1. bob. Xalqaro tashkilotlar va ularning vazifalari


Birlashgan Millatlar Tashkiloti organlarishshg roli va tizimi



Yüklə 102,5 Kb.
səhifə5/15
tarix17.04.2023
ölçüsü102,5 Kb.
#99158
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1. bob. Xalqaro tashkilotlar va ularning vazifalari (1)

Birlashgan Millatlar Tashkiloti organlarishshg roli va tizimi.BMT — tinchlikni va xalqaro xavfsizlikni qo‘llab-kuvvatlash, davlatlararo hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan universal tashkilotdir. BMT Ustavi San-Fransiskoda utkazilgan konferensiyada imzolangan bo‘lib, 1945 yildan kuchga kirgan. BMT Ustavi barcha davlatlar rioya etishlari shart bo‘lgan yagona xalqaro hujjatdir. BMT Ustavining ahamiyati nafaqat uning tinchlikni ta’minlovchi tashkilotning faoliyatini tartibga soluvchi hujjatligida, balki barcha davlatlar uchun teng bo‘lgan jamoa ximoya tizimining yaratilishida asos bo‘lib xizmat qilishi va davlatlar tomonidan olib boriladigan harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ekologik, insonparvarlik sohalaridagi faoliyatlarini belgilovchi o‘ziga hos kodeks ekanligida hamdir. BMT Ustavi doirasida ko‘p tomonlama kelishuv va shartnomalarning ko‘p tarmoqli tizimi vujudga kelgan. BMT to‘zilishining asosiy sabab va maqsadlari uning Ustavi «Mukaddima»sida quyidagicha ifodalangan.
BMT Ustavida uning 6 ta asosiy organlari ko‘rsatilgan. Ular quyidagilardir:

  • Bosh Assambleya;

  • Xavfsizlik Kengashi;

  • Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash (EKOSOS);

  • Vasiylik bo‘yicha Kengash;

  • Kotibiyat;

  • Xalqaro Sud.

Bosh Assambleya — suveren davlatlarning xakikiy demokratik vakillik organidir. Har bir a’zo davlat hududining hajmi, aholining soni, iqtisodiy va harbiy kudratidan katyi nazar, bir ovozga ega. Bosh Assambleyaning muhim qarorlari ovoz berish jarayonida ishtirok etayotgan davlatlarning ko‘pchiligi tomonidan qabul qilinadi.U Xavfsizlik kengashining nodoimiy a’zolarini saylash, EKOSOSning a’zolarini saylash, BMT yangi a’zolarini qabul qilish, BMT Bosh Kotibini tayinlash, tashkilot a’zolarining huquq va vakolatlarini cheklash, tashkilot a’zoligidan chikarish, budjet va boshqa texnik-ma’muriy masalalar bo‘yicha Bosh Assambleya bajarilishi shart bo‘lgan qarorlar qabul qilish kabi muhim ishlarni bajaradi. Xalqaro xavfsizlik va tinchlikni qo‘llab-kuvvatlashga karatilgan masalalar bo‘yicha u tavsiyaviy xarakterga ega rezolyutsiya va deklaratsiyalar qabul qiladi.
Bosh Assambleya ishida BMTga a’zo bo‘lmagan BMT koshida doimiy ko‘zatuvchilarga ega bo‘lgan (Vatikan, Shveysariya) va ega bo‘lmagan davlatlar ham ishtirok etishlari mumkin. Bundan tashqari Falastin Ozodlik Harakati Tashkiloti, boshqa bir qator xalqaro tashkilotlar va BMTning ixtisoslashgan muassasalari dam doimiy ko‘zatuvchi maqomiga egadirlar.



Yüklə 102,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin