1. Flotatsion sxemalarni tuzish prinsiplari Flotatsiya jarayoniga ta`sir etuvchi omillar


Rudadagi qimmatbaho mineralning miqdori kichik, boyitma



Yüklə 280 Kb.
səhifə4/7
tarix27.12.2023
ölçüsü280 Kb.
#199481
1   2   3   4   5   6   7
15-Ma’ruza.

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • 88-rasm
Rudadagi qimmatbaho mineralning miqdori kichik, boyitma sifatiga qo’yiladigan talablar yuqori, qimmatbaho mineral yaxshi flotatsiyalanadi. Flotatsiya sxemasi boyitmani tozalash jarayonlari soni ortishi yo’nalishida tarmoqlanadi. Bunday sxemalar molibdenli, grafitli rudalarni boyitishda qo’llanadi. Rudadagi molibden miqdorining kamligi boyitmaga qo’yiladigan talablar yuqoriligi sxemaga 5-8 tadan boyitmani tozalash jarayonlarini kiritishni talab qiladi.

Chiqindi

88-rasm. Nazorat flotatsiyasi sonlarining ortishi yo’nalishida rivojlanuvchi flotatsiya sxemasiga misol.

chiqindi

boyitma

89-rasm. Boyitmani bir marta tozalash va bitta nazorat flotatsiyali sxema.

Molibdenitning yaxshi flotatsiyalanishi uni chiqindilar bilan yo’qolishidan cho’chimasdan ko’p sonli tozalash jarayonlarini qo’llashga imkon beradi. Kambag’al grafitli rudalarni boyitishda 6-7 ta boyitmani tozalash jarayonlarini qo’llovchi flotatsiya sxemalari ishlatiladi [2].


Boyitmani bitta tozalash jarayoni qo’llaniladigan flotatsiya sxemalari qimmatbaho komponentning yuqori boyitish darajasi talab qilinmaganda, kambag’al ruda va boyitma sifatiga qo’yiladigan talablar past; o’rtacha ruda va o’rtacha talablar, boy ruda va yuqori talablar. Bunday sxemalar ko’pincha misli rudalarni flotatsiyalashning kollektiv flotatsiyasida uchraydi.



boyitma

90-rasm. Boyitmani ikki marta tozalash va bitta nazorat flotatsiyali flotatsiya sxemasi.

Boyitmani bir marta tozalash jarayonli flotatsiya sxemalari qimmatbaho komponentning yuqori boyitish darajasini olish talab qilinmaganda; kambag’al rudalar va boyitma sifatiga qo’yiladigan talab past bo’lganda; o’rtacha ruda va o’rtacha talablarda, boy ruda va yuqori talablarda qo’llaniladi. Bunday sxema ko’pincha misli flotatsiyaning asosiy siklida, polimetall rudalarni kollektiv flotatsiyalash siklida uchraydi. boyitmani ikki va uch marta tozalash va bitta nazorat flotatsiyali sxemalar qimmatbaho mineralning yuqoriroq boyitish darajasiga erishish lozim bo’lganda yoki puch tog’ jinslarining flotatsiyalanish faolligi yuqori bo’lganda ishlatiladi. (90-rasm)





Yüklə 280 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin