1. Elektron ta’lim tizimining ta’lim jarayoniga tadbiqi Ommaviy Onlayn Ochiq Kurslar atamasining paydo bo`lishi Ommaviy onlayn ochiq kurslarning imkoniyatlari



Yüklə 24,22 Kb.
səhifə1/3
tarix02.12.2022
ölçüsü24,22 Kb.
#71865
  1   2   3
23-mavzu akt


OMMAVIY ONLAYN OCHIQ KURSLARNING IMKONIYATLARI
Reja:
1. Elektron ta’lim tizimining ta’lim jarayoniga tadbiqi
2. Ommaviy Onlayn Ochiq Kurslar atamasining paydo bo`lishi
3.Ommaviy onlayn ochiq kurslarning imkoniyatlari

1. Elektron ta’lim tizimining ta’lim jarayoniga tadbiqi
Elektron ta’lim tizimining rivojlanishi ta’lim jarayoniga uning samarali tadbiq etilishi amaliyotini yanada kengaytirib, hozirgi zamon ta’lim paradigmasining rivojla­nishida asosiy vektorlarni belgilab beruvchi zamonaviy tendentsiyalar va mavjud jahon tajribasiga diqqat bilan nazar solish­ni talab etmoqda. Bugun butun dunyoda millionlab kishilar qariyb barcha sohalar: huquq, muhandislik, dasturlash, til o‘rganish va boshqa yo‘nalishlarda masofadan ta’lim olmoqda. Onlayn ta’lim bepulligi, hammabopligi va qulayligi bilan tobora keng yoyilmoqda. Bular orasida so‘nggi yillarda elektron ta’lim rivojlanishining eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biri — ommaviy ochiq onlayn kurslarlarning shakllanishi bo‘ldi, ularning asosida esa ommaviy va barchaga teng imkoniyatlar mavjud bo‘lgan ta’lim g‘oyasi yotadi. Ommaviy ochiq onlayn kurslar bo‘yicha butun dunyodagi xohlagan kishida ushbu kursda bepul ta’lim olish imkoniyati mavjud Ommaviy ochiq onlayn kurs(OOOK)lar jahonning ko‘plab universitetlari tomonidan Yer sharining istalgan nuqtasida bo‘lgan har qanday insonga masofaviy texnologiyalar yordamida professor-o‘qituvchilar va yuz minglab talabalar (kurs tinglovchilari)ga erkin muloqotni tashkil qilish imkoniyatini beruvchi akademik kurslarni taqdim etadi. Bugungi kunda OOOK imkoniyatidan foydalanganlar soni bir necha million nafarni tashkil etmoqda. Dunyoning boshqa yetakchi universitetlari, ta’lim markazlari ham onlayn ta’limga katta urg‘u qaratmoqda. Onlayn muhitda qimmat darsliklarni bepul o‘qish imkoniyati ham mavjud, Hozirda internetda ma’lum bir guruhlar bo‘lib ishlash imkoniyati bor. Ta’limda ham bu muhim ahamiyatga ega. Guruh bo‘lib ishlagan ma’lumotlar onlayn saqlab qolish imkoniyatiga ega. Ulardan keyingi yilgi tinglovchilar ham foydalanishi mumkin. An’anaviy ta’limda esa bu imkoniyat cheklangan.


Yüklə 24,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin