1 Detalning konstruksiyasi va qo’llanishi


Metall kesish dastgohlarini tanlash



Yüklə 196,86 Kb.
səhifə5/7
tarix17.04.2023
ölçüsü196,86 Kb.
#99334
1   2   3   4   5   6   7
10 detalni rachot

5 Metall kesish dastgohlarini tanlash
Metall kesish dastgohlarini tanlash uchun mazkur detalni ishlab chiqarish texnologik jarayoni operatsiyalari birlamchi aniqlangan bo’lishi kerak. Chunki, bu ma’lumot “ishlab chiqarish turini tanlash” bo’limida ham ma’lum darajada aniqlangan bo'ladi. Chunonchi, ishlov berish turlari (tokarlik, jilvirlash, frezalash, tish ochish, randalash va h.k.) sirtlar aniqligi va g'adir-budirligi, kesish asboblari va boshqalarga asoslanib, shuningdek, detalning tashqi o’lchamlari, massasi, ishlov berish imkoniyatlari, ishlab chiqarish dasturi kabi-larni bilgan holda har bir ishlov berish turi uchun dastgoh tanlanadi. Dastgohlarni tanlashda [1] adabiyotning 154-196 sahifalarida keltirilgan 4-ilovadan foydalaniladi. Ushbu ilovada barcha zarur dastgohlarning texnik tavsifi va asosoiy parametrlari keltirilgan.
Tokarlik dastgohi: 1601
Parmalash dastgohi: 2M112
Tokarlik dastgohini tanlash: 1601
Tokarlik dastgohi yordamida val detalining tashqi aylanish sirtlariga va torreslariga mexanik ishlov beramiz. Detalga qo`yilgan barcha talablarni hisobga olgan holda tokarlik operatsiyasini bajarish uchun “Tokarlik –gorizontal dastgohlari” guruhidan 1601 modelidagi dastgoh tanlaymiz.
Dastgohning texnik xarakteristikasi;

  • Zagatovkani patronda ishlov bera oladigan eng katta o`lchamlari:

diametri ….. 65 mm

  • Supportning harakat qilish masofalari:

ko’ndalang …… 90 mm
bo’ylama …… 200 mm

  • Shpindelni aylanish chastotasi: ………………... 73-1065 ayl/min

  • Ishlov berish sikli vaqti: ……………………… 6,8-617 sekund

  • Ish shpindellarining tezliklar soni: ……………. 26

  • Elektrodvigatelini quvvati: ….. 30 kvt

  • Gabarit o`lchamlari:

Uzunligi ….. 6265 mm
Eni ……….. 1965 mm
Parmalash dastgohini tanlash 2M112
Parmalash dastgohi yordamida mufta detalidagi ichki sirt tozaligi yuqori bo’lgan sirtlarga ishlov beriladi, talablarni hisobga olgan holda parmalash operatsiyasini bajarish uchun “Parmalash vertikal dastgohlari” guruhidan 2M112 modelidagi dastgohni tanlaymiz.
Dastgohning texnik xarakteristikasi:

  • Ishlov beriluvchi zagatovkaning eng katta o’lchamlari:

diametr … 12 mm;
uzunligi … 180 mm;

  • Stolni tores yuza bo’yicha o’lchamlari 20…420 mm

  • Stolning maxkamlash ariqchalari konus morze spender ariqchalari B18

  • Parmalash dastgohi shpindelining aylanich tezligi … 450…5000 ayl/min;

  • Shipendrning eng katta o’lchamlari: ….. 100 mm

  • Stolning o`lchamlari:

Uzunligi ….. 250 mm
Eni ………... 250 mm



Yüklə 196,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin