1. Ixtiyoriy metall kesish stanogining markasini (misol 16K20) yozib izoxlang?



Yüklə 334,6 Kb.
səhifə1/13
tarix05.12.2023
ölçüsü334,6 Kb.
#173240
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Kesish nazariyasi yakuniy JAVOBLARI


1. Ixtiyoriy metall kesish stanogining markasini (misol 16K20) yozib izoxlang?
1)1K62. 2)DIP 300. 3)SP2121. 4)16k20. 5)D29OV Tokarlik stanogi - 1) mashinasozlikda — asosan, doiraviy sirtli buyumlarga yoʻnib ishlov beradigan stanok; metall kesish stanoklarining asosiy guruhini tashkil qiladi. Tokarlik stanogi yordamida sirtlarni yoʻnish, sirtlarda ichki va tashqi rezbalar ochish, parmalash, zenkerlash (parmalangan teshiklarga tozalab ishlov berish), teshiklarni yoʻnib kengaytirish, plashka hamda metchiklar bilan rezba ochish, bir-biriga ishqalab moslash mumkin. Asosiy harakatni zagotovka (xomaki detal), qoʻshimcha harakatni kesuvchi asbob — keskich bajaradi. Zagotovka povolokli, kulachokli, gidravlik yoki pnevmatik patron orqali stanok shpindelidan aylanadi; shpindel esa tezliklar qutisidan harakatlanadi. Keskich supportning salazkasi bilan birgalikda surish validan yoki surish vintidan (rezba ochishda) suriladi. Surish vali va surish vinti Tokarlik stanogining surishlar mexanizmidan aylanadi. Tokarlik stanogining markazlovchi, rezba ochish, tokarlikrevolver (aylanma kallakli), bir shpindelli va koʻp shpindelli karusel (shpindeli tik joilashgan), koʻp keskichli va boshqa turlari bor


2. Asbobsozlik materiallariga qanday talablar qo‘yiladi?
Asbobsozlik poʻlati – Turli asboblar, keskichlar, sovuqlayin va qizdirib deformatsiyalash shtamplari. oʻlchash asboblari va boshqa yasash uchun ishlatiladigan poʻlat. Tarkibida, odatda, 0,6 dan 1,4 % gacha uglerod boʻladi. Asbobsozlik poʻlati uglerodli, legirlangan va tezkesar (koʻp legirlangan) xillarga boʻlinadi. Uglerodli va legirlangan Asbobsozlik poʻlati kichik tezlik bilan ishlaydigan va kesuvchi qirrasi 200 – 300° gacha qiziydigan kesuvchi asboblar, oʻlchov asboblari hamda shtamplari tayyerlash uchun, tezkesar Asbobsozlik poʻlati esa katta tezlik bilan ishlaydigan va kesuvchi qirrasi 560 – 600° gacha qiziydigan kesuvchi asboblar tayyerlash uchun moʻljallangan. Uglerodli Asbobsozlik poʻlati „U“ harfi va undan keyin qoʻyiladigan raqam bilan belgilanadi. „U“ harfi Asbobsozlik poʻlatining uglerodli poʻlat ekanligini, raqam esa poʻlat tarkibidagi uglerod foizining oʻndan bir ulushlarida ifodalangan oʻrtacha miqdorini koʻrsatadi. Masalan, U8 markali poʻlat uglerodli Asbobsozlik poʻlati tarkibida oʻrtacha 0,8 % uglerod borligini bildiradi. Uglerodli Asbobsozlik poʻlatining U7, U8, U9, U10, U I. U12, U13 markalari bor. Tarkibida zararli qoʻshilmalar 0,03 % dan kam „S“ va 0,04 foizdan kam „R“ uglerodli Asbobsozlik poʻlatining markasi oxiriga „A“ harfi qoʻyiladi, masalan, U7A, U8A, U9A va hokazo Legirlangan Asbobsozlik poʻlati koʻp tarqalgan X, 9XS, XG, XVG, XV5, X12, FG, 7X3, 4XS. 4X2V8 markali poʻlatlardir.



Yüklə 334,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin