1. el-yurt umidi jamg‘armasi „El-yurt umidi“ jamgʻarmasi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TURIZM SOHASINI YANADA QO‘LLAB-QUVVATLASH VA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA



Yüklə 78,54 Kb.
səhifə13/18
tarix17.05.2023
ölçüsü78,54 Kb.
#115759
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Mustaqil ta\'lim

15.O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TURIZM SOHASINI YANADA QO‘LLAB-QUVVATLASH VA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 2-dekabrdagi PF–4861-sonli Farmoniga muvofiq, shuningdek turizm sohasi va turizm infratuzilmasini rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash, milliy turizm mahsulotlari va brendlarini xalqaro turizm bozorlarida faol targ‘ibot qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yig‘imni undirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mazkur qaror talablarini inobatga olgan holda bir oy muddatda mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarida yashovchilarning hisobini maxsus elektron avtomatlashtirilgan dasturni qo‘llab yuritishni ko‘zda tutuvchi turistik (mehmonxona) yig‘im tushumini nazorat qilish mexanizmini joriy qilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 10-oktabrdagi 288-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-yil 10-son, 73-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb ataladi) huzurida yuridik shaxs maqomisiz, mablag‘lardan keyinchalik turizm sohasini rivojlantirishda foydalanish uchun ularning jamlanishini ta’minlash maqsadida tashkil etiladi.

Yüklə 78,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin