Tijorat yozishmalari Tashqi iqtisodiy faoliyatning turli tomonlarini rivojlantirishda tijorat yozishmalari ahamiyatli o'rin tutadi. Bunda bitim, shartnoma tuzish va bajarish bilan bog‘liq masalalar ifodalanadi.
Tijorat yozishmalarining shakli aslida 150 yil avval Angliyada paydo bo'lgan va u ish yuritishda keng ommalashib ketgan.
Tijorat yozishmalarida shartnomasimon hujjatlar qo'llaniladi. So'rovnoma, oferta (taklif xat), buyurtma xat, aksent (rozilik xati), bank hujjatlari (schet, faktura, avizo) ham shu tijorat xatlariga kiradi.
Tijorat xatlari vazifasiga ko'ra: 1) so'rovga javob; 2) oferta-taklifga javob turlariga bo'linadi. Shuningdek, da'vo (reklamatsiya)ga javob shakli ham uchraydi.
So'rov xatida tovar yetkazib berishni taklif etib murojaat etilishi yoki umuman tovar haqida ma'lumot berilishi so'raladi. Oferta (taklif)da oldi-sotdi shartnomasi tuzish uchun rozilik bildirganda yoziladigan hujjat. Oferta shartlariga rozi bo'linsa, bitim tuzilgan hisoblanadi. Taklifning biror sharti to'g‘ri kelmasa, yozishma davom etadi.
Soha lug‘atlari. Ularda terminlar va birikmalarning berilishi. Leksikografiya lot. lexikos — so‘z, grapho — chizmoq, yozmoq so‘zlaridanolingan bo‘lib, lug‘at tuzish amaliyoti va nazariyasi bilan shug‘ullanuvchi tilshunosiikning bo‘limidir.
Leksikografiya nazariyasining predmeti lug‘at tuzish tamoyillari va usullaridir.
Leksikografiya amaliyoti esa lug‘at tuzuvchilarning ishini tashkil etish, so'zlarni kartochkalarga tushirish, sistemaga solish va saqlash singarilarni o‘z ichiga oladi. Leksikografiya nazariyasida lug‘at turlari, so‘zlik tarkibi va so‘z maqolasining tuzilishi asosiy o‘rinni egallaydi.
Lug‘atlar ikki turli bo’linadi:
1) ensiklopedik (qomusiy) lug‘atlar;
2) filologik (lingvistik) lug‘atlar.
Bu ikki turdagi lug‘atlar lug‘at birliklarining nimaga qaratilgani bilan farqlanadi. Lug‘atga kiritilayotgan birliklar barcha tushunchalarni o‘z ichiga olsa, ensiklopedik (qomusiy) lug‘at; ma’lum bir tildagi so‘zlarni o‘z ichiga olsa, filologik (lingvistik) lug‘at hisoblanadi.
Ensiklopedik (qomusiy) lug‘atda turli xil tarixiy voqealar, tarixiy shaxslar, ilmiy tushunchalar va boshqalar o‘z ifodasini topadi. Umuman, ensiklopedik lug‘atlar ma’lum bir xalqning madaniy-ma’naviy, ilmiy-amaliy, siyosiy-iqtisodiy hayotiga doir barcha tushunchalarni qamrab oladi va bu tushunchalar unda o‘z izohini topadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”ni yaratish to‘g‘risida maxsus qaror qabul qildi. Ana shu qaror asosida 2000—2006-yillarda 12 jildli “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” yaratildi.
Toshkent shahrida ensiklopedik lug‘atlar va kitoblarni nashr etish bilan shug‘ullanayotgan alohida muassasa — “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”Davlat ilmiy nashriyoti faoliyat ko‘rsatmoqda.
Tildagi so‘zlarni izohlashga qaratilgan lug‘atlar izohli lug‘at, muayyan tildagi so‘zlarning ikkinchi tilga tarjimasini berishga qaratilgan lug‘atlar esa tarjima lug‘at sanaladi.
1981-yili Moskvadagi «Pyccкий язык» nashriyotida nashr qilingan 2 jildli «O‘zbek tilining izohli lug‘ati», 2006—2008-yillarda «O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan nashr qilingan va 80 ming so‘z hamda so‘z birikmasini o‘z ichiga olgan 5 jildli «0‘zbek tilining izohli lug‘ati», 2001-yili Toshkentdagi «Sharq» nashriyot-matbaa konserni Bosh tahririyati tomonidan nashr etilgan «O‘zbek tili faol so'zlarining izohli lug‘ati» yoki o‘zbekcha-ruscha, inglizcha-ruscha-o‘zbekcha lug‘atlar bunga misol bo‘la oladi.
Izohli lug‘atlar so'zlikning tanlanishiga ko‘ra umumiy va tarmoq lug‘atlarga bo‘linadi. Tilning barcha so‘zlarini izohlashga qaratilgan lug‘atlar umumiy izohli lug‘atlar, ma’lum bir tarmoqqa doir so‘zlarnigina tanlab, ularni bir tartibda joylashtirib izohlashni maqsad qilgan lug‘atlar tarmoq lug‘at hisoblanadi. (Masalan, kasb-hunarga doir lug‘atlar, ma’lum fan sohasi bo‘yicha atamalar lug‘ati va boshqalar.)
Har qanday lug‘at shu lug‘atning egasi bo‘lgan xalqning katta madaniy va ma’naviy boyligi sanaladi.