1 bob. Muammoning o‘rganishni ilmiy nazariy asoslari



Yüklə 119 Kb.
səhifə1/13
tarix08.04.2023
ölçüsü119 Kb.
#94876
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
MUNDARIJA


MUNDARIJA

Kirish
1 – BOB. Muammoning o‘rganishni ilmiy – nazariy asoslari


1.1. Muammo yuzasidan pedagogik – psixologik adabiyotlar taxlili
II. Asosiy qism
2.1.Maktabgacha yoshdagi duduqlanuvchi bolalar bilan ishlashning o'ziga hos hususiyatlari
2.2.Bolalar logopediyasining didaktik asoslari
2.3. Logopedik mashg‘ulotlarda sistemalilik va izchillik tamoyillari
2.4.Uyg‘unlashgan-aks ettiruvchi nutq
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi.
Davlatimiz rahbari yosh avlod tarbiyasining birinchi va muhim bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratmoqda. Shuningdek davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev bolalar tarbiyasi jarayoniga o‘z ishini puxta biladigan, malakali va har bir bolaga individual yondasha oladigan pedagog-kadrlarni jalb qilgan holda, ularni go‘dakligidan ongi va tafakkurini to‘g‘ri shakllantirib bormasak, kelajakda yuksak saviya, bilim va ma'naviyatga ega bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalash qiyin bo‘ladi, deb takidlaydilar.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta'minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, jahon talablari darajasida ta'lim olishi va kasb egallashi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
«Maxsus ta'lim konsepsiyasi» talablaridan kelib chiqqan holda nogiron bolalarni o‘qitish, ijtimoiy hayotga moslashtirish hamda ularni maktab ta'limiga tayyorlash muammosi respublikamizda ilmiy nazariy, amaliy metodik jihatdan yetarli darajada ishlanmaganligi afsuslanarlidir.
Maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi fanining nazariy, didaktik asoslarini aniqlash, bilish faolligini oshirish asosida muloqot qilish jarayonidagi buzilishlarni bartaraf qilish hamda maktab ta'limiga tayyorlash samaradorligini ta'minlashga qaratilgan korreksion pedagogik usullarni ishlab chiqish maxsus pedagogika oldida turgan dolzarb vazifalardandir. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarga ta'lim berish jarayoninin takomillashtirish bo‘lajak pedagogning ilmiy va uslubiy ta'minlanganligiga bog‘liq bo‘ladi.
Imkoniyati cheklangan bola nutqini egallashning o‘ziga xosliklarini tekshirish, ular bilan ishlash mazmuni va usullarini aynan maktabgacha yoshda, ya'ni nutqini egallash uchun eng maqul bo‘lgan davrda o‘rganish muhimdir. Imkoniyati cheklangan bolalar nutqidagi kamchiliklar ularning bog‘lanishli nutqini shakllantirishda bir qator muammolarni keltirib chiqaradi.
Materialning ma'nosini anglash qiyinchiliklari, hodisalarning mantiqini tushuna olmaslik vaqt haqidagi tasavvurlarning yetishmasligi, mavzudan chalg‘ib ketish, shuningdeq tevarak-atrofdagi predmet va hodisalar haqidagi yetarli ma'lumotga ega emasliklari oqibatida ularning so‘z boyliklari kambag‘allashadi va muloqotga kirishishni qiyinlashtiradi. Umumiy va maxsus pedagogikadagi mavjud ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, me'yorida rivojlanayotgan bolalarning kamolot bosqichi davrlarini, imkoniyati cheklangan bolalar ham, albatta bosib o‘tadilar, lekin bu jarayonlar ularda kechikibroq kechadi. Bunga imkoniyati cheklangan bolalar organizmining turli darajadagi buzilishlari sabab bo‘ladi. Bu holat imkoniyati cheklangan bola nutqiga ham o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, imkoniyati cheklangan bolalar nutqining fonetik tomonidan rivojlanishi sezilarli darajada orqada qoladi, nutq ma'no tomonidan o‘ziga xos shakllanadi, gaplar tuzishda grammatik jihatdan xatolarga yo‘l qo‘yadilar.
Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarining oldida bolalar nutqini o‘stirish vazifasi turadi. Bunda ikoniyati cheklangan bolalarga o‘z fikrini, istak-orzusini, hissiyotini aniq ifoda etish, ona tilidan kishilar bilan aloqa o‘rnatishda, hayotga o‘rganish jarayonida foydalanishga o‘rgatish, aqliy jihatdan kamchiliklarini bartaraf etish, ijtimoiy hayotga moslashtirish, hamda yordamchi maktab ta'limiga tayyorlashdan iborat.
Defektolog bolalar nutqini atrof hayot bilan, oilaviy turmush, bolalar bog‘chasining hayoti bilan, mamlakatimizning ijtimoiy hayotidagi voqyea va hodisalar, o‘zbek xalqining mehnati, jonli va jonsiz tabiat bilan tanishtirish asosida o‘stirib boradi.
Maxsus usullar yordamida bolalarni faqat lozim bo‘lgan so‘zlarni ma'nosini tushuntiribgina qolmasdan, balki undan o‘z nutqlarida faol qo‘llashga o‘rgatib boriladi. Bilish faoliyatining holati, atrofdagilar bilan bolaning muloqotga kirishish imkoniyati, odob-ahloq normalarini o‘zlashtirish, ijtimoiy adaptatsiyaning muvaffaqiyatli bo‘lishi ko‘p jihatdan bola nutqining rivojlanish darajasiga bog‘liq.
Maktabgacha yoshdagi imkoniyati cheklangan bolalarni o‘qitish va tarbiyalash tizimining asosiy vazifasi - ularning nutqini rivojlantirish yuzasidan ishlash hisoblanadi.
Maxsus maktabgacha ta'lim muassasasining ta'lim va tarbiya jarayonida imkoniyati cheklangan bolalar nutq o‘stirish bo‘yicha quyidagi bilim ko‘nikma, malakalar bilan qurollantirilishi lozim. Nutq o‘stirish imkoniyati cheklangan bolalarni ma'lum bilim va malakalarni o‘zlashtirib olishlarinigina emas, balki idroq xotira, tafakkur, tasavvur kabi bilish qobiliyatlarini rivojlanitirishni ham nazarda tutadi. Bu yo‘nalishda olib boriladigan ish ularga aqliy faoliyatining muhim usullarini o‘rgatish, analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, konkretlashtirish kabi aqliy operatsiyalarni bajarishga imkon beradi.
Bunda korreksion-pedagogik ishning ahamiyati muhimdir. Korreksion-pedagogik ishda imkoniyati cheklangan bolalarning yoshi, psixik xususiyatlari, oilaviy sharoitlari, ona tilining o‘ziga xos tomonlarini hisobga olgan holda nutqini o‘stirishga qaratilgan maxsus usullardan foydalanish va ularni hayotga moslashtirish imkoniyatini ta'minlaydi.
Respublika xukumati tomonidan ikoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ta'lim-tarbiyasini takomillashtirish va uning mazmunini jahon standartlariga moslashtirish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda. Imkoniyati cheklangan bolalar muammosi bugungi kunda barcha rivojlangan davlatlar hukumatlarining e'tiborini o‘ziga jalb etib kelmoqda. Alohida ehtiyojli bolalarni davolash, tarbiyalash va ularga yaqindan yordam berish bilan bog‘liq masalalar hamma vaqt keng jamoatchilikni tashvishlantirib kelgan.

Yüklə 119 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin