorlari Angliyada T.Men (1571-1641y.), D.Nors (1641-1691y.), Frantsiyada bu ta’limotni A.Monkreten (1575-1621y.), Italiyada F.Tamani (1728- 1787y.) va boshqalar rivojlantirdi. Ularning fikricha barqaror metall valyuta jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining muhim shartlaridan biridir. Jamiyat a’zolarining jamg’arishga bo’lgan intilishi iqtisodchilarning boylikning manbaini o’rganishlariga sabab bo’ladi. Ular bu manbani savdodan izladilar. Ularning e’tirof etishlaricha aktiv savdo balansi mamlakatga oltin va kumushning kelishini ta’milaydi. Ilk metall nazariya tarafdorlarining asosiy kamchiliklari qo’yidagilardan iborat edi:
ilk metallchilar haqiqiy pullarni qiymat belgilari bilan almashtirish zarurligi maqsadga muvofiq kelishini tushunib etmadilar;
ilk metallchilar pulning jamiyat taraqqiyotida tovar muomalasi asosida yuzaga kelgan tarixiy kategoriya ekanligini tushunmadilar;
ular jamiyat boyligi deb qimmatbaho metallarni jamg’arishni tushundilar va «bunday boylik manbai savdodir» degan noo’rin fikrga keldilar.
XIX asrning ikkinchi yarimiga kelib nemis iqtisodchisi, tarixiy maktab vakili K.Knis (1821-1898 y.) bu nazariyani himoya qilib chiqdi. Bu g’oyaning qayta tiklanishiga 1871-1873 y. da Germaniyaga kiritilgan oltin tanga standarti sabab bo’ldi. K.Knis targ’iboti metallchilar nazariyalarini yangi sharoitga moslashtirdi. Knis pul sifatida faqatgina metallni emas, balki markaziy bank banknotalari ham e’tirof etdi. Bu paytga kelib xo’jalikda asosiy rolni kredit o’ynay boshladi va bu oltin monetalar bilan birga muomalada bo’lgan va ularga almashtiriladigan banknota emissiyasining asosini tashkil etdi. K.Knis banknotalarni tan olgan holda hech nima bilan ta’minlanmagan qog’oz pullarga qarshi chiqdi. Uning fikricha pul muomalasi metall bilan ta’minlangan banknotalar va metall monetalarga asoslanishi shart. Qog’oz pullar uning fikricha, xuddi «qog’oz bulka» kabi ma’nosiz narsadir. K.Knis ta’kidlashicha oltin o’z tabiatiga ko’ra puldir. Birinchi jahon urushidan so’ng metallizm tarafdorlari oltin moneta standartni qayta tiklash mumkin emasligini tan olib o’z nazariyalarini himoya qilish maqsadida oltin quyma standart va oltin deviz standartga asoslangan banknota ishlab chiqarishini yoqlab chiqdilar.
XIX asrning ikkinchi yarimiga kelib nemis iqtisodchisi, tarixiy maktab vakili K.Knis (1821-1898 y.) bu nazariyani himoya qilib chiqdi. Bu g’oyaning qayta tiklanishiga 1871-1873 y. da Germaniyaga kiritilgan oltin tanga standarti sabab bo’ldi. K.Knis targ’iboti metallchilar nazariyalarini yangi sharoitga moslashtirdi. Knis pul sifatida faqatgina metallni emas, balki markaziy bank banknotalari ham e’tirof etdi. Bu paytga kelib xo’jalikda asosiy rolni kredit o’ynay boshladi va bu oltin monetalar bilan birga muomalada bo’lgan va ularga almashtiriladigan banknota emissiyasining asosini tashkil etdi. K.Knis banknotalarni tan olgan holda hech nima bilan ta’minlanmagan qog’oz pullarga qarshi chiqdi. Uning fikricha pul muomalasi metall bilan ta’minlangan banknotalar va metall monetalarga asoslanishi shart. Qog’oz pullar uning fikricha, xuddi «qog’oz bulka» kabi ma’nosiz narsadir. K.Knis ta’kidlashicha oltin o’z tabiatiga ko’ra puldir. Birinchi jahon urushidan so’ng metallizm tarafdorlari oltin moneta standartni qayta tiklash mumkin emasligini tan olib o’z nazariyalarini himoya qilish maqsadida oltin quyma standart va oltin deviz standartga asoslangan banknota ishlab chiqarishini yoqlab chiqdilar


Frank (frans. franc) — 1) Fransiya pul birligi. 1799-yildan livra oʻrniga muomalaga kiritilgan. 1 F.= 100 santim. Xalqaro ifodasi FRF. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 F.= 91 soʻm 32 tiyin (2002, fev). 2) Belgiya pul birligi. 1 F.= 100 santim. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari = 45,68 F.; 10 F. = 148 soʻm 49 tiyin (2002, fevral). 2002-yil 1-yanvardan Yevropa Ittifoqi tarkibidagi mamlakatlarda yagona pul birligi — yevro muomalaga kiritilishi bilan Fransiya va Belgiya F.lari 2002-yil 30-iyundan muomaladan toʻxtatildi. 3) Shveysariya pul birligi. 1 F.= =100 santim. Xalqaro ifodasi SNGʻ. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 Shveysariya F.i = 705 soʻm 19 tiyin (2003, fevral).
Shuningdek, Benin, BurkinaFaso, Burundi, Gabon, Gvineya, Kamerun, Kongo, Litxenshteyn, Lyuksemburg, Madagaskar, Markaziy Afrika Respublikasi, Monako, Mali, Niger, Ruanda, Senegal, Togo, Chad va boshqa mamlakatlar pul birligi ham F. deb ataladi. Bu mamlakatlarda 1 F.= 100 santim.

5 frank 1811-yil. Frantsiya, Napoleon
Kumush.




Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin