1. Ekologik tizim tushunchasi


Ekotizmda moddalarning aylanishi



Yüklə 45,8 Kb.
səhifə3/4
tarix13.07.2023
ölçüsü45,8 Kb.
#136482
1   2   3   4
3- amaliyot

Ekotizmda moddalarning aylanishi
Ekotizimda moddalar aylanishini taʼminlash uchun maʼlum miqdorda kerak boʻladigan anorganik moddalar zahirasi bajarayotgan ishi jihatidan uch xil ekologik guruhni tashkil etuvchi organizmlar boʻlishi zarur. Birinchi guruhga yashil oʻsimliklar kiradi. Ular quruqlikdagi har qanday biotsenozning asosiy tarkibi va energiya manbai sifatida xizmat qiladi. Bunday avtotrof organizmlar produtsentlar deb ataladi. Produtsentlar – assimilyasiya jarayonida toʻplangan energiyasini boshqa organizmlarga beruvchilardir.
Ekotizimlardagi organizmlarning hayot faoliyati va moddalarning aylanishi uchun energiya talab etiladi. Yashil oʻsimliklar hayot uchun zarur boʻlgan kimyoviy moddalarni olib, fotosintez jarayonida organik birikmalar toʻplaydi va Quyosh energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi. Ular hayvonlarga ozuqa beradigan tirik moddaning asosiy qismini tashkil etadi. Havo tarkibidagi kislorod va karbonat angidrid gazlarining miqdorini tiklaydi va suvning aylanish jarayonida qatnashadi. Oʻsimlik chirindilari tuproqda fosfor, kaliy, kalsiy, marganets kabi elementlarning bir meʼyorda tarqalishiga yordam beradi. Bunday organizmlar avtotroflar deb ataladi. Oʻsimliklar va boshqa jonivorlar bilan oziqlanib yashovchi getertroflar esa oziqlanish jarayonida organik moddalarni karbonat angidrid, suv va mineral tuzlarga aylantiradi. Ular organik moddalarni oʻsimlik takror foydalanishi uchun yaroqli boʻlgan darajagacha parchalaydi. Shunday qilib, biogen moddalar tabiatda oʻzluksiz aylanib turadi.
Organizmlar Quyosh energiyasini kimyoviy, mexanik va issiqlik energiyalariga aylantiradi. Bunda boradigan hammma oʻzgarishlar energiyani yoʻqotish bilan bogʻliq boʻlib, u oxirgi issiqlikka aylanib tarqalib ketadi.


Biogeosenoz va uning tarkibiy tuzilishi.
Biogeotsenoz. Biogeotsenoz yer yuzasi muayyan bir qismi (biotop) ni egallagan tirik organizmlar (biotsenoz) bilan notirik muhitning tarixiy tashkil topgan kompleksidan iborat. Biogeotsenoz chegarasi uning tarkibiga kiradigan oʻsimliklar jamoasi (fitotsenoz) chegarasi bilan belgilanadi.
Shunday qilib, biogeotsenoz tirik va notirik komponentlardan iborat. Uning tirik qismiga oʻsimliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar, notirik komponentiga esa atmosferaning yer ustidagi qatlami, quyosh energiyasi, tuproq va boshqalar kiradi. Biogeotsenoz-tabiiy landshafning asosiy qismi hamda biosferaning elementar biologik hududiy birligi hisoblanadi.
Har qaysi biogeotsenoz uchun moddalar va energiya almashinuvi oʻziga xos boʻladi (4-rasm).


Yüklə 45,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin