Qatnov qismining kengligi 10,5 metr va undan kichik bo‘lgan shahar
ko‘priklarida trotuarning minimal kengligi 1,5 metr qilib belgilanadi,
undan katta gabaritlarda trotuar kengligi 2,25 metr bo‘lishi kerak.
Bordyurlarning normal balandligi 0,3 metr bo‘lishi kerak, ammo
harakat havfsizligini oshirish uchun uning balandligini 0,5 metrga qadar
orttirish maqsadga muvofiqdir.
Yo‘lning egri uchastkalarida joylashgan ko‘priklar
gabaritlari
kengaytirilgan holda qabul qilinadi va ularning qiymati hisob – kitob
orqali aniqlanadi.
Qatnov qismining sathi
Daryoning qirg‘oqlari baland bo‘lganda ko‘prik o‘tuvi bo‘ylama
profilining umumiy yechimi ko‘prik qatnov qismini baland joylashishini
talab etadi.
Bunday shartlarda ko‘prik sxemasini
loyihalash paytida qatnov
qismining sathi berilgan bo‘ladi va, shuning uchun, qatnov sathi va kema
qatnovi gabaritining yuqori qismi orasida, ko‘p hollarda,
yetarlicha joy
qoladi. Bu esa tayanchlar ustida va oraliqlarda qurilish balandligi katta
bo‘lgan ko‘taruvchi konstruksiyalarni qo‘llash imkoniyatini yaratadi (2,a
va 3,v – rasmlarga qarang).
Bunday hollarda konstruksiyalari oddiy, qatnovi ustidan bo‘lgan
temirbeton va metall oraliq qurilmalarni muvaffaqiyat bilan qo‘llash
mumkin bo‘ladi. Bu esa tayanchlarning o‘lchamlarini
kamaytirishga,
atmosfera yog‘in-sochinlaridan himoyalanganligi, kundalik ko‘rikning
osonlashishi sababli ko‘prikning ekspluatatsiya shartlarini yaxshilashga
imkon yaratadi.
Ba’zida qatnovi ustidan bo‘lgan oraliq qurilmalar (ularning
afzalliklari tufayli) qatnov sathini ko‘tarish bilan bog‘liq
hollarda ham
qo‘llaniladi. Bunday variantlar qatnovi ostidan bo‘lgan oraliq qurilmalar
qo‘llanilgan variantlar bilan solishtirilganda yaqinlashuv qismidagi
qatnov sathlari orasidagi har-hillikni va er va mustahkamlash ishlari
qiymati orasidagi farqni inobatga olish kerak bo‘ladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan mahalliy shartlarni har tomonlama tahlil etish
loyihalanayotgan ko‘prik variantlarini
ishlab chiqish jarayonida
konstruksiyalarning qanday sistemalari va turlarini qo‘llash maqsadga
muuvofiqligi haqida yaqqol tasavvurga ega bo‘lishga imkon yaratadi.