1. Glikozidlar tasnifi. Glikozidlar kimyosi yurak glikozidlari tasnifi



Yüklə 126 Kb.
səhifə1/5
tarix04.05.2023
ölçüsü126 Kb.
#107562
  1   2   3   4   5
Yurak glikozidlarinining kimyoviy tuzilishi va ahamyati


Yurak glikozidlarinining kimyoviy tuzilishi va ahamyati

Reja:



1. Glikozidlar tasnifi.
2. Glikozidlar kimyosi
3. YUrak glikozidlari tasnifi.
4. Glikozidlar, yurak glikozidlari va tarkibida shu moddalar bo‘lgan dorivor o‘simliklar.
5. Abitsin olish texnolgiyasi
6. Selanid olish texnologiyasi.
Turli faktorlar ta’sirida qand va qand bo‘lmagan qismlarga parchalanuvchi murakkab organik birikmalar glikozidlar deb ataladi. +and bo‘lmagan qism aglikon (yunoncha so‘z bo‘lib, qand emas degan ma’noni bildiradi), ba’zi glikozidlarda yana genin, sapogenin, emodin va boshqa nomlar bilan ataladi.
Xar xil glikozidlarning aglikonlari kimyoviy tuzilishi bo‘yicha turlicha bo‘lib, organik birikmalarning turli sinflariga kiradi. SHuning uchun ularning kimyoviy tarkibi xamda analiz qilish usullari xam turlicha.
Glikozidlar tarkibidagi qand qismi mono-(ko‘pincha glyukozadan), di-, tri-va qisman undan murakkab bo‘lgan oligasaxaridlardan xamda ayrim glikozidlarning o‘ziga xos spetsifik qandlardan tashkil topgan bo‘ladi.
Aglikon radikali bilan birlashgan qand molekulasining uglerod atomini - yoki -konfiguratsiyasiga (aglikon radikali bilan almashingan gidroksil guruxining bo‘shliqda joylashganiga) xamda monosaxaridlarning 6 ta (piranoza) yoki 5 ta (furanoza) a’zoli xalqa xosil qilgan tautomeriya shaklida bo‘lishiga qarab, glikozidlar -yoki -, shuningdek piranozid yoki furanozid xolatida bo‘lishi mumkin. Tabiatda ko‘pincha o‘simliklar tarkibida glikozidlarning - piranozid shakli uchraydi.
Aglikon qand molekulasi bilan efir tipida birlashib glikozidlar xosil qiladi. SHuning uchun glikozidlar oson parchalanadi. Ular fermentlar (enzimlar) yoki kislotalar ta’sirida, suv va xarorat ta’sirida gidrozlanib, o‘zining tarkibiy qismi aglikon va qand molekulalariga parchalanadi. Bu reaksiya orqaga qaytishi xam mumkin. SHuning uchun gidroliz natijasida xosil bo‘lgan maxsulotlar (aglikon va qand molekulalari) dan ma’lum sharoitida fermentlar ishtirokida qaytadan glikozid sintezlanadi. Lekin fermentlar qat’iy spetsifik ta’sir qilgani uchun xar bir glikozidning parchalanish yoki sintezlanishida ularni o‘ziga tegishli maxsus fermentlar ishtirok etadi.
Glikozid molekulasida aglikonga qand qismi oddiy va murakkab efirlar tipida kislorod atomi – 0 orqali (0-glikozidlarda) yoki tioefirlar tipida oltingugurt atomi – S orkali (S-tioglikozidlarda) birlashgan bo‘ladi. Sianogen (nitro, N-glikozidlar) glikozidlarning aglikoni tarkibida sianid kislotasi bo‘ladi. Bulardan tashkari, ba’zi glikozidlarda qand molekulasi aglikon qismining yadrosini uglerod– S atomiga tu\ridan-tu\ri o‘zining uglerod – S atomi orqali birlashishi mumkin. Bunday glikozidlarni S-glikozidlar nomi bilan yuritiladi. Boshqa, ayniqsa O va S-glikozidlarga nisbatan S-glikozidlar ancha tur\un va faqat qattiq sharoitda, kislotalarning kuchliroq eritmalarida uzoq qizdirish natijasida ularni aglikon va qand qismlariga parchalash mumkin.
Glikozidlar tarkibida bir (monozidlar), ikki (biozidlar), uch (triozidlar) va undan ortiq monosaxarid molekulasi bo‘lishi mumkin. Ular odatda aglikonni bitta gidroksil guruxiga uzun zanjir tipida ketma-ket birlashadi. SHuning uchun bunday glikozidlarning gidrolizi–parchalanishi po\onali boradi va monosaxarid molekulalari aglikondan bittadan ketma-ket ajraladi. Masalan, triozidning gidrolizlanish reaksiyasini kuyidagi sxema buyicha tasvirlash mumkin:
I davr. Triozid – I molekula monosaxarid + biozid.
II davr. Biozid – I molekula monosaxarid + monozid.
III davr. Monozid – I molekula monosaxarid + aglikon.
Ba’zan glikozidlardagi monosaxaridlarning ayrim molekulalari aglikonni 2 ta yoki 3 ta gidroksiliga birlashib – di-, tri- yoki undan xam murakkab glikozid xosil qilishi mumkin.
Ko‘pchilik xollarda glikozidlarning gidrolizi – parchalanishi fermentlar va xarorat ta’sirida xamda suv ishtirokida boradi (agarda kislota ta’sirida parchalanmasa). Fermentlar oqsil moddalar bo‘lib, yuqori xaroratda (60-70 S dan va undan yuqorida) ular o‘ladi (pishadi). Past xaroratda ( 25 S dan va undan past xaroratda) esa fermentlar ta’sir qilmaydi, ya’ni ularning faolligi tuxtaydi.
Glikozidlar osonlik bilan parchalanadi. Ayniqsa, ular o‘simliklarning o‘lik to‘qimasida ferment, xarorat ta’sirida va namlik ishtirokida tez parchalanadi. SHuning uchun tirik o‘simliklar to‘qimasida bo‘ladigan glikozidlarni birlamchi glikozidlar deb xisoblanadi. O‘simliklardan ajratib olingan glikozidlarga birlamchi glikozidlarning qisman gidrolizlanishidan vujudga kelgan maxsulot deb qaraladi. Bu xol maxsulot tayerlash, quritish va saqlash vaqtida xisobga olinishi zarur. Xaqiqatan xam yi\ilgan maxsulotlarni tezda quritilmay, uyib qo‘yilsa, u namlik ta’sirida qizib, to‘qimalaridagi fermentlar esa faollashib, glikozidlarni parchalaydi yoki to‘\ri quritilgan maxsulotni issiq va nam erda saqlansa xam yuqorida aytilgan axvol qaytariladi. SHuning uchun tayyorlangan maxsulotni yi\ib qo‘ymay tezda va to‘\ri quritish, quritilgan maxsulotni yaxshi yopiladigan idishlarga solib, quruq erda saqlash lozim. SHundagina maxsulot tarkibidagi glikozidlar parchalanmay saqlanadi va dorivor maxsulot o‘z sifatini yo‘qotmaydi.
Glikozidlar o‘simliklar dunyosida keng tarqalgan bo‘lib, ular o‘simliklarning barcha organlari to‘qimalarida, xujayra shirasida erigan xolda uchraydi. O‘simliklar tarkibida bir nechta glikozidlar bo‘lishi (bitta o‘simlik tarkibida 20 dan ortiq ayrim-ayrim glikozidlar bo‘lishi) mumkin. Ba’zan bitta yoki bir xil kimyoviy tuzilishdagi bir gurux glikozidlar butun bir oilaga (yoki botanik bir-biriga yaqin bo‘lgan qardosh oilalarga) xos bo‘lib, ular shu oilaga kiradigan turlarda keng tarqaladi (masalan, amigdalin glikozid ra’noguldoshlar, tioglikozidlar esa karamguldoshlar (krestguldoshlar) oilalari turlarida). SHu bilan bir qatorda ba’zi glikozidlar bir necha oilaga kiradigan o‘simliklarda uchraydi.
Glikozidlar o‘simlik to‘qimalarida bo‘ladigan moddalar almashinuvi jarayonida faol qatnashadi. Glikozidlarga uglevodlarning zaxira xolda yi\ilgan shakllardan biri deb xam qaraladi.
Sof xolda ajratib olingan glikozidlar kristall modda bo‘lib, ular ko‘pchilik organik erituvchilarda erimaydi, spirtda yomon (ba’zan yaxshi), suvda yaxshi eriydi. Glikozidlarning suvdagi eritmasi neytral reaksiyaga, shuningdek, qutblangan nur tekisligini o\dirish (optik faollik) xususiyatiga ega. Xamma glikozidlar Feling reaktividan misni qaytaradi. Glikozidlarning suvdagi eritmalari bariy gidroksid, qo‘r\oshin atsetat va tanin eritmalari bilan cho‘kma xosil qiladi.
Glikozidlarning kimyoviy xossalari va analiz kilish usullari aglikonlarning tuzilishiga bo\liq. Aglikonlarning kimyoviy tuzilishi turlicha bo‘lganligi uchun analiz usullari xam turlichadir. Glikozidlarning terapevtik ta’siri xam ularning aglikonlariga bo\liqdir. +and qismi aglikonlarni (demak, glikozid molekulasini) suvda erishini xamda xayvonlar organizmida shimilishini, ya’ni organizmga ta’sir qilishini tezlashtiradi. SHu bilan birga, ba’zi monosaxaridlar ayrim aglikonlarni ta’sir kuchini oshirishi yoki aksincha pasaytirishi mumkin.

Tarkibida glikozidlar saqlovchi dorivor o‘simliklar tasnifi (klassifikatsiyasi)


Tarkibida glikozid saqlovchi o‘simliklar shu glikozidlar aglikonining kimyoviy tuzilishiga qarab sinflarga bo‘linadi. Ba’zi glikozidlar xozirgacha etarli darajada o‘rganilmagani uchun sinflarga bo‘lishda ularning fizik xossalari yoki xayvonlar organizmiga ko‘rsatadigan fiziologik ta’siri asos qilib olingan.
Tibbiyotda ishlatiladigan tarkibida glikozidlar bo‘lgan dorivor o‘simliklar va maxsulotlar quyidagi sinflarga bo‘linadi:
1.Tarkibida tioglikozidlar bo‘lgan;
2.Tarkibida sianogen glikozidlar bo‘lgan;
3.Tarkibida monoterpen (achchik) glikozidlar bo‘lgan;
4.Tarkibida steroid (yurak) glikozidlari bo‘lgan;
5.Tarkibida triterpen glikozidlar (saponinlar) bo‘lgan;
6.Tarkibida fenolglikozidlar bo‘lgan;
7.Tarkibida antraglikozidilar bo‘lgan;
8.Tarkibida flavon glikozidlar bo‘lgan va boshqalar.
YUkorida keltirilgan glikozidlardan tashqari oshlovchi moddalardan katta bir guruxi (gidrolizlanuvchi oshlovchi moddalar), qisman kumarinlar (kumarin glikozidlar) va boshka birikmalar xam glikozidlarga kiradi.

Yüklə 126 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin